Breaking News

AQSh Bobomurod Abdullayev ishi yuzasidan chuqur xavotirda


AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum

AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum Qirg'izistonda jurnalist Bobomurod Abdullayev hibsga olingani yuzasidan chuqur xavotir bildirmoqda. Rozenblum bugun bu borada tvit qildi. Xalqaro tashkilotlar, xususan, inson huquqlari va matbuot erkinligi himoyachilari Qirg'izistonni Abdullayevni ozod qilishga chaqirmoqda.

Vashingtondan Davlat departamenti ham tvit orqali Toshkentdagi elchining chaqirig'iga qo'shilib, O'zbekiston va Qirg'izistonni Abdullayevning fundamental huquqlarini e'zozlashga undadi. Har ikki davlat erkinlik borasida xalqaro majburiyatlarini unutmasligi lozim, deyiladi tvitda.

Bishkekka ko'ra, Abdullayev Toshkent iltimosiga ko'ra hibsda. O'zbekiston Bosh prokuraturasi buni tasdiqlagan, lekin Abdullayev nimada gumon qilinmoqda, unga qanday ayblov qo'yiladi, O'zbekiston hukumati bu borada lom-mim demayapti.

Elchi Rozenblum deydiki, AQSh elchixonasi vaziyatni yaqindan kuzatmoqda.

"Qirg'iziston va O'zbekiston hukumatilari Abdullayevning erkin harakat qilish huquqini hurmat qilishi lozim. U Qirg'izistondan o'zi istagan tomonga keta olishi kerak", - deydi Rozenblum.

Amerika elchisi Toshkentga Prezident Shavkat Mirziyoyevning erkinlik haqidagi nutqlarini eslatmoqda.

"Prezident Mirziyoyev o'tgan dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan so'zlaganida va boshqa paytlarda ham matbuot erkinligi va jurnalistlarning huquqlari haqida chuqur mohiyatli so'zlar aytgan. AQSh bu bayonotlarni olqishlagan, chunki demokratik tuzum erkin va mustaqil matbuotsiz faoliyat yurita olmaydi".

Bu orada Bobomurod Abdullayevning onasi Gavharjon Madaminova Prezident Mirziyoyevga murojaat qilib, o'g'lini qo'yib yuborishni so'ramoqda. Ona deydiki, farzandi begunoh va Qora Mergan taxallusiga umuman aloqasi yo'q.

Bobomurod Abdullayev Bishkekda sudga olib ketilayotganida jurnalistlar bilan so'zlashganida hibs ortidagi sababni tushuntirgan edi. Uningcha, O'zbekiston uni Qora Mergan taxallusi bilan tuzumga qarshi ig'vo qilayotganlikda ayblamoqda.

"Men Qora Mergan emasman", deya Abdullayev iyul oyida ham "Facebook"da video post qilgan edi. Hozir ham shunday deyapti.

Qora Mergan Telegram kanalida yangi postlar chiqib turibdi. Muallifning yozishicha, u Bobomurod Abdullayev emas.

Bobomurod Abdullayevning onasi Prezident Mirziyoyevga murojaat qildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:56 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG