Breaking News

Omma: Tojikiston rahbari BMTda ona tilida so'zlagani tarixiy voqea


Tramp va Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga nima dedi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:31 0:00

Tramp va Mirziyoyev xalqaro hamjamiyatga nima dedi?

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida qilgan nutqidan bir hafta o'tib ham mamlakat axborot vositalari bu borada material berishda davom etmoqda. Mahalliy ziyolilar va siyosatshunoslar BMTning so’nggi yillardagi faoliyatiga nazar solarkan, davlat nashrlaridan farqli ravishda turlicha fikrlarni bayon etishadi.

BMT minbarida yangragan gaplarga Tojikiston ahli nima deydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:19 0:00
Yuklab oling

Tojikiston prezidentining BMTda ona tilida qilgan chiqishi, qo’shimcha yig’inlarda e’tiborga tushgan tashabbuslari takror va takror ko’tarinki ruhda olqishlanmoqda.

Dushanbelik ziyoli Zarafmo Shoniyozova qo’shni O’zbekiston prezidentidan farqli ravishda Emomali Raxmonning tojik tilida BMT minbarida nutq qilganligi, toza suv mavzusini xalqaro miqyosda o’rtaga qo’ya olganligiyu, buning e’tirof etilayotganidan g’ururga to’laligini ta’kidlaydi.

"Biz zangori ekranda prezidentimizning dunyo mamlakatlari rahbarlari qarshisida davlat tilida nutq qilganligidan boshimiz benihoyat baland bo’ldi, bundan g’ururlandik. O’zbekistonning yangi prezidentidan farqli ravishda ona tiliga hurmat va ehtiromning o’z o’rniga qo’yilganligi, prezidentimiz Emomali Rahmonning tashabbuslari dunyo miqyosida mamnunlik bilan qabul qilinayotganligi tahsinga loyiq",- deydi Zarafmo.

Xo'jand
Xo'jand

Xo’jandlik siyosatshunos Abdujabbor Yo’ldoshev AQSh rahbari Donald Trampning BMT faoliyatiga tanqidiy nazar bilan qarashini ma’qul topib, tashkilotni qayta qurish vaqti kelganligini ta’kidlaydi.

"Amerika prezidenti BMT minbarida bu tashkilot haqida haqiqatdan ham to’g’ri fikrlar bildirdi. Tashkilot yo’l qo’ygan xatolarni e’tirof etdi. Qaysi davlatning prezidenti bo’lishidan qat’i nazar, ularning har biri o’z fikrini ochiq bildira olishi, qanaqa xalqaro tashkilot bo’lmasin, uni tanqid qila olishi zarur. Nazarimda, Tramp nafaqat dunyoning qudratli davlati prezidenti sifatida, balki, zo’r ishbilrmon sifatida ham BMT faoliyatiga chuqur nazar tashladi, uning BMTda moliyaviy xarajatlarni, umuman, tashkilot missiyasini isloh etishga qaratilgan chiqishlarini oldin ham eshitganman, u endi bu fikrlarini diplomatik tarzda xalqaro minbarga chiqardi, buni BMT ham e‘tirof etmoqda. Qayerda va qanaqa qilib bo’lmasin, BMT jahon davlatlaridan olayotgan ulkan mablag’ni shunchaki havoga sovurmasligi, aniq va rejali maqsadlarni, pirovardida natija beradigan rejalarnigina moliyalashtirishi kerak",- deydi Yo’ldoshev.

Ijtimoiy-oilaviy masalarni ko’rib kelayotgan huquqshunos Munavvara Hamroyevaning fikricha, BMTning dunyo bo’ylab obro’si tushib borayotgan bo’lsada, Tojikistonga ko’p sohalarda katta yordam berib kelmoqda.

"BMT so’nggi yillarda haqiqatdan ham bir sust tashkilotga aylanib qoldi. Lekin bu tashkilot Tojikistonda qiqqatga sazovor ishlarni olib bormoqda. Jumladan, qashshoq oilalarga qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish, joylarda mayday chorvachilikni rivojlantirish loyihalarining ko’pgina tog’li qishloqlarda ijobiy ta’sirini ko’rib turibmiz. Sifatli urug’ tarqatish va zotli mollar parvarishi kam ta’minlangan oilalar ro’zg’ori uchun salmoqli ko’makdir. To’g’ri, xalqaro miqyosda BMTning ba’zi notinch davlatlarda olib borayotgan ishlari qoniqarli emas, jumladan, bu haqda AQSh prezidntining Nyu-Yorkda qilgan chiqishidan xabarim bor. Trampboy akaning chiqishi diqqatga molik bo’lib, e’tiborli jihati shundaki, bir boyvachcha sifatida aniq va lo’nda gapirib qo’ydi. Masalan, u shu paytgacha birorta Amerika prezidenti aytmagan gapni aytdi. “Biz kimgadir o’z hayot tarzimizni tiqishtirmoqchi emasmiz, lekin o’sha hayotlarining boshqalarga o’rnak bo’ladigan darajada yorqin bo’lishini istaymiz”,- dedi. Buni hozirgacha eshitmagandim, Hozirgacha bizga AQSh jahonga o’z qarashlarini zo’rlab o’tkazib keladigan qudratli davlat deb ta’riflab kelishardi. Tpampning qonunlar, chegara va milliy madaniyatlarni, bu madaniyatlar yo’l beradigan o’zaro hamjihatlikni hurmat qilish, hamkorlik bilan tartibsizlik va terrorga qarshi ish yuritish haqidagi so’zlari barchaga tegishli. Tojikiston o’z boshidan qattiq sinovlarni o’tkazdi. Bu qiyinchiliklarni yengishda BMTning hissasi ulug’ bo’ldi. Biz buni unutmaymiz", - deydi Munavvara.

Tojikiston prezidenti qoshidagi strategik tadqiqotlar markazi xodimi Tabassum Azizzoda BMTning respublikadagi faoloyatini uch pag’onaga bo’lib tahlil etish kerak deb, mustaqillikining ilk yillarida mamlakatda tinchlikni o’rnatishda tashkilot olib borgan missiyani alohida ko’rib chiqadi. Bu - BMTning Tojikistonda 1993-yildan to 1997-yilgacha faoliyati bo’lib, bu yillarda tashkilot xodimlari ham jonlarini qurbon etgan vaqtlar bo’lgan.

"Keyinroq bu missiya boshqa qator loyihalarni o’z ichiga oldikim bular: qishloq xo’jaligini rivojlantirish, qashshoqlikni bartaraf etish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini, odamlar salomatligini ta’minlash va inson huquqlarini himoya etish kabilarni o’z ichiga oladi. Bu sohalarda BMTning Tojikistonga ko’magi beqiyos bo’lib, orada minglab kishilarning hayoti saqlanib qoldi desam mubolag’a bo’lmaydi. Bunda hukatmatimizning ochiq siyosati ham ish berdi", - deydi Azimzoda.

U shuningdek, Tojikiston hukumati BMT faoliyati uchun mamlakatda barcha sharoitlarni yaratib bergan va xalqaro tashkilot ihsini ijobiy baholaydi deb aytadi.

Tojikistonda mustaqillik tantanalarida
Tojikistonda mustaqillik tantanalarida

Mahalliy jamiyatshunos Olimjonning fikricha, BMTning keyinroq ba’zi bir notinch mintaqalarda o’z salohiyatini ishga sola olmaganligi tashkilot obro’siga putur yetkazgan. Buni siyosatshunos Abdujabbor Yo’ldoshev Yaqin Sharq mintaqasi misolida tahlil etarkan, tashkilot Iroq, Liviya va boshqa arab davlatlarida ba’zi tartibsizliklarga daxolat qila olmadi deb ta’kidlaydi.

Yaqin Sharqdagi tartibsizliklarni hal qila olmasligi darhaqiqat BMTning obro’sini to’kdi. AQSh prezidenti Trampning dunyo mamlakatlari liderlarini o’z xalqlari manfaatlari bilan birgalikda boshqa mustaqil davlatlar haqlarini ham hurmat qilishga chaqirishi qanchalik chiroyli bo’lsa ham, bir vaqtlari ularning o’zlari BMT qarorlarini nazarga ilmaganliklari ham bor.

Har qanday yuqori minbarlardan turib aytilmasin, avvalo mintaqalarda eng oddiy narsa, yerli aholi haqlari inobatga olinishi shart. Bu masalada Amerika prezidenti to’g’ri gapiradi", - deb fikrini yakunlaydi tojik siyosatshunosi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG