Breaking News

Islohotlar O'zbekiston iqtisodini erkinlashtirishi kerak


Ekspertlar: O'zbekistonda real islohotlar endi boshlanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:38 0:00

Ekspertlar: O'zbekistonda real islohotlar endi boshlanmoqda

Asosiy o'zgarish bugungi siyosiy iroda va g'ayrat, deydi Jahon banki va Xalqaro Valyuta fondi ekspertlari. O'zbekiston iqtisodiyoti haqida ular bugun ko'proq ma'lumot va tasavvurga ega ekanini aytadi. Mutaxassislar deydiki, hukumat iqtisodni erkinlashtirish qarorida qat'iy.

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlar qanday kechmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:38 0:00

O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Vashingtonda Markaziy Osiyo-Kavkaz instituti forumida so'zlar ekan, vatanida buyuk o'zgarishlar davri boshlanganini qayd etdi. Uning aytishicha, bugungi O'zbekistonga ijobiy qaramaslik haqiqatga ko'z yumish bo'ladi, chunki mamlakatni tizimma-tizim isloh qilish uchun har kuni real qadamlar qo'yilmoqda.

Valyuta bozorini erkinlashtirishdan tortib, korrupsiyaga qarshi kurash; qo'shni davlatlar va tashqi dunyo bilan aloqalarni kuchaytirishdan tortib, mintaqaviy hamkorlik; ta'lim va sog'liqni saqlash sohalaridan tortib, qurilish va sanoatlar rivojigacha, hukumat har bir jabhada olg'a qadam tashlashga urinmoqda, dedi Vahobov ekspertlar bilan davra suhbat yakunida.

"O'zbekistonda o'zgarishni har yerda sezasiz, chunki ularni xalqning o'zi qilmoqda va buning uchun iroda yetarli", - deydi Vahobov.

Elchi nazarida yaqinda nashrdan chiqqan tahlilnoma, Markaziy Osiyo-Kavkaz instituti tadqiqotchisi Mamuka Tsereteli O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash borasida yozgan ilmiy ish bugungi jarayonlarning hamda yaqin o'tmishning haqqoniy sarhisobidir.

Tsereteli forumda bu borada gapirar ekan, "O'zbekistonda hozirda amalga oshirila boshlangan islohot dasturi aslida oldingi rahbar davrida rejalangan, lekin u paytda bunday o'zgarishlar qilish uchun siyosiy iroda yetmagan", - dedi.

2003-yildan 2016-yilgacha bosh vazirlik qilgan Shavkat Mirziyoyev tizimni yangilash uchun nima qilish lozimligini yaxshi tushunadi, chunki uning qanchalik buzuq va samarasiz bo'lgani haqida chuqur tasavvurga ega, deydi Tsereteli.

Xususiy sektorni kengaytirish, tashqi dunyo bilan savdoni oshirish, ishlab chiqarishni takomillashtirish, milliy pul qadrini ko'tarish, valyuta bozorini ochish, ishsizlikka qarshi kurash, norasmiy va rasmiy iqtisod orasidagi tafovutni yo'q qilish uchun nima qilmoq zarur degan savollarga javob ko'p edi, biroq ularni tatbiq etishning iloji bo'lmagan, deydi Tsereteli. Buni eplash hozir ham oson emas, ammo bu mashaqqatli jarayonlarni boshdan kechirib, sinovlardan o'tib, yaxshiroq yashash uchun O'zbekistonda ishonch va g'ayrat bor, deydi ekspert. Vaqt kerak, mehnat qilish kerak, deya qo'shadi u.

Jahon banki mutaxassisi Deyvid Guld deydiki, hukumat turli sanoatlarni tebratayotgan biznes doiralar bilan til topisha olishi, har bir qarorini puxta o'ylab qilishi, ortiqcha tahdidlarni chetlab o'ta olishi, tirikchilikka xavf solmagan holda yangicha tizim tomon harakat qilishi kerak. Bu hech bir davlatda oson ish emas, deydi Guld. Uning fikricha, Karimov davridan qolgan taraqqiyot rejasi oldin ham ish bermagan, bugun ham ish bermaydi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish uchun O'zbekiston dadilroq qadam tashlayverishi kerak, jumladan valyuta bozorini ochganidek. Sarmoya oqimini oshirish uchun biznes muhitni yaxshilash lozim, buning uchun esa boshqa zarur qadamlar bor. Kuchli mutaxassislar kerak.

Jahon banki, deydi Guld, bugun O'zbekiston hukumatidan iqtisodiy vaziyat va fuqaro hayoti haqida ko'proq ma'lumot olmoqda. Oldingi to'siqlarning ko'pi olib tashlangan. Bank respublikadagi turmush darajasi haqida qanchalik yaxshiroq tasavvurga ega bo'lsa, qilinayotgan qarorlar ham, berilayotgan ko'mak ham shunchalik samarali bo'ladi, deydi Guld.

​Xalqaro Valyuta fondining Toshkentdagi yetakchi eksperti Albert Yeger Jahon banki mutaxassisining fikriga qo'shiladi. Ko'plab ma'lumotlar oldin sir saqlanar edi, hozir ularni olish mumkin. Lekin eng muhimi, muammolarni hal qilish uchun real choralar ko'ra olish, deydi Yeger.

O'zbekistonda aholining aksariyat qismi yoshlardan iborat. Bir tomondan bu kuch, ikkinchi tomondan esa sinov, deydi Yeger. Chunki yoshlari ko'p yurtda ish o'rinlari va imkoniyatlar ham ko'p bo'lishi zarur.

O'zbekiston hukumati hozirda ishsizlik darajasi, migratsiya va uning ta'siri, norasmiy iqtisod yuzasidan aniq axborot yig'ib, uni tahlil qilish ilinjida, deydi Yeger. Boshqaruv, deydi u, soliq va ijtimoiy himoya tizimini ham isloh qilishga bel bog'lagan. Hech bir mamlakatda bu oson kechmaydi, deydi Xalqaro Valyuta fondi eksperti.

Yeger ham O'zbekistonda Karimov asos solgan taraqqiyot modeli ish bermaganini aytadi. Buni tan olish qiyin, deydi u, lekin o'tmishdagi xatolardan o'rganish muhim.

O'zbekiston o'z iqtisodiyotining asosiy ustunlari bo'lmish paxta, energetik manbalar va qimmatbaho metallar sanoatini rivojlantirgan holda yangi yo'nalishlarni ham taraqqiy ettirishga majbur. Qishloq xo'jaligi respublika uchun eng yirik va daromadbop tarmoqlardan biriga aylanish potensialiga ega. Bu esa ulkan sarmoya va puxta reja talab qiladi. Jahon banki bu yili qariyb yarim milliard dollar kredit ajratmoqda. Shart shuki, O'zbekiston tizimni isloh qilayotganini isbotlay olishi kerak. Ekspertlar nazarida bu borada o'zgarishlar juda sekin, lekin harakatdan to'xtamasligi kerak.

O'zbekistondagi iqtisodiy islohotlar AQShda muhokamada
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:10 0:00

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG