Breaking News

Muftiy Usmonxon Alimov AQShga nima dedi? Uzbekistan's Grand Mufti in Washington


Muftiy Usmonxon Alimov AQShga nima dedi? Uzbekistan's Grand Mufti in Washington
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:24:12 0:00

#ReligiousFreedom #Uzbekistan/ Uzbekistan's Grand Mufti Usmankhan Alimov speaks in Washington, May 21, 2019 Bugun Vashingtonda O'zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov so'zladi. U boshliq delegatsiya Vashingtonda Amerika rasmiylari va nohukumat doiralar bilan muloqotda.

#ReligiousFreedom #Uzbekistan (U.S. Institute of Peace)
Uzbekistan's Grand Mufti Usmankhan Alimov speaks at USIP, May 21, 2019

Bugun Vashingtonda O'zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov so'zladi. Kecha uni iftorga taklif qilgan AQSh TInchlik institutida bugun O'zbekiston delegatsiyasi bilan davra suhbati kechdi. Muftiy o'z nutqida e'tiborni diniy erkinlikni ta'minlash borasida qilinayotgan islohotlarga qaratdi. "Jaholatga jaholat emas, ma'rifat bilan javob berishimiz kerak", - degan gapi juda iliq qarshi olindi. Uni tinglagan ekspertlar, tahlilchi va faollar O'zbekistonni fuqaro jamiyatini rivojlantirishga, oshkoralik va adolat uchun sharoitni yaxshilab, e'tiqod bilan bog'liq savol va tanqidlarga befarq bo'lmaslikka chaqirdi. O'zbekiston rasmiylari deydiki, mamlakat bugungi yo'lidan orqaga qaytmaydi. Mufiy bilan kelgan deputat Akmal Saidovning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, O'zbekiston "alohida xavotirga molik davlatlar" qatorida bo'lishni va bunday ro'yxatlarga qayta tushishni aslo istamaydi. Respublika yaqingacha AQShning mana shunday tamg'asi ostidagi mamlakat edi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG