Breaking News

Amerikada xitoylar bugun yangicha jamoa


Los-Anjelesdagi xitoylar shaharchasi/LA Chinatown
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:49 0:00

Los-Anjelesdagi xitoylar shaharchasi/LA Chinatown

Amerikada turli elatlar yashaydi. Ular orasida eng tez ko’payayotganlar – osiyoliklar. Mamlakatga Xitoydan birinchi muhojirlar XIX asr boshida kela boshlagan. Deyarli har bir shaharda Chaynataun – xitoylar yashaydigan manzillar bor. So’nggi yillarda bu yerlar ham o’zgarib borayapti. Avvaliga mana shu maxsus kichik shaharlarga kelib o’rnashgan oilalar yillar o’tib farzandli, nevarali bo’ldi. Endi ular amerikalik, va AQShning istagan yerida o’zini uydagiday his qiladi.

Amerikada xitoylar shaharchalari/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00
Yuklab oling

San-Fransiskodan Nyu-Yorkkacha – Amerikaning katta shaharlarida xitoyliklar manzillari bor. Xitoycha ovqat yeb, sovg’a sotib olaman degan odam Chaynataunga yo’l oladi. Asosan sayyohlar keladi, deydi Los-Anjelesdagi muzey rahbari Stiv Von.

“Sovg’a-salom do’koni deysizmi, amerikaliklarga moslangan xitoycha ovqat deysizmi... Aslida xitoycha degan nomi bor, xolos, juda amerikacha taomlar”.

Ilgari Chaynataunda faqat xitoylar yashagan.

XIX asr o’rtalarida AQShga Xitoydan kelgan muhojirlar aynan shu yerda qo’nim topgan.

1882-yilda AQSh xitoylik migrantlarni kiritmay qo’ygan. Bu elatni ajratish siyosati natijasida Chaynataunlar paydo bo’lgan.

“Ular oilasi va bola-chaqasini olib kelolmay qolgan va jamoalar taraqqiyoti to’xtagan. Shunda xitoylar turizmga asoslangan iqtisodni rivojlantirishga qaror qilgan,” - deydi Stiv Von.

73 yoshli Fred Von Los-Anjelesning Chaynataun shahrida 15 yil ishlagan. 10 yoshida, AQSh immigrantlar uchun taqiqni bekor qilganidan keyin bir o’zi, ota-onasiz kelgan.

“Olti jon edik. Ota-onam qashshoq edi. Onam avvaliga bir farzandini, keyin meni sotib yuborgan”.

Fred Von deydiki, Los-Anjelesning Chaynataunida asosan keksa xitoylar yashaydi. Yoshlar shahardan chiqib ketgan. Oxirgi 30 yilda Tayvan va Xitoydan yoshlar AQSh universitetlariga o’qishga kelib, qolib ketgan, deydi Kaliforniya Universiteti professori Min Ju.

“Ular kvartira emas, uy sotib oladi yoki ijaraga turadi. Shuningdek, yaxshi universitetlarda o’qiyman, deydi. Shu sababdan Chaynataun ularga to’g’ri kelmaydi”.

Guo Ven Huan Xitoyning Sian shahridan, Los-Anjelesning chekkasida restoran ochgan. Boshqa immigrantlar kabi ikki avtomashina sig’adigan garajli uy sotib olgan.

“Xitoyda qayerga bormang osmono’par binolarni ko’rasiz. Amerikada esa ular kam. Bir oilaga mo’ljallangan uylar ko’p,” - deydi u.

Qo’shma Shtatlarda yangi hayot boshlagan ko’plab xitoy muhojirlari muvaffaqiyatga erishyapti. Ammo ayni vaqtda shaharda 750 ming noqonuniy xitoylik migrant bor. Ular Kongress immigratsiyaga oid yangi qonun qabul qiladi, degan umidda. Min Ju esa nolegal immigratsiya muammosi osonlikcha hal bo’lmaydi, deydi. Chunki odamlar o’zi va oilasi uchun yaxshi hayot izlab, Amerikaga kelaveradi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG