Ukraina bu yilgi "Invictus" o'yinlarida qatnashadi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Ukrainaning egilmas va yengilmas zobitlari

Urush davom etayotganiga qaramasdan Ukraina jangchilari sentabr oyida Germaniyada oʻtadigan “Invictus” xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish istagida.

Mikola - Ukraina maxsus kuchlari zobiti. Urushda bir oyog’idan ayrilgan, unga protez qo’yishgan. Har xilidan foydalanadi, ularning biri ayiq panjasi shaklida.

“Undan maxsus holatlarda foydalanaman. Shartli nomim “Ayiqcha”. Ana shu protezda Moskvaning Qizil maydoni bo'ylab yurib g’alabamizni nishonlashga ont ichganman” .

Severodonetsk uchun kechgan janglarda u chap oyog’idan ayrilgan. Reabilitatsiya uchun AQShga kelganida amerikalik mutaxassislarni hayratda qoldirdi.

Yangi protezi bilan Mikola 223 veteran va xizmatchilar safiga qo'shildi. Ular sentabrda Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o'tadigan Butunjahon “Inviktus” o'yinlarida Ukraina sharafini himoya qiladi.

Yarador va majruh harbiy erkak va ayollar ishtirok etadigan bu musobaqalarga 2014-yilda start berilgan. Mikola kamondan otishni tanladi. Ishtirokchilarning umum xususiyati - qat'iyat.

“Bugun ikki oyog’ida protez bilan 100 metr masofaga yugurgan bir yigitni tasvirga oldim. U yiqildi. Ammo o'rnidan turib, yugurishda davom etdi. Distansiyani yakunladi”, - deydi Anton Nikulin, Lvov rasmiysi.

Ikki oyog’i protezlangan 26 yashar minomyotchi Oleksandr Budko Rivne shahridan.

“Men yashiringan xandaq ustiga raketa kelib tushdi. Bu voqea 24-avgust kuni yuz berdi. Shundan beri yangi hayot tarziga moslashishga intilyapman”.

"Invictus" xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanayotgan ukrainlar, Lvov, 29-aprel, 2023

Sport protezlarini Budkoga Florida shtatida qo’yishgan. Unda endi nafaqat yugurish, balki to'qqizta boshqa yo’nalishlarning yarmida musobaqalarda qatnashish imkoni bor.

“Protezlardan foydalanayotganiga atigi bir oy bo’lyapti. Natija yomon emas. Yiqilganda og’rimadi dedi. Demak hammasi yaxshi”, - deydi Darya Pryimak, yordamchi.

Budko deydiki, sport protezlarida hatto turish oson emas. "Biroq o'rgansangiz, o'z oyoqlaringizdan ko'ra ularda yugurish qulayroq va tezroq, chunki inersiya sizni oldinga siljitadi. Bu ajoyib!”

Ukraina jamoasi 2017-yilda Kanadada o’tgan “Invictus” o’yinlarida ham qatnashgan. NATOga ittifoqchi davlat sifatida.

Milliy terma jamoaning bu yili saralash musobaqalari urush kechayotgan bir paytda o’tdi. Oldingi o’yinlarda qatnashgan sportchilarning o'n nafariga motam tutilmoqda.