O'zbekiston: Inson huquqlari jamiyatiga asos solingan hovlidan maxsus dastur

O'zbekiston hukumati sobiq siyosiy mahbuslar shikoyatlarini ko'rib chiqishi kerak. Ikkinchidan, hozirda yopilgan Jasliq qamoqxonasida yillar davomida sodir etilgan qiynoqlarni va boshqa qonunbuzarliklarni tekshirishi lozim, deydi u yerda 10 yildan oshiq o'tirgan A'zam Farmonov.

Sobiq mahbusning xonadonidamiz. Bu hovlida 2019-yilning noyabrida vafot etgan huquq himoyachisi Tolib Yoqubov yashab o'tgan.

Farmonov - Yoqubovning kuyovi va shogirdi. O'zbekiston Inson huquqlari jamiyatiga asos solingan uyda mamlakat oldida turgan tog'dek masalalarni muhokama qildik.

Huquq va erkinlik uchun kurashib, uzoq yillar qamoqda yotganlar, qiynoqqa solinganlarning dardini kim tinglaydi?

Bugungi O'zbekistonda adolat tushunchasi nima?

Jasliq qamoqxonasi yopildi, lekin qiynoqlar davri tugadimi?

A'zam Farmonov singari sobiq mahbuslar hukumatga qanday takliflar bergan?

Rahbariyatning qanday? Jamiyat va hukumat orasidagi munosabat qanchalik o'zgardi?