Breaking News

Ona va bola salomatligi yo'lida qayg'urayotgan tashkilotlar


Ona va bola salomatligi - Family health
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:24 0:00

Ona va bola salomatligi - Family health

AQShning Virjiniya shtatida ona va yangi tug’ilgan bolalarga yordam ko’rsatadigan tashkilot yiliga minglab oilalar hojatini chiqarmoqda. “Sog’lom oilalar” nodavlat tashkiloti xodimlari homilador va endi ko’zi yorigan onalarga sog’lom va baxtli bola tarbiyalash sirlarini o’rgatadi.

Yosh ota-onalarga yordam/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00
Yuklab oling

Vijan qiziquvchan, ochiq bola. Rivojlanishi ham me’yorda.

Bunda Tina Fontenning xizmati katta. U “Sog’lom oilalar” nomli tashkilotning oilalar, xususan, onalarga yordam beradigan xodimasi. Vijan tug’ilganidan buyon ona-bolani har hafta kelib ko’radi.

U kitob va boshqalardan foydalanib, onaga bolani yoshiga qarab katta qilishga o’rgatadi. Bola yoshiga mos qiliqlar qilishi kerak, deydi.

“Ota-ona va bola o’rtasida mehr tug’ilishi kerak. Shuningdek, bolani bog’chaga ham tayyorlash muhim,” - deydi Fonten.

U Bavanaga bolaga kitob o’qish muhim, deya tushuntiradi:

“Tili chiqmagan bola so’zlarni hali tushunmaydi-ku, kitob o’qishdan ne foyda, deydiganlar kam emas. Bola tushunmasa-da, sezadi, sizning mehringizni his etadi, ona yoki ota qo’ynida o’tirganida kitob o’qish kerak, deb eslab qoladi va kitobga ham mehr qo’yadi. Kelajakda undan kitobxon bir odam chiqadi”.

Bavana muhojir, Nepaldan ko’chib kelgan. Fontendan juda minnatdor.

“Tina mening opamdek bo’lib qoldi. Kelganida doim biz bilan, bolam bilan o’ynaydi. Xuddi oilamdek,” - deydi u.

Tina Fonten uchrashadigan yana bir ayol - Eboni Von. Yoshi 19 da, birinchi farzandini kutmoqda. So’nggi oylarda oyiga ikki marta Fonten bilan uchrashib, suhbatlashadi, dardlashadi, maslahat oladi.

Fonten bo’lajak onaga homilador ayol salomatligi, chaqaloqqa qarash kabilardan ma’lumot beradi.

Bunday uchrashuvlar bola dunyoga kelganidan keyin ham davom etadi.

“Tina Fontenning hayotimdagi roli katta, chunki o’zim haqimda, hayotimda nimalar bo’layotgani haqida gaplashadigan odamim yo’q. Fonten kelganida, muammolarim, hissiyotlarim, salomatligim haqida gapiraman, savol beraman, maslahat olaman. Meni koyimaydi, tandiq qilmaydi. Eng zo’r maslahat beradi,” - deydi u.

“Sog’lom oilalar” nodavlat tashkiloti Shimoliy Virjiniyada har yili 30 mingdan ziyod odamga xizmat ko’rsatadi, deydi prezident Meri Aji.

1990-yilda asos solingan tashkilot 7000 dan ziyod oilaga yordam berdi.

“Tajribamiz shuni ko’rsatyaptiki, bu kabi dastur, xonadonma xonadon yurib, yordam ko’rsatish natijasida bolaning rivojlanmay qolishi, muvaffaqiyatga erishmasligi mumkin emas,” - deydi Meri Aji.

“Sog’lom oilalar” kabi tashkilotlar butun mamlakat bo’ylab faoliyat yuritadi va oilalarga yordam ko’rsatadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG