Breaking News

O'zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 375 million dollar


Xalqaro Valyuta Fondining Vashingtondagi qarorgohi
Xalqaro Valyuta Fondining Vashingtondagi qarorgohi

Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) O'zbekistonga koronavirusga qarshi kurash uchun 375 million dollar ajratadi. Fond boshqaruv kengashi bu qarorni ma'qullagan.

XVF tahlilicha, koronavirus respublika iqtisodiyotiga chuqur salbiy ta'sir ko'rsatgani bois bunday yordamga muhtoj. Hukumat fond tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan moliyaviy siyosatni izchil amalga oshirsa, vaziyat izdan chiqmaydi, deya eslatmoqda kengash.

XFV taxminicha, O'zbekistonda iqtisodiy o'sish bu yili 1,5 foizni tashkil etadi. Daromad pasayib, xarajat oshib bormoqda.

Fondga ko'ra, hukumat sarfiyatda javobgarlik va oshkoralikni ta'minlashi zarur. Mablag' ko'zlangan maqsadda va samarali tarzda ishlatilishi lozim, deyiladi Vashingtonda e'lon qilingan bayonotda.

O'zbekiston hukumati makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik sari islohotlarni davom ettirishni va'da qilgan va fond bu borada texnik yordamn to'xtatmaydi.

“Narx-navo barqarorligi va valyuta bahosi yuzasidan qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi nihoyatda muhim", - deydi Taom Jang, XVF rasmiysi.

Uning aytishicha, davlat moliyaviy sektorni quvvatlashni davom ettirib, nazoratni boshashtirmasligi lozim.

“O'zbekiston strukturaviy islohotlarni davom ettirmoqchi. Respublika zamonaviy va ochiq bozoq iqtisodiyotini yo'lga qo'ymoqchi. Boshqaruvni takomillashtirish - ustuvor maqsadlardan biri. Davlat har bir so'mni ko'zlangan maqsad uchun sarflashga so'z bergan".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG