Breaking News

AQSh elchisi O'zbekiston xalqiga tinchlik va matonat tiladi


Jorj Krol, AQShning O'zbekistondagi elchisi

O’zbekiston mustaqillikning 23 yilligini tantana qilar ekan, uni suveren davlat sifatida birinchilardan bo’lib tan olgan Qo’shma Shtatlar Toshkentda elchisini yangilash arafasida. Uch yildan beri O’zbekistonda bosh diplomat vazifasida o’tirgan Jorj Krol, Senat tasdiqlasa, qo’shni Qozog’istonga elchi sifatida o’tadi. Uning o’rniga hozir Qirg’izistonda elchilik qilayotgan Pamela Spratlen ko’rsatilgan. Spratlen ham hali yangi lavozimga tasdiqlanmagan.

Elchi Krol bilan Toshkentdagi idorasida bog’landik. Doimo xushchaqchaq diplomat Toshkentda yakshanba kungi Mustaqillik tantanalarida qatnashadi va uning aytishicha, elchixonada ham bayram sharafiga osh damlangan.

“Men O’zbekiston xalqiga baxt-saodat, tinchlik, farovonlik va mustahkam sog’lik tilayman”,- deydi elchi o'zbekchada.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol bilan suhbatdan parcha - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:35 0:00
Yuklab oling

Jorj Krol Toshkentga tayinlanishidan oldin Belarusda elchilik qilgan. Undan keyin AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo bilan aloqalarga mas’ul bo’lgan. O’zbek va rus tillarini biladi. O’zbekistonga, uning xalqi va madaniyatiga muhabbati cheksiz ekanini aytadi.

Bu yili AQSh Mustaqillik kuni oldida Toshkentda omma oldida gapirganida, elchi shunday degan edi:

"O’tgan yillar davomida men bu mamlakat va uning xalqiga deyarli o’zimniki singari oshiq bo’lib qoldim.

Men bu g’aroyib yurtning turli burchaklariga – tog’ va cho’llari, daryo va vodiylari, afsonaviy shaharlari va mo’jaz qishloqlariga sayohat qildim. Qayerga borgan bo’lsam, faqat samimiyat va mehmondo’stlik hamda o’z mamlakatimga bo’lgan qiziquvchanlikka guvoh bo’ldim.

Elchi bo’lib ishlagan davrimda Qo’shma Shtatlar va O’zbekiston o’rtasidagi munosabatlar ancha rivojlanganidan faxrlansam ham, shuni bilamanki, munosabatimizda katta yutuqlarga erishish uchun hali yana ko’p ishlar qilinishi kerak.

Men aloqalarimiz ijobiy tomonga o’zgargani, munosabatlarimiz kengaygani va chuqurlashganidan xursandman.

Biroq, shuni tan olishim kerakki, bu mamlakatda ekanman, O’zbekiston xalqi menga men ularga bergan narsadan ko’proq narsani taqdim etdi.

Siz menga o’zingizning qadimiy tarixingizni, go’zal tilingiz va she’riyatingizni, yoqimli musiqangizni, chuqur oilaviy qadriyatlaringizni, farzandlaringizga bo’lgan mehrni, kattalarga bo’lgan hurmatni, kuchli diniy e’tiqod va bag’rikenglikni, qiyinchlik onidagi bardoshni, o’ziga xos badiiy qobiliyat va ajoyib hunarmandchilikni, erkinlikka bo’lgan muhabbat va ozodlik uchun jon fido qilishni, mehnatkashlikni, hazil-mutoyiba tuyg’usini, va albatta taomni ishtaha bilan iste’mol qilish hamda zavqu shavqqa to’lib raqsga tushishni o’rgatdingiz.

Bu yerdan olib ketadigan xotiralarim butun umr meni tark etmaydi. O’zbekiston har doim mening, mening hayotim va orzularimning bir bo’lagi bo’lib qoladi."

Ingliz tilidagi chiqishni mana bu yerda tomosha qilishingiz mumkin:

“Qaniydi, yurtdoshlarim O’zbekiston haqida ko’proq bilsa”,- deydi Krol. “Amerikaga borganimda qayerda ishlayotganimni aytib, O’zbekistonni kartadan ko’rsataman. Ko’pchilik bilmaydi. Samarqand, Buxoro singari qadim shaharlar haqida eslatsangiz, ba’zilar “ha, shu mamlakatmi?” deydi. O’zbekistonni keng targ’ib qilish kerak. Amerikaliklar uni yaxshiroq tanishi kerak”,- deydi diplomat.

Elchi deganda odamlar juda qudratli bir shaxsni tushunadi. Dabdabali, oliy va iltifotga to’la bir kursi ko’z oldimizga keladi. Real olib qarasak, deya so’raymiz Jorj Kroldan, elchi bo’lish qanchalik kuchli? Elchi nimaga qodir va nimaga qodir emas?

“Elchi bo’lish bu ikki davlat va xalq orasida ko’priq vazifasini o’tash”,- deydi diplomat. “Men O’zbekiston xalqi va ommasiga AQSh siyosatini tushuntirish bilan birga xalqim qadriyatlari, madaniyati va udumlarini ham tushuntirib berishim kerak. Jamiyatimiz ijtimoiy-madaniy jihatdan juda boy, xilma-xil. Shu o’rinda men o’z hukumatimga ham O’zbekiston siyosati, bu xalq madaniyati va qarashlarini ham tushuntirishim lozim, toki Vashington gap nimada ekanini anglasin, tomonlar bir-birini yaxshiroq bilsin”,- deydi Krol.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri O'zbekiston va Qirg'izistonni mustaqillikning 23 yilligi bilan qutlab, har ikki davlatga ezgu tilaklar yo'lladi. Vashington hamkorlikni kengaytirishga bel bog'lagan, deydi Kerri.

Krol diplomat sifatida 32 yillik tajribaga ega. Har bir vazifaning o’z qiyinchiligi bor. Diplomat bizga bu borada ham gapirib berdi. Toshkentda olingan saboqlarga to’xtaldik. Ostonaga qanday o’gitlar bilan borayotgani haqida gaplashdik. Pragmatik o’ylaydigan diplomat sifatida erkinlik va demokratiya targ’iboti qanday olib borilishi to’g’risida ham Jorj Krol bizga o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Erkinlik, huquq va oshkoralik targ’iboti, boshqalarga yoqadimi yo’qmi, AQSh tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri.

Krolning tanqidchilari ko’p. Ular nazarida diplomat O’zbekiston hukumati bilan haddan tashqari ko’p murosa qilib yuborgan, ya’ni Karimov ma’muriyatining aybli tomonlarini ochiq tanqid qilmagan, xususan, inson huquqlari toptalishiga ko’z yumgan. Elchi Krol bu tanqidni asossiz deb hisoblaydi. Muloqotsiz, yuzma-yuz muzokara qilishga o’rganmay turib, bir-birining fikr-qarashlarini tushunmay, tan olmay turib, biror yutuqqa erishish mumkin emas, deydi u biz bilan suhbatda.

O’zbekistonda yil oxiriga borib parlament saylovlari, 2015-yilning martida esa prezident saylovlari bo’lishi kutilmoqda. Amerika bu borada qanday pozitsiyada? Yangi elchiga Krolning maslahati qanday? Bu haqda ham undan so’radik.

Intervyuni to’liq holda internetda saytimiz amerikaovozi.comda tinglashingiz mumkin, efirga esa yakshanba kungi dasturimizda to’liq holda uzatamiz.

AQSh elchisi Jorj Krol O'zbekistonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi - o'zbek tilida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00
Yuklab oling

Quyida esa AQSh elchixonasidagi tadbirni tomosha qiling:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG