AQSh yetakchi generali Toshkentda bo'ldi

  • Amerika Ovozi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet F. Makkenzi

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Kennet F. Makkenzi bugun Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi.

Markaziy Osiyo xavfsizligi, Afg'onistonda tinchlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurash - uchrashuvdagi asosiy mavzular. Harbiy va harbiy-texnik hamkorlik muhokama qilingan.

O'zbekiston - Pentagonning azaliy sherigi. Muloqotda shunga urg'u berilgan. Tomonlar hamkorlikdan mamnun ekanini aytib, uni kengaytirish istagini bayon qilgan.

2001-yilda Amerika Afg'onistonga kirganidan beri Toshkent u yerdagi harbiy amaliyotlarni quvvatlovchi loyihalarga hissa qo'shib keladi, xususan noharbiy tranzit va ta'minot sohasida.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Shimoliy Afrikadan Janubiy Osiyogacha bo'lgan hudud uchun mas'ul, jumladan Markaziy Osiyo.

Toshkent, 20-oktabr, 2020

Toshkent, 20-oktabr, 2020