Breaking News

Iflos suv va plastik chiqindiTojiksitonga katta muammo


Tojikiston bolalari

Aholisi sakkiz milliondan ortgan Tojikistonda hozir tabiatni bulgovchi yirik ihlab chiqarish sanoat korxonalri yo’q hisob.

Atrof muhitga zarar keltirayotgan deb ko’rilgan “Talko” alyumin ishlab chiqarish zavodining atmosferaga chiqarayotgan zaharli chiqindilarini kamaytirish maqsadida bir necha yil oldin xalqaro tashkilotlar yirik mablag’lar ajratib, bu masalani ijobiy hal etishgan. Respublikada tabiatga bundan ortiq zarar keltiruvchi yirik korxonalar mavjud emas. Shunday bo’lsada, ekologiya masalasi Tojikistonda dolzarbligicha qolmoqda.

Mahalliy mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, atrof muhit tozaligini saqlashda respublikada ikki muhim masala bor. Birinchisi suv manbalari tozaligi bo’lsa, ikkinchisi chetdan keltirilgan va yoki shu erda ishlab chiqrishi ommalashgan plastik paket va idishlar muammosidir.

Xalqaro maydonda Tojikiston hukumati toza suvning insoniyat hayoti va taraqqiyotiga ta’siri borasida bir necha ahamiyatli tashabbuslar bilan chiqqan va ularning dunyo miqyosida qabul qilinishiga erishgan edi. Jumladan, 2005-2015 yillarda “Hayot uchun suv” o’n yilligi, 2013 yilda “Toza suv xalqoro yili”, 2013 yilda “Xalqaro suv birdamligi” va nihoyat 2018-2028 yillarga qabul qilingan “Suv- ustuvor taraqqiyot uchun” o’n yilliklari BMT minbarlarida tasdiqlangan.

Dunyo miqyosida mana shunday muhim hujjatlar imzolanishiga erishib, xalqaro hamjamiyat obro’sini qozongan Tojikistonning o’zida mavjud toza suvga mahalliy aholining munosabatini qoida doirasida deb bo’lmaydi.

Ma’lumki, islom odobida non va suvga munosabatga juda katta ahamiyat berilgan.

"Ummon sohilida tursang ham, tomchi suvni ehtyot qil degan hadis bor. Ulamolarimiz tahorat uchun bir obdasta suvni etarli hisoblaganlar, eskida har xonadonda chiqindi suv uchun maxsus obrezlar kovlangan, hozir esa hammasi toppadan-to’g’ri ko’cha yoki ariqqa oqiziladi, birovning birov bilan ishi yo’q",-deydi mahalla domullolaridan biri.

Atrof muhit tozaligiga ma’sul tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi xodimlaridan birining aytichicha, odamlarni hozir elementar tozalik qoidalariga o’rgatish juda mushkul.

"Xalqning ma’rifat darajasi shu darajadaki, hatto o’ziga keladigan zararni ifodalab tushuntirsangiz ham, anglab etmaydi. Joylarda machit imomlari bilan kelishib, juma nomozlarida tozalik haqida, oqar suvlarni e’zozlash haqida amri ma’ruflar o’qitdik, natijani ko’rmayapmiz. Chiqindi chiqarayotgan har kishini ushlab, jarimaga tortavergan bilan ish bitmaydi, jarima to’lashgaku, hollari etmaydi, ma’rifatli bo’lish kerak", -deydi qo’mita xodimi.

Tojikiston jahondagi eng toza ekologik suv manbalarida ega bo’lsada, poytaxt Dushanbening o’zida ham aholi hali hanuz toza ichimlik suvi bilan to’la ta’minlanmagan. Poytaxtning bu sohaga ma’sul idora mutaxasisslarining matbuotda bildirishicha, xonadonlarga kirib borgan suv quvurlarini yangilash va bugungi kun talablariga javob bera oladigan darajaga etkazish uchun yana yigirma yil kerak bo’ladi. Holbuki, Tojikistonga ajratilayotgan insonparvarlik yordamlarining aksar qismi aholining yashah tarzini yaxshilash loyihalariga ajratiladi.

"Biz har yili yoz mavsumida yoshlar bilan atrof-muhitni tozalash haftaligi o’tkazamiz. Xo’jandda Sirdaryo, Panjakenda Zarafshon, Dushanbeda Varzob daryolari qirg’oqlarini turli chiqindilardan tozalab chiqamiz, bolalar ham tabiat qo’yniga chiqib dam oladi, ham foydali jamiyat ishi bilan mashg’ul bo’ladi", - deydi suhbatdoshlardan biri.

"Birgina Xo’jandning o’zida ekologiya bilan shug’ullanuvchi bir nechta jamoatchilik tashkilotlari bor, ular davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlashadi. Agar respublika bo’yicha bunday nodavlat tashkilotlariga ko’rsatilgan texnik ko’maklarni ham qo’shib hisoblasak, chetdan kelayotgan grantlar miqdori bir nehca yuz ming dollarga etadi. Moliyaviy yordam asosan AQSh, Yaponiya va Evropa davlatlaridan, ularnng elchixonalaridan ko’satiladi",-deyi Xo’janddagi “Amerika burchagi” ofis menedjeri Madina Po’latova.

"Bir vaqtlar bu ariq suvlariga non oqizib eb katta bo’lganmiz, hozir bu suvni odam tugul, molimiz ham ichmayapti.Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q deb shunga aytadilar-da",-deydi mahalla keksalaridan biri.

Tojikiston hukumati qoshidagi tabiatni asrash qo’mitasi shu yil respublikada bir marta ishlatiladigan plastik buymlardan bosqichma-bosqich voz kechish loyihasini ishlab chiqdi. Erni muhofaza etish va ishlatish, chiqindilar bilan ishlash davlat nazorat bo’limi boshlig’I Maqsatullo Mardonovning aytishicha, ular ilgarilari muomilada bo’lgan qog’oz paketlar va matolardan foydalanishga qaytishni taklif etishadi.

"Bunday isdishlar uchun maxsus nazorat shart emas, ularni ayollar ham uy sharoitlarida tayorlashlari mumkin, bu qo’shimcha ish o’rinlari yaratilishiga ham xizmat qiladi. Atrofni plastik chiqindilarga to’ldirgandan bu yaxshi emasmi? To’g’ri, hozir mamlakatimizda plastik chiqindilarni qayta ishlash korxonalari ochilmoqda, ammo bu bilan masala hal bo’lmaydi, erlarimizda sochilgan ayrim plastik narsalarning chirish jarayoni 1000 yilgacha borishini, ozuqavor er qatlamiga qanchalar zarar etkazishi mumkinligi inobatga olinsa, muammoning qanchalar muhimligini tushunib etasiz",-deydi qo’mita ma’sul xodimi.

Yosh bolalar bozor, ko’cha, choyxona va ariqlarga tashlangan bo’sh plastik idishlarni yig’ib, tozalab, qayta ishlatish uchun mijozlarga sotishadi, nochor ro’zg’orlariga baholi qudrat ko’mak berishadi. O’n dona bakalashkani bolalardan bozorchilar bir somoniy, taxminan 0,12 dollarga sotib olishadi. Bolalar bir kunda yuztagacha bakalashka yuvib, oilaga 1-2 dollar miqdorida hissa qo’shishadi. U idishlar nimaga va qaerda, qanday ishlatiladi, hech kim nazorat qilmaydi.

Bundan bir necha yil muqaddam Tojikistonga Xitoydan plyonka ostida paxta etishtirish usuli keltirildi, necha ming gektarlab erlar 1-2 yil plyonka bilan qoplandi, lekin eplolishmadimi, foydasini ko’rmadilarmi, tashabbus ish bermadi, erlar polietilen plyonkalarga to’lib ketdi, ularni shamol uchirib yurganini hozir ham dalalarda ko’rish mumkin.

"O’sha vaqtda kim-qaysi amaldor biznes qildi shekilli, mansabidan foydalandimi, barcha paxtakorlarni hukumat orqali plyonka ostida chigit ekishga majbur qildi, ming tonnalab plyonka sotib olindi, foydasini bilmadik, ortiqcha mehnat, pul sarflaganimiz, erning ifloslangani qoldi",-deydi afsus bilan mahalliy dehqonlardan biri.

Hozir Tojikistonning Shetsariya bilan bilan tenglashtiriladigan Pomir, Turkiston, Hisor va Tyan-shan tog’lari etakalrida ham polietilen plyunka parchalarini uchratsih mumkin, ularni shamollar uchirib kelgan, hammasini terib, tozalaydigan kuchning o’zi yo’q.

Ziyolilarning aytishicha, odamlarning o’zi yashab turgan muhitga munosabatlarini o’zgartirmas ekanlar, ekologik ma’rifat bo’lmas ekan, tabiatni asrash kelajak avloga qolib ketaveradi.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG