Breaking News

Ko'plab respublikachilar nazarida Trampning yutqazishi aniq


Ko'plab respublikachilar Tramp g'alaba qilishiga ishonmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00

Ko’plab respublikachilar nazarida Donald Tramp Oq uy uchun kurashda boy berishi aniq. Kongress va shtat boshqaruviga saylanish umidida yurganlar Hillari Klinton prezidentlikka saylansa, uning ustidan nazoratni ushlab turish uchun Vashingtonda kuchli respublikachilar kerak, deya kampaniya olib bormoqda.

Siyosiy reklamalarda konservatorlar raqiblarini Klintonga yon bosadi deya ayblab chiqmoqda.

Respublikachilarning reklamalarini tomosha qilsangiz, Oq uyda allaqachon demokrat prezident o’tiribdi.

“Respublikachilar taqdirga tan berdi. Oq uy demokratlarniki bo’ladi”, - deydi tahlilchi Jon Xudak.

Bir amallab o’z lavozimimni saqlab qolsam bo’ldi, deya barcha usullarni ishga solayotgan konservatorlar ko’p. Boshqa yo’l yo’q.

“Amerikaning har bir burchagida Donald Trampning reytingi pasayib bormoqda”.

Trampni quvvatlayotganlar juda kam. Respublikachilar undan uzoqlashgan. Demokratlar esa Klintonga yaqinlashish harakatida. Har yerda uni quvvatlab chiqmoqda.

“Hillari Klinton kelgusi prezidentimiz. 8-noyabrda buni tasdiqlaymiz. Buni unutmang”,- deydi Senatga nomzod Meggi Hassan.

“Meggi mustaqil fikri bilan tanilgan jafokash xizmatchi. U hamma bilan til topsiha oladi”, - deydi Klinton.

Prezident Barak Obama ham yurt kezib, demokratlarni quvvatlamoqda. Respublikachilarga uyat, deydi u.

“Respublikachilar fikrlab, uzoqni ko’zlab ovoz bersa, boshqa gap. Lekin aksariyat hollarda nomzodga emas, partiyasiga qarab ovoz beradi. Bu degani hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Maqsad nima o’zi”?”, - deydi Obama.

Tramp esa imkon topganida respublikachilarga la’natlar aytmoqda.

“Menga ovoz bering. Bir-birimizga yordam bersak bo’lmaydimi? Meni quvvatlang. Men esa respublikachilarni quvvatlayman”, - deydi Tramp.

Ko’plab respublikachi siyosatchilar ikki o’t orasida qolgan, deydi tahlilchi Jon Xudak.

“Ular Trampdan butunlay uzoqlashsa ham yutqazishi mumkin, uzoqlashmasa ham. Hamma o’zi uchun turib berishi kerak, lekin siyosiy maydonda bu oson emas. Prezidentlikka nomzodga suyana olish lozim”, - deydi u.

Demokratlar Vakillar Palatasida hukmronlikni qo’lga olishi uchun ularga 30 ta yangi o’rin kerak. Senatda esa kamida yana to’rt o’rin ularga tegishi kerak.

Respublikachilar Oq uy va Kongress butunlay demokratlar iznida bo’lishi mumkin degan xavotir bilan yashamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG