Breaking News

Urumchida to'qqiz uyg'ur qatl etilgan


Xitoyning Shinjon-uyg’ur muxtoriyatida to’qqiz fuqaro qatl etilgan.

Ular shu yilning yozida Urumchidan ro’y bergan qonli to’qnashuvlar ortida turganlikda ayblanib oliy jazoga hukm qilingan uyg’urlar.

G’alayonlarda 200ga yaqin kishi o’lgani aytiladi, ammo Xitoy rasmiylari buncha odam halok bo’lmagan deb keladi.

Hozirgacha 21 kishi ustidan sud ishi yakunlangan va ulardan 12 nafari o’limga loyiq deb topilgan.

Uyg’urlar Xitoy hukumatini ularni siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ezayotganlikda, bu elatni yo’q qilishga urinayotganlikda ayblab keladi.

Pekin nazarida esa xorijda yashayotgan uyg’ur faollar separatizmni targ’ib qilib, mamlakat tinchligiga raxna solmoqda.

XS
SM
MD
LG