Breaking News

Kristin Lagard: O'zbekistonda iqtisodiy-moliyaviy islohotlar kuchayishi kerak


Toshkent, 17-may, 2019: Prezident Mirziyoyev va Xalqaro Valyuta Jamg'armasi rahbari Kristin Lagard
Toshkent, 17-may, 2019: Prezident Mirziyoyev va Xalqaro Valyuta Jamg'armasi rahbari Kristin Lagard

O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Toshkentda Xalqaro Valyuta Jamg'armasi ijrochi direktori Kristin Lagard bilan muloqot qildi. Vashingtonda asoslangan fond O'zbekiston bilan o'tgan ikki yil ichida hamkorlikni kengaytirib kelmoqda. E'tibor aynan qay masalalarda?

Lagard xonim Toshkentda so'zlagan nutqida bu savolga ko'p jihatdan javob berdi.

Xalqaro Valyuta Jamg'armasi rahbari bir haqiqatni tilga oldi: O'zbekistonda o'nlab yillar davomida ishsizlik avj oldi, mehnatga layoqatli aholi soni esa oshib bordi. O'zbekiston iqtisodiy-moliyaviy jihatdan izolyatsiyada yashadi, deydi Lagard.

Bugungi O'zbekiston, uning nazarida, o'z mehnat kuchini qadrlashni istaydi va unga imkoniyatlar yaratishga intilmoqda. Islohotlar global e'tiborda, deyd u.

"Fursatdan foydalanib qolish kerak, o'sish uchun nima qilmoq zarurligini bilasiz, biz yordam beramiz va faqat oldinga qadam tashlang", - dedi Lagard.

Toshkent, 17-may, 2019
Toshkent, 17-may, 2019

Fond O'zbekistonni uch omil ustida ishlashga undamoqda: salmoqli sarmoya jalb etish, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni saqlash va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytiraverish.

O'zbekistonda real o'sish bo'lsa, butun mintaqa bundan foyda ko'radi va mamlakat haqiqiy yetakchiga aylanadi, deydi Lagard. Shu bois ham, uning fikricha, O'zbekiston qo'rqmasdan olg'a yuraverishi lozim. Xalqaro hamjamiyat uni quvvatlaydi.

Hozirda O'zbekiston aholisining yarmi hali 30 ga kirmagan avlod. Har yili 600 ming yangi ishchi kuchi. Lekin ish o'rinlari qani? Ular juda oz, deydi Lagard.

Mehnatga layoqatli qatlamni o'qitish, kasb-hunarli qilish va malakasini oshirish ham islohotlarning ajralmas qismi bo'lib qolishi kerak, deydi fond rahbari.

Lagard respublika BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan ishlayotganini olqishlab, kelayotgan sarmoyani maqsadga muvofiq, oshkora va qonuniy ravishda sarflashga urg'u berdi.

Toshkent, 17-may, 2019
Toshkent, 17-may, 2019

Inflyatsiya, eng zarur mahsulotlarning baholarini nazorat qilish bobida ham, Lagard va uning fondi tahlilicha, O'zbekiston ancha ildam harakat qilmoqda. Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni saqlash har bir davlat uchun kundalik sinov ekan, O'zbekiston ham qiynalishi aniq. Lekin hozirgi yo'ldan qaytmaslik kerak, deya undaydi Largard.

Uning ta'biricha, bugungi islohotlar astalik bilan inflyatsiya darajasini tushirishi kerak. Aks holda, islohotlar samara berdi deya olmaysiz.

2018-yilda O'zbekistonda kredit miqdori ko'tarilgan. Xalqaro Valyuta Jamg'armasi bu borada respublikaga ko'maklashishda davom etadi, deydi Lagard.

Bank tizimi tub islohotlarga muhtoj. Xususiylashtirish - zamon talabi. Hozirda bu tizimdagi kapitalning 85 foizdan ortig'ini hukumat boshqaradi. O'zbekiston bank sistemasini yangilash uchun yangi, izchil strategiya zarur, deydi Lagard.

Korrupsiya zararini avvalo yoshlar his qiladi va bu baloga qarshi kurash ham ular qo'lida. Fond rahbari shuni ta'kidlar ekan, sistematik yulg'ichlik sarmoya yo'lidagi asosiy to'siq, deydi. Oshkoralik, mas'uliyatni oshirish, texnologiya va innovatsion loyihalar orqali korrupsiya ko'lamini pasaytirish mumkin. Bu borada tashlanayotgan qadamlar, Lagard qayd etishicha, yetarli emas.

Toshkent, 17-may, 2019
Toshkent, 17-may, 2019

Qo'shni davlatlar bilan savdo 50 foizga oshgani O'zbekiston uchun ulkan yutuq deya ko'rsatiladi.

O'tgan yili O'zbekistonga kelayotgan xorijliklar soni ikki barobar oshgan. Sayohat qilish uchun yangi imkoniyatlar, jumladan vizalar va ularni olish osonlashgani real samara berdi, deydi Lagard.

O'zbekiston avvalo qo'shnilari bilan bog'lanishi, mintaqaviy integratsiya tomon harakat qilib, bu jarayonga yetakchilik qilishi unga, butun Markaziy Osiyo va uning atrofidagi hududlarga foyda bo'ladi, deydi fond rahbari.

Xotin-qizlarga jiddiy ishchi kuchi deb qarash ham O'zbekiston yangicha o'ylayotganidan darak, deydi Lagard. Axir mamlakatda mehnatkashlar va mehnatga layoqatlilarning yarmidan ko'pi ayollar. Ularni turli sohalarga jalb etish, faqat sog'liqni saqlash yoki ta'lim bilan cheklanib qolmasligi uchun imkoniyatlar yarataverishi kerak, deydi Lagard. Uning fikricha, jinsiy tenglikni ta'minlashda ham O'zbekiston liderlik qilishi kerak.

O'zbekiston boy o'tmishi bilan faxrlanadi, deya eslatdi fond rahbari, lekin mamlakat uning buguni va ertasi buyuk bo'lishidan manfaatdor.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG