Breaking News

Uyg’urlar ozod etilmasa, AQSh Xitoyga sanksiya qo’yishi mumkin


Uyg’urlar huquqi uchun kurashayotgan faollar AQSh Kongressini Xitoy zug’umi ostidagi musulmon qatlam yuzasidan qonun loyihasini tasdiqlashga ko’ndirmoqchi.

30 nafar faoldan iborat Mashrab uyg’ur-amerikaliklar tashkiloti Vashingtonda o'tgan AQSh rasmiylari bilan uchrashuvda Xitoyning qayta tarbiyalanish lagerlaridagi ikki millionga yaqin ahvoliga e’tibor qaratilishini so’radi.

Ular Kongressning 2019-yilda Uyg’urlar yuzasidan qabul qilingan inson huquqlari bo’yicha qonun kuchga kirishini so’ramoqda. Qonunda Xitoy rasmiylari uyg’urlarga tazyiq o’tkazishi javobgarlikka tortilishga asos bo’lishi keltirilgan.

“O’z tuprog’ida jon saqlashga umidi qolmagan uyg’urlarga Amerika qarab turmasligiga umid qilamiz. Qurbonlikni boshdan kechirgan oiladanman, otam qayta tarbiyalanish lagerida”, - deydi Mashrab uyg’ur-amerikaliklar tashkiloti faollaridan Bahrom Sintosh “Amerika Ovozi” bilan muloqotda.

Uning otasi Qurbon Mamut 68 yoshda. “Shinjon taraqqiyoti” nashrida bosh muharrir edi. U 2018-yil boshida lagerga tashlangan.

“Tilsiz uyg’urlarning ovozi bo’lishni istaymiz. Hozir, ayniqsa amerikaliklar yordamiga muhtojmiz. AQSh qonunchilarining dardimizga hayrixoh bo’layotganini, qonun loyihasini tasdiqlashni istayotganlarni topdik”, - deydi Bahrom Sintosh.

Respublikachi senator Marko Rubio, demokrat senator Robert Menendez qonunning tasdiqlanishini poylayapti. Loyiha tasdiqlansa, AQSh Davlat departamentining razvedka agentligi uyg’urlar saqlanayotgan Xitoy lagerlarini kuzatishga kirishadi.

“Xitoy o’z xalqini, uyg’urlarni doimiy qiynoqqa solayotgani inson huquqlari, umumjahon tamoyillarni qadrlaydigan odamlarni tahqirlash degani. Pekin Shinjon ustidan muntazam nazorat qilishini to’xtatishkerak. Insonparvarlik, diniy va madaniy erkinlik, inson hayoti qadrini har bir odam his qilishi, bugun biz ham uyg’ur bo’lib ko’rishimiz kerak”, - deydi senator Robert Menendez AQSh Senatining Tashqi aloqalar qo’mitasi qonun loyihasini tasdiqlagandan so’ng bergan bayonotida.

Xitoyning Shinjon avtonom hududidagi 22 millionga yaqin aholining katta qismi musulmonlar. Ular orasida taxminan 13 million uyg’ur va boshqa turkiy xalqlar musulmonlari yashaydi.

Regiondagi nizo yangi emas. Xitoy hukumatiga ko’ra, ular “yovuzlikning uch ko’rinishi”: terrorizm, eksrimizm va ayirmachilik bilan kurashmoqda. Uyg’urlar esa, Xitoy konstitutsiyasida ko’rsatilgani kabi Shinjonni avtonom hudud sifatida tan olmaydi.

Yaqin bir necha yillarda Xitoyga nisbatan xalqaro ayblovlar ko’paygan. Pekin esa uyg’urlar saqlanayotgangan lagerlarda qancha odam borligi haqida miq etmaydi. AQSh taxminiga ko’ra, uch millionga yaqin odam qayta tarbiyalanish lagerlarida.

Pekin bu lagerni kasbiy ta’lim markazlari deb, AQShdan Xitoyning ichki ishlariga aralashmasliginini so’ragan.

Inson huquqlari faollari ko’ra, lagerda saqlanayotganlar tahqirlanadi, qiynoqqa solinadi. Ular islomdan voz kechichga, spirtli ichimliklar va cho’chqa go’shti iste’mol qilishga majburlanadi, o’ldiriladi ham. Faollar qayta-qayta xalqaro hamjamiyatlarni yetarlicha chora ko’rmayotganlikda, Xitoy hukumatini javobgarlikka tortmayotganlikda tanqid qilib keladi.

BMT binosi oldida namoyish. 15-mart, 2018. Nyu-York, AQSh
BMT binosi oldida namoyish. 15-mart, 2018. Nyu-York, AQSh

Agar Uyg’urlar yuzasidan 2019-yilda qabul qilingan inson huquqlari bo’yicha qonun kuchga kirsa, Xitoyga moliyaviy va sayyohlik sanksiyalari qo’yiladi. Shuningdek, AQSh Federal qidiruv byurosi Xitoy hukumatining uyg’urlar hayot tarziga munosabatini nazorat ostiga oladi.

“Human Rights Watch” tashkilotining Xitoy bo’yicha vakili Sofi Richardsonga ko’ra, AQSh qonunchiligining aralashuvi misli ko’rilmagan, tarixiy chora bo’ladi.

“Tanglikni har tomondan siqib, bartaraf qilsa bo’ladi, ham himoya. AQShdagi elatlar uchun ham himoya borligini ko’rsatadi. Shinjon ezildan sayin, Xitoy kompaniyalari sanksiyalarga nishon bo’laveradi”, - deydi Sofi Richardson.

“Faryodimiz nihoyat inobatga olingani, uyg’urlar lagerlarda saqlanayotgani uchun Xitoy hukumatiga bosim ko’rsatilishi mumkinligi Xitoy va tashqaridagi uyg’urlar uchun katta yorug’lik nishonasidir. Zulmga qarshi eng kuchli qurol bu umid bog’lashdir. Qo’shma Shtatlardagi uyg’ur diasporasining ruhi singan. Jabr ko’rmagan uyg’ur oilasining o’zi yo’q”, - deydi Vashingtonda asoslangan “Uyg’ur inson huquqlari loyihasi” tashkiloti boshqaruv kengashi raisi Nuri Turkel.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG