Breaking News

AQSh Afg'oniston bo'yicha Turkmaniston bilan ham yaqindan ishlaydi


Chapdan Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar, AQSh Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo'yicha muovini Deyvid Heyl va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov

Afg'oniston, Qo'shma Shtatlar va Turkmaniston uch tomonlama kelishuv e'lon qildi. AQSh Davlat kotibining Siyosiy masalalar bo'yicha muovini Deyvid Heyl, Afg'oniston Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov orasidagi kechgan video anjumandan keyin qo'shma bayonot berildi. Bir necha oy oldin Tramp ma'muriyati, Afg'oniston va O'zbekiston ham shunday hamkorlikni yo'lga qo'ygan edi. Davlat departamentiga ko'ra, Tojikiston bilan ayni maqsadda muloqot ketmoqda.

Yakunlanayotgan haftada Qirg'izistondagi siyosiy beqarorlikdan xavotir bildirgan AQSh bu mamlakatdagi siyosiy guruhlarni tinch yo'l bilan kelishib olishga, tartib o'rnatib, xalq dardiga quloq tutishga chaqirdi. O'zbekiston va Qozog'iston ham qo'shni davlatdagi vaziyatdan tashvishda, barqarorlik tomon qadamlardan umidvor.

Vashington, Kobul va Ashgabat 8-oktabr kunidagi yig'ilish ketidan quyidagilarga kelishgan:

  • Mintaqa xavfsizligi, iqtisodiy taraqqiyot va Afg'oniston farovonligi, demokratiyasi, suvereniteti va birdamligi yo'lida bir yoqadan bosh chiqarish;
  • O'tgan 19 yil mobaynida, ya'ni AQSh Afg'onistonga kirganidan beri erishilgan demokratik yutuqlarni boy bermaslik;
  • Chegara osha tahdidlarning oldini olish, xususan terrorizm, qoradori savdosi, o'g'rilik, noqonuniy migratsiyaga qarshi birga kurasish;
  • Uch xalqni bir-biriga yaqinlashtiruvchi madaniy va ilmiy loyihalarni ishga solish;
  • Barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyotni ta'minlashda xotin-qizlar ovozi va rolini oshirish;
  • Uch davlat orasida savdoni kengaytirish, tijoratga qo'yilga cheklovlarni qayta ko'rib chiqish, bojxona tizimidagi muammolarni hal etish;
  • Transport loyihalarini amalga oshirish, xususan yangi yo'nalishlarni birga ishga tushirish;
  • Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyoga Afg'oniston orqali ulovchi tizimlarni quvvatlash;
  • Infrastructura loyihalari, xususan Turkmaniston-Afg'oniston-Pokiston (TAP) energetik proyekti va Turkmaniston-Afg'oniston-Pokiston-Hindiston (TAPI) gaz quvuri proyektini amalga oshirish;
  • Gumanitar yakdillik: koronavirus pandemiyasi, yuqumli kasalliklar va tabiit ofatlarga qarshi birga kurashish;
  • Jinsiy tenglik, xotin-qizlar ravnaqi, ayollarning sog'lig'ini saqlash va ular uchun iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish;
  • O'zaro manfaatlarni ko'zlovchi yangi rejalar tuzish va sheriklik qilish.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG