Breaking News

Tramp va demokratlar bugun ham kelisha olmadi


Prezident Tramp: Devor uchun pul ajratiladimi?
Demokrat qonunchilar: Yo'q.
Prezident Tramp: Unda gap tamom. Hukumat ham ochilmaydi.

Bugun prezident Kongressga bordi lekin faqat respublikachilar bilan gaplashdi. Partiya hukumat nima uchun yopiq turganini tushunadi, deya bayon qildi Tramp. Keyin u Oq uyda demokrat liderlar bilan uchrashdi. Muloqot tafsilotlari tepada.

AQSh hukumati o’tmishda ko’p marta ishdan to’xtab qolgan – haftalab. Odatda bunga Oq uy va Kongress orasidagi ziddiyat sabab bo’ladi. Byudjet ma’qullanmaydi. Qarabsizki, bir millionga yaqin federal xizmatchi maoshsiz qoladi. Ularning yarmi ishga chiqolmaydi. Chiqqanlar esa haqqini o’z vaqtida ololmaydi. Mamlakat milliardlab dollar zarar ko’radi.

Federal idoralar yopiq turadi yoki cheklangan tarzda faoliyat yuritadi. Zarur qarorlar o’z vaqtida qilinmaydi. Bu qarorlarga qarab turgan xususiy sektorda ham ish sustlashadi. Bizneslar va tirikchilik orqaga ketadi.

“Yechim topmas ekanmiz, hukumat ochilmay turaveradi. Kimdir ko’nishi kerak, murosa qilishi kerak”, - deydi Tramp.

“Devorga javob yo’q. Umid qilmang unga. Devorga zarurat ham, xohish ham yo’q”, - deydi Pelosi.

Tramp esa bu ahvolda demokratlar bilan ishlay olmasligini aytmoqda.

“Yo devor yo to’siq. Mayli, beton emas, temir bo’lsin. Mana sizga murosa. Men davlat xavfsizligini o’ylayapman. Odam savdogarlari, qoradori savdogarlariga yo’lni yopmoqchiman. Nega yo’q deysiz? Boshqa yo’l yo’q. Chora ko’rishimiz kerak", - deydi Tramp.

Tramp: Devorsiz hukumat ishga tushmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:55 0:00

Demokratlar: Prezident Tramp - safsataboz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:33 0:00

Demokratlarning javobi: devorni tushingizda ko’rasiz.

“Devor qurish vijdondan emas. Eskicha fikrlash. Qimmat va samarasiz”, - deydi Pelosi.

3-yanvardan ishga tushgan yangi Kongressda byudjet ustida kelishish uchun harakatlar tinmaydi. Vakillar palatasida liberallar endi ko’pchilik, Senatda esa hamon respublikachilar. Har ikki palatada hamma bugungi vaziyatdan norozi. Amerika xalqi esa ulardan norozi.

Qonunchilarga nisbatan ishonch har doimgidan ham past. Oq uyga ishonch ham quyi darajada.

"Ishga chiqishni xohlaymiz. Maoshimizni olishni istaymiz. Yashash kerak axir”, - deydi Marilin ismli federal xizmatchi.

Yuzlab ming xizmatchilar noiloj ahvolda ekan, ayrimlari hukumatni sudga berishga qaror qilgan. Namoyishlar.

“Yig’ib qo’ygan pullarimiz ham qolmadi. Maoshga yashaydigan xalq nima qilsin?”- deydi Marilin.

Tramp fikricha, mehnatkashlar baribir yo’lini topadi.

“Tushunaman, odamlar qiynalmoqda. Lekin ishonamanki, ular meni quvvatlashadi, ular ham meni tushunishadi”, - deydi prezident.

Ommaviy so’rovlarda bugungi vaziyatda aksariyat amerikaliklar Trampni ayblaydi va ko’pchilik devorga qarshi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG