Breaking News

AQSh: O'zbekistonda majburiy mehnatga ko'z yuma olmaymiz


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri
AQSh Rossiya va Xitoy qatorida O’zbekiston hukumatini ham zamonaviy qulchilikda ayblab, o’zi yuritadigan maxsus ro’yxatda respublika maqomini eng quyi 3-pog’onaga tushirdi. Bu degani Kongress respublika bilan hamkorlikni cheklab qo’yishi mumkin.

AQSh-O'zbekiston-Paxta-Majburiy Mehnat/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:23 0:00
Yuklab oling

Vashington nazarida O’zbekiston paxta dalalarida bolalar va katta yoshdagilar majburan ishlatilishi zamonaviy qulchilik hisoblanadi va Amerika bu muammoni tan olib, Toshkentni siyosatni o’zgartirishga undamoqda.

Dunyo bo’ylab inson savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash yo’lida AQSh Davlat departamenti har yili maxsus hisobot chiqarib, uni xalqaro hamjamiyat va Kongressga taqdim etadi.

Qonunchilar talab qiladigan bu hujjatda Amerika hamkorlik qilayotgan davlatlardagi vaziyat tahlil qilinib, kim nima chora ko’rayotgani va o’sha mamlakatga nisbatan siyosatni belgilashda nimaga e’tibor berish lozimligi ta’kidlanadi. Shu bois ham bu hisobotda keskin tanqidga uchrash davlatlar uchun boshog’riq.

Davlat kotibi Jon Kerri deydiki, inson savdosi va majburiy mehnat chegara bilmaydigan muammo va undan Amerika ham soqit emas. Xotin-qizlarni fohishalikka zo'rlash, nochor va noiloj insonlarni qul qilib olish, chet eldan ish va'da qilib, hujjatlarini olib qo'yib, zo'rlab ishlatish singari hollar haqida gap ketmoqda. (Video)

“Tanqid bilan, maxsus ro’yxatga qo’shib davlatlarni sharmanda qilish bilan ahvol yaxshilanib qolmasligini tushunamiz. Bu hisobot xalqaro hamkorlikka undashi kerak. Majburiy mehnat qabih amaliyot ekani ochiq tan olinib, sherik davlatlar birgalikda chora ko’rishga harakat qilishi lozim”,- deydi Kerri.

O’zbekistonda paxta azaldan asosan qo’lda, bolalar, yoshlar va kattalar mehnati bilan teriladi. Tashqi dunyo tanqidi sabab respublikada bolalar mehnatini man etuvchi va ekspluatatsiyani taqiqlovchi qonunlar qabul qilingan. O’tgan yilgi terimda kamroq bolalar dalaga chiqqani kuzatildi, ammo umumiy vaziyat o’sha-o’sha. Maktablar yopiladi. Korxonalar ishdan to’xtaydi. Davlat ajratgan moliya evaziga faoliyat yuritadigan muassasa xodimlari dalaga haydaladi.

Hukumat buni “milliy hashar” deb atashi mumkin, lekin bu bilan na o’z xalqini va na tashqi dunyoni laqillata oladi, deydi Metyu M. Fisher-Deyli (Matthew M.Fischer-Daly), Paxta kampaniyasi (Cotton Campaign) yetakchisi.

Matthew M. Fischer-Daly, Cotton Campaign Coordinator, June 19 2013 talking to VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:57 0:00
Yuklab oling

O’zbekistonlik huquq himoyachilari, Amerika va boshqa davlatlardan faollar, to’qimachilik va kiyim-kechak sanoati, tijoratchi va sarmoyachilar bosh qo’shgan bu harakat Obama ma’muriyati qaroridan mamnun.

“AQSh O’zbekistonda odamlar majburlab ishlatiladi deya bong urayaptimi, demak, bu muammo endi yanada kengroq miqyosda tan olinadi. Bugungi qaror qog’ozda qolib ketmaydi degan umiddamiz. Vashington O’zbekistonda vaziyat ijobiy tomonga o’zgarishi uchun sidqidildan harakat qilish payti keldi”,- deydi Fisher-Deyli.

Paxta kampaniyasi O’zbekiston davlati va xalqiqa qarshi harakat emas, deydi o’tgan yili paxta terimini kuzatgan koordinator. Guruh asl ahvol haqidagi ma’lumotni mahalliy manbalardan oladi va majburiy mehnatga chek qo’yish uchun targ’ibot ishlari olib boradi. Uning ta’kidlashicha, millionlab o’zbekistonliklar paxta majburan emas, ixtiyoriy ravishda ekilsin va terilsin deydi. Paxta milliy boylik deya odamlarni zo’rlab ishlatish adolatdan emas, bu oddiy fakt, deydi Fisher-Deyli.

Haqiqat shuki, oq oltin huzurini paxtakorlar yoki terimchilar emas, juda tor doira vakillari ko’radi, deya qo’shadi Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow), “Human Rights Watch” xalqaro huquq tashkilotining Markaziy Osiyo bo’yicha bosh mutaxassisi. Bu guruh ham Obama ma’muriyatini O’zbekiston hukumati bilan Afg’oniston yuzasidan hamkorlikni kuchaytirib, mavjud muammolarga ko’z yumayotganlikda ayblab kelayotgan edi.

Steve Swerdlow, HRW Uzbekistan, June 19 2013 talking to VOA Uzbek
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:24 0:00
Yuklab oling

“AQSh hukumati ko’zini kattaroq ochib, O’zbekistonda majburiy mehnat keng tarqalganini ko’ra boshladi. Tan olishning o’zi yetmaydi albatta. Vashington O’zbekistonni konkret qadamlar tashlashga, o’z xalqini azoblashni to’xtatishga undaydi degan umiddamiz. Islom Karimov va uning ma’muriyati shuni bilsinki, bolalar va katta yoshdagi millionlab insonlar ekspluatatsiya qilinishi dunyo nazarida jiddiy fojia va hukumat tashqi dunyo fikrini chetga sura olmaydi”,- deydi Sverdlov.

“Inson savdosi va majburiy mehnat bo’yicha maxsus hisobotda O’zbekistonning 3-pog’onaga tushirilishi unga nisbatan Kongress sanksiya qo’yishi mumkinligidan dalolat beradi… Bunday past maqomdan saqlanaylik deya O’zbekiston hukumati vaziyatni yaxshilash uchun aniq choralar korishi lozim edi. Afsuski, Toshkent buni anglamadi”,- deydi Sverdlov.

Vashington O’zbekistonda paxta kvota sistemasiga asoslangan holda yetishtirilishini tub muammo deb hisoblaydi. 2012-yilgi terimda Paxta kampaniyasining aniqlashicha, kamida bir million kishi, jumladan o’quvchilar va kattalar majburiy chopiq va terimga jalb etilgan.

Karimov ma’muriyati odatda yuqoridagi singari hisobot va munosabatga to’g’ridan-to’g’ri va ochiq tarzda javob bermaydi.

Amaldagi siyosat tarafdorlari nazarida, paxta - ichki masala. G'arb burnini tiqmasligi kerak, deydi ular.

Odamlarni paxtaga haydash azaliy odat, buning muammoli joyi yo’q, aholi bunga o’rganib ketgan, teradigan o'zbeklar, G'arbga nima? - deya achchiqlanadiganlar ham bor.

Islom Karimov
Islom Karimov
Huquq himoyachilari nazarida har bir azaliy amal ham to’g’ri yoki insonparvar odat emas.


"Karimov rahbariyati xalq bilan hisoblashmaydi, ammo g’azabga to’lishini boshqa jihatlarda ko’rsatib keladi. Prezident Karimov tashqi dunyo tanqidini albatta yoqtirmaydi. Muloqot va muzokaralarda buni yashirmaydi. Mutassadilar orqali Amerikadan norozi ekanini bildiradi albatta. Afsuski, gap bu yerda tashqi dunyo emas, O’zbekiston xalqi taqdiri va ravnaqi haqida ketmoqda. Tanqid yoqmasa, vaziyatni o’zgartirsin, aholini majburiy mehnat zanjiridan ozod etsin”,- deydi Sverdlov.

O’zbekiston hukumatidan hozir BMT agentligi bo’lmish Xalqaro Mehnat Tashkilotini bu yilgi terimni yaqindan kuzatish uchun mamlakatga kiritish va uning mutaxassislari erkin faoliyat yurita olishi uchun sharoit yaratib berish so’ralmoqda. Toshkentning javobi hozircha mujmal, deydi yaqinda Jenevada bu borada muzokaralar olib borgan BMT rasmiylari.

Remarks at the Annual Trafficking in Persons Report (TIP) Release, June 19, 2013/Davlat departamentidagi tadbirdan, ingliz tilida:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Izohlarni o'qing (10)

Mazkur forum yopiq.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG