Breaking News

O'zbekiston mahsulotlariga AQShda xaridor bormi?


O'zbekiston mahsulotlari AQShda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:35 0:00

Savdo uyi O’zbekiston tashqi savdo vazirligi shafeligida faoliyat yuritadi

2017-yilning kuzida Prezident Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkka safar qilib, AQSh biznes doiralari bilan muloqot qilganida bu azim shaharda savdo uyi ochishga ham qaror qilingan edi. Shundan beri bu maskan astalik bilan ishga tusha boshlagan. Nyu-Yorkning beshinchi avenyusi – biznes va tijorat markazi hisoblanadi. Dunyoning eng mashhur dizaynerlari u yerda o’z kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarini sotadi. Maishiy mollar ko’z-ko’z qilinadigan va nafaqat Amerika balki dunyoning turli burchaklaridan o’z xaridorlarini topadigan joy.

O'zbekiston mahsulotlarini AQSh bozoriga olib kirish harakati boshlangan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:03 0:00

Mana endi bu yerda O’zbekistonda ishlab chiqarilgan turli antiqa tovarlarga ham joy bor, deydi biz bilan gaplashgan amerikalik tadbirkor. Tomas Skafatti O’zbekiston biznes ahli bilan sheriklikni yo’lga qo’yar ekan umidga to’la.

Biz yaqinda uning galereyasiga borib, hozirda namoyishda turgan mahsulotlar bilan tanishdik. O’zbekistondan kelgan mollar endi yoyiladi, deydi u. Hozirda saytga joylanmoqda. Bugungi zamonda savdo asosan global tarmoqda. Lekin katta ko’lamda sotib olmoqchi bo’lgan xaridor hali ham ko’rgazmani o’zi kelib ko’rishni istaydi, tovarlarni qo’lida ushlab ko’rishni, his qilishni xohlaydi, deya tushunturadi Skafati.

Xo’sh, amerikalik tadbirkor O’zbekistonning nimasiga qiziqib qolgan?

Kulolchilik va chinni mahsulotlariga, deya javob beradi biznesmen.

O’zbekiston ishlab chiqaruvchilari, tabiiyki, o’z gazlama, quruq meva, shirinliklar va boshqa tovarlarga Amerika bozorida talab kengayadi degan umidda.

https://uzamericantrade.com/
https://uzamericantrade.com/

Savdo uyi O’zbekiston tashqi savdo vazirligi shafeligida faoliyat yuritadi. Bu singari markazlarni respublika boshqa davlatlarda ochgan va ochish ilinjida. O’z-Amerika Savdo Korporatsiyasi deya o’zini tanishtirmoqda. Asosiy maqsadi O’zbekiston milliy mahsulotlarini eskport qilish.

Global bozorda hammaga joy bor, deydi tijoratchi. Xaridor yangicha, antiqa, noyob narsalarga o’ch. O’zbekiston ko’pchilik uchun ochilmagan dunyo. Hunarmandchilik mahsulotlari, xususan qo’lda ishlangan tovar madaniy namuna ekani bilan ajralib turadi. Bozorda yaxshi ketadi.

O’zbekistonni kashf etayotgan bu biznesmen ishlab chiqarish sanoatini o’rganar ekan, respublika uchun imkoniyatlar keng, deydi. Lekin qattiq mehnat qilishga to’g’ri keladi. Yangi marketing rejasi tuzish kerak, izlanish kerak, aloqa chuqurlashishi va kengayishi kerak. Amerikada mahsulotlar ko’rgazmalari tinimsiz o’tkaziladi, biri ochilib, biri yopiladi. Ularning har biri o’ziga xos yirik xaridorlarni jalb etadi. O’zbekiston mollari bu shoularda ko’rsatila boshlasa, bu tadbirkor nazarida, mamlakat uchun yangidan yangi bozorlar ochilishi tayin.

https://uzamericantrade.com/
https://uzamericantrade.com/

Xo’sh, O’zbekistondagi kattayu-kichik ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini Amerikada sota olishi uchun nima qilishi kerak?

“Menga o’xshagan sherik va maslahatchilar topishingiz lozim”, - deydi Tomas Skafati. “Doimiy ko’rgazmalar ochilishi muhim”.

Skafatining Nyu-York yuragidagi ko’rgazmasida jahonning turli burchaklaridan olib kelingan namunalarni ko’rasiz. Osiyoning bu chetidan bu chetigacha, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va arab davlatlaridan keltirilgan mollar. Ular orasida Markaziy Osiyodan hech kimning mahsuloti ko’rinmaydi, hozircha. Birinchi bo’lib, O’zbekiston tovarlari chiqsa ajabmas.

“O’zbekiston keramika mahsulotlariga qiziqish katta. Qo’lda bezatilgan idishlarni olishga shoshayotganlar bor. Ular nafaqat o’zbekona naqshlar balki boshqa madaniyatlarga xos manzara va shakllarni ham chizib mahsulot ishlab chiqarsa, bozor bor. Ranglar, uslub va texnik jihatlari… G’aroyib”, - deydi tijoratchi.

https://uzamericantrade.com/
https://uzamericantrade.com/

Amerika bozorida chinni asosan Xitoydan, shuningdek Shimoliy Afrika va Yevropadan ham talay. Tomas Skafati deydiki, O’zbekiston keramikasi ular bilan raqobatlasha oladi.

Turkiya mahsulotlarining AQShda bozori chaqqon, O’zbekistonniki ularga o’xshash ekan, deydi tadbirkor, sifati talabga javob bersa, biznes yomon bo’lmaydi.

Meksika, Vyetnam, AQSh va Hindiston tovarlari hozirda bozorning katta qismini tashkil etadi.

Skafati O’zbekiston bilan oddiy do’konda, mahsulotlarga qarab qiziqib qolganini aytadi. Hamkorlikni rivojlantirish uchun albatta vaqt kerak, qolaversa ishonch. Nyu-Yorkda azaldan mahsulot ko’rsatib keladigan bu biznesmen O’zbekiston bilan yaqindan ishlashga hoziru nozir.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG