O’zbekistonning eng og’ir qamog’i, qiynoqlar va azob makoni, hatto “borsa kelmas zona” deya tanilgan Jasliq maxsus koloniyasi yopiladi. Prezident Mirziyoyev 2-avgust kuni shunday qarorga imzo chekdi. Mahalliy huquq himoyachilari va xalqaro tashkilotlar olqishlamoqda. Jasliqni yoping, deya undab kelgan “Human Rights Watch” tashkiloti nazarida prezident qarori olamshumul yangilik.
Prezident Jasliqdagi koloniyani tugatmoqda, deya ma’lum qildi Ichki ishlar vazirligi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, koloniyadagi mahbuslar boshqa zonalarga ko'chiriladi.
Ichki ishlar vazirligi buni "tarixiy qaror" deya ta'riflamoqda.
Huquq tashkilotlari va himoyachilar orasida ham shu singari e'tiroflar yangramoqda lekin ular boshqa bir omilga urg'u beradi: gap qamoqxonalar va hibsxonalarda qiynoq usullari umuman qo'llanmasligi zarurligida, toki biror zona yoki turma insonlarga noinsoniy tarzda muomala qilinuvchi, ularni azoblovchi maskanlarga aylanmasin.
3-avgust kuni vazirlik chiqarqan bayonotda jumladan shunday deyiladi:
“So’nggi yillarda mamlakatda sud-huquq sohasida keng ko’lamli institutsional islohotlar o’tkazildi, inson huquqlarini ta’minlash, qamoqqa olingan shaxslar va mahkumlarni diniy va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar huquqlariga rioya qilish, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish borasida xalqaro majburiyatlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, jinoyat-ijroiya amaliyoti tahlili va jamoatchilik bilan bevosita muloqot natijalari jazoni ijro etish tizimida saqlash sharoitlarini yanada gumanitar ko’rinishga keltirish orqali mahkumlarning huquqlari kafolatini oshirish hamda ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash zarurligini ko’rsatayotgan edi".
Jasliq qamoqxonasiga nazar
1/15Jasliq qamog'i. 29-sentabr, 2003-yil
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
2/15Jasliqda tushlik ovqat payti. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
4/15Mahbuslar tushlikka chiqmoqda. 2003-yil 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
5/15Mahbuslar oilalar bilan ko'rishmoqda. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
6/15Jasliqda tushlik ovqat payti. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
7/15Jasliqning oshxonasi. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
9/15Mahbuslar futbol o'ynamoqda. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
10/15Jasliq bandisi. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
11/15Jasliq. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
12/15Jasliqda tushlik ovqat payti. 2003-yil, 29-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
14/15Jasliq. 2003-yil, 27-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
15/15Kuzatuv minorasi. 2003-yil, 28-sentabr.
Jasliq qamog'ini borsa kelmas bir makon deb bilishadi. Siyosiy mahbuslar dashtdagi aynan shu turmada saqlanadi. Ushbu suratlar 2003-yilda xalqaro axborot vositalari tomonidan olingan.
Previous slide
Next slide
"Amerika Ovozi" yillar davomida Jasliqda o'tirib chiqqan siyosiy faollar va muxolifat vakillari bilan muloqot qilgan. So'nggi intervyumiz A'zam Turg'unov bilan bo'ldi. Sobiq siyosiy mahbus safdoshlari bilan hozirda yangi tashkilot ochib, qiynoqlar va adolatsizliklarga qarshi kurashmoqchi. Suhbatni quyida tomosha qiling.
Jasliqga ko'p marta mahbuslar holidan xabar olishga borgan, siyosiy faollar va muxolifatchilarning chiqishida jonbozlik ko'rsatgan "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov bilan O'zbekistondagi islohotlar va bugungi sinovlar haqida gaplashganmiz. Marhamat, ko'ring.
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.