Breaking News

2018-yil ham Tramp uchun mashmashalar yili bo'ladimi?

  • Amerika Ovozi

20-yanvar kuni Donald Tramp prezidentlikka kelganiga bir yil bo'ldi. Trampning to’s-to’polonlarga to’la birinchi yili Amerika siyosati tarixidagi hech bir boshqaruvga o'xshamaydi. 2018-yil qanday kechadi?

​Amerikaning 45-prezidenti o’z faoliyatini dadil boshlagan edi.

“Bugundan boshlab faqat Amerika birinchi, tamom!”, - degan edi Prezident Tramp.

U ishni Obama davrida kiritilgan tartib-qoidalarni o’zgartirish, AQSh Oliy sudidagi bo’sh o’rinni to’ldirishdan boshladi.

Prezident Trampning soliq tizimini isloh qilish loyihasi 11 oy o’tib tasdiqlangani unga katta yutuq bo’ldi.

“Uddasidan chiqdik, faxrlanishimiz kerak. Amerikaliklar uchun katta muvaffaqiyat bu. Iqtisod zo’r bo’ladi. ”, - dedi u.

Soliq tizimi islohotining tasdiqlanishi respublikachilarga Kongress saylovlarida qo’l kelishi mumkin, deydi tahlilchi Jon Fortiyer.

“Respublikachilar niyatiga yetdi, dekabrda soliq loyihasining tasdiqlanishi katta ish bo’ldi. Ularning ishi ancha yurishadigan bo’ldi”, - deydi u.

Prezident Tramp birinchi yilda amalga oshirolmay qolgan rejalari ham bor.

U “Obamacare” nomli sog’liqni saqlash dasturini bekor qilishga bir necha bor urindi. Ijtimoiy tarmoqlar va matbuotda Gaiti va Afrika davlatlariga nisbatan tahqirlovchi so’z ishlatgani ancha ovoza bo'ldi.

Trampning xulq-atvoridan demokratlar, xususan, senator Kori Buker xavotirda.

“Uning so’zlari shunchaki osmonga uchib ketadigan gaplar emas. Og’ir haqoratli gaplar. Nafrat, ko’r-ko’rona ergashish kabi salbiy oqibatlarga yetaklashi mumkin”, - deydi Buker.

Tramp iqtisodiyotni barqarorlashtirgani bilan, beqaror, o’zboshimcha siyosati uning obro’sini to’kaveradi, deydi tahlilchi Jon Xudak.

“Odamlar Trampni iqtisodni yaxshilashga qo’shmoqchi bo’lgan hissasi bilan emas, boshqa omillar bilan baholayotgani uchun ham unga ishonch past”, - deydi u.

Tahlilchi Larri Sabatoga ko’ra, AQSh presidentlari tarixida Tpamp reytingining juda pastligi noyabrdagi Kongress savlovlarida demokratlar uchun ayni muddao bo’lishi mumkin.

“Olomon qo’zg’alsa, xalqchil bo’lmagan prezident tarafdorlarini va bunday prezident siyosatiga qo’shilishni istamaganlarni farqlab bo'lmay qoladi”, - deydi tahlilchilar.

Tramp esa iqtisodiy o’sish tufayli 2018-yildagi faoliyatiga ijobiy baho berilishidan umidvor.

Lekin noyabrdagi saylovlarda kutilayotgan ehtimoliy mag'lubiyat va Rossiya tergovining davom etayotgani prezident sifatida Trampning ikkinchi yilini avvalgisidan ham qiyinroq qilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG