Breaking News

Afg’oniston O’zbekiston uchun nega muhim?


Afg'oniston-O'zbekiston: Hamkorlik kuchayishidan tomonlar birdek manfaatdor
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:40 0:00

Afg'oniston-O'zbekiston: Hamkorlik kuchayishidan ikki davlat birdek manfaatdor

O’zbekistonda Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari etib saylanganidan buyon qo’shni Afg’oniston bilan aloqalar ancha rivojlandi. O’zbekistonga ko’ra, Kobul bilan hamkorlikni oshirish - Toshkent tashqi siyosatidagi asosoiy vazifa. Ekspertlarga ko’ra, hamkorliklar yaxshilanishidan ikki davlat ham manfaatdor.

Afg'oniston-O'zbekiston: rishtalar mustahkamalanaverishi kerak
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:15 0:00

Afg’oniston-O’zbekiston o’rtasidagi “Do’stlik” ko’prigi 1980-yillarda ochilgan. Deyarli barcha borki-keldi shu ko’prik orqalidir. Afg’onistonning Balx viloyatini O’zbekistonning Surxondaryo viloyati bilan bog’lab turadi. 23-may kuni Surxondaryoda o’tgan O’zbekiston-Afg’oniston biznes forumi yakunida ayni shu ko’prik yaqinida chegaraoldi savdo zonasi tashkil etildi.

Termiz Davlat universitetidan tarix fanlari doktoranti Shuhrat Abdullayevning ta’kidlashicha, Afg’onistondagi vaziyatni yaxshilash uchun mintaqa davlatlari hartomonlama yordam ko’rsatishi zarur. Toshkent esa bu jarayonga yana-da faolroq qatnashishi kerak. Chunki, deydi tarixchi, Afg’oniston-O’zbekiston qadimiy mushtarak meros varislaridir.

“O’zbekiston-Afg’onistonning bugungi aloqalari, hamkorligi o’zining shaffofligi, samimiyligi va kelajakka katta umid qilishi bilan alohida ajralib turadi. O’zbekiston uchun ochiq dengizga chiqish yo’lidagi asosiy tranzit Afg’oniston hududidan o’tadi, bu hech kimga sir emas. Shuning uchun O’zbekiston bosh maqsadi Afg’onitonda tinchlik ta’minlanishi uchun o’zining ko’magini berishdir”,- deydi tarixchi Shuhrat Abdullayev.

So’nggi yillarda ikki davlat rasmiylari tez-tez uchrashib turadi, xalqaro anjumanlarda bir-birini tilga oladi. Hamkorliklar masalasida hozirgacha asosiy e’tibor savdo-tijoratga qaratilgan.

Mozori Sharif
Mozori Sharif

“O’zbekistonning ba’zi bir davlatlardan farqli siyosati shundaki, O’zbekiston Afg’onistondagi biror bir tor guruhning manfaatini o’zi uchun asos qilib olmagan. Afg’oniston masalasida asosiy e’tiborni afg’on xalqiga qaratishi, ularning istaklari o’rganib chiqilishi kerak. Uchinchi kuchlar unga xalaqit bermasligi zarur. Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishi bo’yicha nafaqat O’zbekiston balki, mintaqa davlatlari bunga befarq bo’lmasligi kerak”,- deydi Abdullayev

2018-yili Kobulda Beruniy hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan qo’shma ilmiy konferensiya o’tdi. Surxondaryoda Afg’oniston fuqarolari o’qitish uchun maxsus markaz ochildi.

“Ikkala davlat xalqni bir-biri bilan bog’lab turuvchi juda ko’p omillar bor. Masalan, dunyo bo’yicha birinchi marta Afg’onistonda O’zbek milliy madaniyat markazi ochilgan. O’zbekistondan tashqarida faqatgina Afg’onistonda o’zbek tili davlat tili hisoblanadi… So’nggi yillarda ilmiy anjumanlarda afg’onistonlik hamkasblarimizning ilmiy hamkorligidan xursandmiz”,- deydi Abdullayev.

Afg’onistonning Termizdagi bosh diplomati Sangin Iskandariyning ta’kidlashicha, aloqalar har doimgidan rivojlanib bormoqda.

“O’tgan ikki yilda katta loyihalar ustida ishlangan. Bu loyihalar iqtisod, tijorat, tranzitni o’z ichiga oladi. Biz, ikki davlat rahbarlari imzolagan bitimlarni amalga oshirish bilan shug’ullanayapmiz.”,- deydi Iskandariy.

O’zbekistonning Afg’onistonda ikki vakolatxonasi mavjud. Kobuldagi elchixona va Mozori Sharifdagi konsullik. Afg’oniston ham Toshkent va Termizda diplomatik idoralarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG