Breaking News

O'zbekiston: 1,3 milliard dollarlik to'g'ridan-to'g'ri sarmoya boshi berk ko'chada


"SkyPower Global" O'zbekistondagi masala yechimi Prezident Mirziyoyev qo'lida deb hisoblaydi

2018-yilning may oyida O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev AQSh poytaxtiga tashrif buyurganida bu mamlakat bizneslari bilan 4 milliard dollardan oshiq sarmoya borasida hujjatlar imzolangan. Mana shu bitimlardan eng kattasi Kanadada asoslangan, lekin aksiyalarining aksariyati amerikaliklarniki bo'lgan "SkyPower Global" energetik kompaniyasi bilan edi. Muqobil quvvat manbalari bilan ishlaydigan bu xalqaro shirkat Mirziyoyevning Amerikaga safari oldidan Toshkentda 1,3 milliard dollarlik to'g'ridan-to'g'ri sarmoya yuzasidan kelishib olgan edi. Katta shov-shuv va va'dalar bilan va tabiiyki, gulduros qarsaklar ostida boshlangan hamkorlik bugun qay ahvolda? Sarmoya kirayaptimi?

Loyihalar boshlanmay turibdi, deydi "SkyPower Global" rahbari Kerri Adler (Kerry Adler) "Amerika Ovozi" bilan muloqotda. Chunki O'zbekiston Moliya vazirligi kompaniyaga to'lov kafolati bermagan, vaholanki Prezident Mirziyoyev buni vazirlikka 2018-yilda buyurgan. Shartnomaga ko'ra, "Skypower Global" ishlab chiqargan tokning kilovatti uchun O'zbekEnergo 6 sent to'lashi kerak bo'ladi. Agar to'lovni amalga oshirolmasa, davlat buni qoplashi shart. Mana shunday kafolat berilmasa, "nafaqat biz balki hech kim O'zbekistonda biznes qilmaydi", deydi Adler.

Hukumat esa bu hujjat nima uchun berilmayotganini hozircha tushuntirmayapti. "Amerika Ovozi" Moliya vazirligi, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat qilib, masala yuzasidan pozitsiyalarini so'radi. Javob kutilmoqda.

Toshkentdagi ishonchli manbalarga ko'ra, muammo ortida bir necha omillar bor, lekin ikkitasi ahamiyatga molik. Birinchidan, "SkyPower Global" ishlab chiqargan tokning narxi qimmat va arzonroq mahsulot takliflari bor. Ikkinchidan, bu investor so'rayotgan kafolatlarni berish O'zbekiston qonunlariga zid. Unda prezidentning bu boradagi qaroriga nima bo'ladi? Toshkent balki "SkyPower Global" bilan yangidan muzokara qilar. AQSh va Kanada tomonlarni gaplashishga va kelishib olishga chaqirmoqda. Vashington O'zbekistonni har bir bitim va kelishuvga binoan qadam tashlashga undamoqda. "SkyPower Global" rahbari butun umidni Prezident Mirziyoyevga bog'lagan, chunki u O'zbekistonga davlat rahbarining taklifi bilan borgan va unga ishongani uchun ham sarmoya kiritishga bel bog'lagan.

Vashington, 19-fevral, 2020:

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: "SkyPower" 1,3 milliard dollar evaziga O'zbekistonda quyosh nuridan 1000 megavatt energiya ishlab chiqarish tizimini yaratishi kerak edi. O'zbekiston tarixidagi eng yirik sarmoya, to'g'ridan-to'g'ri investitsiya va birinchi energetik xarid kelishuvi sifatida qayd etilgan edi. Ikki yildan beri O'zbekiston bilan hamkorsiz, qalay kechayapti?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: 2017-yildan beri juda hayajonli davrni boshdan kechirdik. Xorijdan to'g'ridan-to'g'ri investor uchun ulkan saboq, desam bo'ladi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: O'zbekiston chet eldan sarmoya jalb etishga urinar ekan, sizning tajribangiz nihoyatda qiziq. Shu bois siz bilan bu borada gaplashishni xohladik. Shu kungacha bir necha million dollar sarfladingiz, shundaymi? Respublika bo'ylab quyoshdan quvvat olish sistemasini yo'lga qo'ymoqchisiz, shundaymi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Hukumat bilan bu borada kelishib olganmiz - toksiz qiynalayotgan ikki viloyat e'tiborimiz markazida. Samarqand va Navoiy. Birinchi loyiha Samarqand viloyatida, ikkinchisi esa Navoiyda bo'ladi. Lekin sizga kompaniyamizning O'zbekistondagi ishlari xususida kengroq ma'lumot bermoqchi edim.

Kanadada asoslanganmiz, lekin aksionerlarimizning aksariyati amerikaliklar. Shu bois biz Kanada va Amerika kompaniyasimiz. Aksiyalarimizning eng ko'pi dunyodagi eng yirik pensiya fondlaridan biri, Shimoliy Amerikadagi eng kattasi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Albatta, marhamat.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Kanadada asoslanganmiz, lekin aksionerlarimizning aksariyati amerikaliklar. Shu bois biz Kanada va Amerika kompaniyasimiz. Aksiyalarimizning eng ko'pi dunyodagi eng yirik pensiya fondlaridan biri, Shimoliy Amerikadagi eng kattasi.

2017-yilda BMTda Prezident Mirziyoyev kelganida rasmiy ziyofatga taklif qilindim. AQSh Tijorat vazirligi va xalqaro kompaniyalarning rahbarlari bir davraga to'plandi. Prezident mendan turishni so'radi va aytdiki, uning hukumati o'z izlanishlariga asoslanib, dunyo bo'ylab energetika ta'minotchilarini o'rganib chiqib, bizga ishonch bildirgan holda, bizning tajribamizga tayanib, O'zbekistonda quyosh energiyasi sanoatini rivojlantirishga qaror qildi. Men ziyofatga taklif qilinganim uchungina borgan edim.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Kutmagansiz...

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Hatto maqsad ham yo'q edi. O'zbekistonni bilmas edik.

Nafaqat sarmoya qiling, degan gapni eshitdik, Prezident Mirziyoyev shaxsan o'zi menga qarab, "ikki hafta ichida Toshkentga keling, taklif va shartnoma bilan, tushunarlimi?" dedi. Men ham ko'ndim.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Lekin O'zbekiston sizni bilardi, tekshirgan edi va siz bilan ishlashga ahd qilgan edi, shundaymi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Bizni taklif qilishgan edi xolos.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Va kutilmaganda "keling, biz bilan hamkorlik qiling, sarmoya kiriting" degan taklif bo'ldi, shunday yuqori darajada.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Nafaqat sarmoya qiling, degan gapni eshitdik, Prezident Mirziyoyev shaxsan o'zi menga qarab, "ikki hafta ichida Toshkentga keling, taklif va shartnoma bilan, tushunarlimi?" dedi. Men ham ko'ndim.

"SkyPower Global" rahbari Kerri Adler "Amerika Ovozi" mehmoni, Vashington, 19-fevral, 2020
"SkyPower Global" rahbari Kerri Adler "Amerika Ovozi" mehmoni, Vashington, 19-fevral, 2020

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Juda qiziq. Hajm haqida gap bo'ldimi? Raqamlar masalan?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Yo'q. Yirik kompaniyalar, biz qatori GE (General Electric), yuridik firmalar va boshqa bizneslar, 10-11 ta edik, O'zbekiston bilan yaqindan ishlashga taklif qilindik. Prezident Mirziyoyev bizni mamlakatga yordam berishga ko'ndira oldi, desam bo'ladi. Undan eshitganlarim menda kuchli taassurot qoldirdi. Men BMT doirasida dunyo rahbarlari bilan azaldan ishlab kelaman, aynan muqobil energetika bobida. BMTning oldingi Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan yaqin edim va hozirgi bosh kotibning o'rinbosari Amina Muhammad bilan hamkorlik kuchli. Lekin O'zbekiston rahbariga qarab lol qoldim, dangal murojaati yoqdi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Mirziyoyevni shunday tasvirlashadi.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Misli ko'rilmagan darajada ochiq gapirganiga qoyil qoldim. Davlat rahbari, zaldagi eng yuqori lavozimdagi shaxs, o'rnidan turib, bizga qarata dediki, "Shimoliy Amerika ahli, amerikaliklar, bu borada bizdan ustasiz. Biz sizdan o'rganishimiz kerak. Mamlakatimizga kelib ko'rsating, bu soha qad ko'tarishi uchun yordamlashing. Ishlab chiqarishni yo'lga qo'ying". Prezidentning bu gaplari yurakka o'tirdi. Lekin qanday qilib, deya hayron edim.

O'nlab yillar davomida yopiq turgan mamlakatga bizniki singari maqsad va rejalar bilan kirish evolyutsiya emas, revolyutsiyadek tuyuldi bizga.

Nima uchun aynan "SkyPower" tanlandi? Biz haqimizda qaydan bilishdi? Tanlov qanday kechdi? AQSh kompaniyamizni quvvatlab keladi, xuddi Kanada hukumati singari. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlaymiz. Balki shulardan bilishgandir, lekin menga bu juda qiziq edi, shaxsan. Mirziyoyevdek oliyjanob rahbar bizni alohida taklif qilayotgani qiziq edi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Va siz bu borada prezidentning o'zi bilan bafurja gaplasha oldingizmi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ha, gaplashdim, tarjimon orqali albatta. Prezidentning ko'ziga tik qarab aytdimki, "O'lkangizga kelaman. Lekin siz menga so'z bering, borsak, yirik sarmoya qilishga qaror qilsak, siz hozir aytayotgan islohotlar amalga oshadi, yuzlab odamlar oldida zimmangizga olayotgan majburiyatlar va berayotgan va'dalaringizni bajarasiz. BMT yillik yig'ini kechayotgan paytdagi ziyofat edi. Mirziyoyev menga qo'l berib, "ikki haftada Toshkentga boring", dedi. Men aytganidek ikki haftada 15 kishilik komandam bilan yetib bordim. Ungacha "Deloitte" biz uchun O'zbekistondagi imkoniyatlarni o'rganib chiqdi. Taklif va kelishuvlar ustida ishladik. O'zbekistonda nima qila olishimiz yuzasidan qaror qildik, nima zarur ekanini tushundik. Bir dunyo mablag' ketdi buning hammasiga va bordik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Ikki hafta ichida ulgurdingizmi shuncha narsaga?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Tasavvur qilolmaysiz qanchalik tez harakat qilganimizni.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: 2017-yilning kuzi...

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Shunday. Ikki kunda Toshkentdagi kelishuvni qog'ozga tushirdik, ya'ni dastlabki hujjatni imzoladik. Memorandum emas edi bu, jiddiy biznes reja. "SkyPower" 1,3 milliard dollarga teng sarmoya kiritadi, O'zbekistonda quvvat ishlab chiqaradi.

O'zbekistonga hali bu hajmda hech kim to'g'ridan to'g'ri sarmoya kiritmagan
O'zbekistonga hali bu hajmda hech kim to'g'ridan to'g'ri sarmoya kiritmagan

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Mamlakat uchun misli ko'rilmagan shakl va hajmdagi investitsiya.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ha, eng kattasi. Juda katta risk edi bizga. Lekin buni bir sabab bilan qildik. Men shu kungacha juda ko'p davlatlarning rahbarlarini ko'rdim. Anchasi bilan yaqinman, do'stman. Ular orasida Mirziyoyev singari o'z xohishini dangal va ishonch bilan tushuntira oladiganlar kam. Bu mamlakatga yordam kerak va buni ochiq tan olib, hamkorlikka chaqirish, taklif qilish. Biznes imkoniyat bor, islohotlarimiz orqali sharoit yaratamiz, deyish. Bizni ko'ndirdi. 18 yildan beri muqobil energiya sohasidaman. Lekin karyeramda hech qachon shunday qadam tashlamaganman. Mirziyoyev meni ko'ndirdi. Oliyjanobligi va xarizmasi bilan menga u Kennedilarni eslatdi. O'zini tutishi, muomalasi. Menga juda ma'qul bo'ldi.

"SkyPower Global" oshkora ishlaydi. Korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga qat'iy qarshimiz. Biz korrupsion ishlarga aslo bosh suqmaymiz. Hech qanday shartnoma uchun to'lamaymiz. Sovg'a-salom bermaymiz. Asossiz va'da ham bermaymiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Lekin bu ishonch, bu hurmat bois siz Mirziyoyevdan juda ko'p ishlar kutayapsiz, xuddi boshqa ko'plab taraflar singari. Siz u bilan tanishib gaplashganingizdan beri deyarli uch yil o'tibdi. Hozirda O'zbekiston hukumatidan qani islohotlar natijasi deya so'rashmoqda. Ularni esa ko'rsartish qiyin. Hukumat bosim ostida, nafaqat xalqaro hamjamiyat balki O'zbekiston xalqi tomonidan ham. Jamoatchilik bosimi O'zbekiston uchun ijobiy o'zgarish, lekin odamlarga ish kerak, tok kerak. Hozirgacha amalda nima qila oldingiz?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Hozirgacha 10 million dollar sarfladik. Loyiha uchun yer topdik. Qurilish boshlash uchun zarur choralarni ko'rdik. Global miqyosda tenderlar o'tkazdik. Nimaiki qilishimiz kerak bo'lsa, shug'ullandik. Shartnomani imzolashga oylar ketdi. Uchrashuvlarga borar edik, lekun oxirgi momentda ularni bekor qilishar edi, xususan vazir va bosh vazir o'rinbosarlari bilan ham. Kelishib qo'yib, imzolash uchun uzoq kutdik. Bir narsaga urg'u berib kelamiz: "SkyPower Global" oshkora ishlaydi. Korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga qat'iy qarshimiz. Biz korrupsion ishlarga aslo bosh suqmaymiz. Hech qanday shartnoma uchun to'lamaymiz. Sovg'a-salom bermaymiz. Asossiz va'da ham bermaymiz.

Lekin O'zbekistonda azaldan bunday qilinmagan, madaniyat boshqacha. Biz esa etikaga, Kanada, Amerika, Britaniya va xalqaro qonunlarga rioya qilishimiz shart. Biz kontraktlarni biznes muzokara orqali imzolaymiz, kelishuvlarimiz nimaningdir evaziga bo'lmaydi, hech qachon.

"SkyPower Global" oshkora ishlaydi. Korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga qat'iy qarshimiz. Biz korrupsion ishlarga aslo bosh suqmaymiz. Hech qanday shartnoma uchun to'lamaymiz. Sovg'a-salom bermaymiz. Asossiz va'da ham bermaymiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Siz shularni ochiq aytdingizmi O'zbekiston tomonga? Tushuntirganingizda, nima dedi u tomon? Qanday javob berishdi? Ular sekin harakat qilishdi va jarayon kutganimizdek kechmadi, deyapsiz.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: O'zbekistonga nisbatan munosabatim, umuman olganda, ijobiy. Go'zal yurt, tabiiy jihatdan boy. Birorta yomon odam uchratmadim. Har jihatdan ajoyib. Lekin eskicha usullar bilan ishlaydiganlar bor. Biznesda ham shunday yo'l tutishadi. Biz ular bilan ishlamaymiz va ishlashni ham xohlamaymiz. Birortasi oldimizga kelgani yo'q. Agar shunday bo'lganida darhol ochiqlagan bo'lar edik, "Transparency International" kabi tashkilotlarga chiqardik. Biz bunday hollarga ko'z yummaymiz, toqat ham qilmaymiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Demak, shu paytgacha hech kim biror manfaatdor tomondan kelib, egri hamkorlik taklif qilmadi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Aslo. Chunki biz boshidan qanday ishlashimizni O'zbekiston tomonga aniq tushuntirdik. 36 davlatda faoliyat yuritamiz. Qoida va tartibni boshidan tushuntiramiz. Biz bilan ishlashga ko'ndingizmi, demak, siz ham shu qoidalarni qabul qilasiz. Rivojlanayotgan davlatlarda korrupsiya asosiy yemiruvchi kuch. Ayrim davlatlarda vositachilik yoki tashkillashtirish uchun ham pul so'rashadi. Ayrim hollarda bu xizmatlar uchun haq to'lash mumkin, lekin qonuniy asos kerak. Amerikada bor, masalan. Lekin bu juda nozik va murakkab jarayon. Biz aytamizki, tok kerakmi, biz ishlab chiqaramiz va sizga sotamiz.

Biz O'zbekistonda quyoshdan energiya olish tizimini yaratamiz va olingan quvvatni shu davlatga taklif qilamiz. Bu borada kelishdik, prezident ma'qulladi, qaror chiqardi. Mahsulot narxi yuzasidan hukumat alohida tekshiruv olib bordi va o'sha paytdagi bozorga qarab, so'rayotganimiz asosli ekanini tasdiqlashdi. Hammasi hujjatlashtirilgan.

Prezident qaroriga ko'ra ish qilinishi kerak edi. Shartnoma joyida. O'zbekEnergo - milliy energetika kompaniyasi, shuningdek, Moliya vazirligi biz bilan ishlab, sarmoyamiz amalga oshirilishi uchun zamin yaratishi kerak. Prezident qarorida hammasi aniq aytilgan. To'lov kafolatisiz biz O'zbekistonda hech narsa qila olmaymiz. Chunki davlat unga nima uchun tayana olishimiz mumkinligini shunday hujjatlar bilan isbotlaydi. O'zbekistondek kredit reytingi past davlatda hech bir investor bunday kafolatsiz ishlamaydi.

Prezident qaroriga ko'ra ish qilinishi kerak edi. Shartnoma joyida. O'zbekEnergo - milliy energetika kompaniyasi, shuningdek, Moliya vazirligi biz bilan ishlab, sarmoyamiz amalga oshirilishi uchun zamin yaratishi kerak. Prezident qarorida hammasi aniq aytilgan. To'lov kafolatisiz biz O'zbekistonda hech narsa qila olmaymiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Albatta.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: O'zbekistonning reytingini aslida bizdek investorlar bilan hamkorlik belgilaydi. Asosiy savol: xo'sh, O'zbekiston kontraktlarga binoan harakat qilmoqdami?

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Xo'sh?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Lider kuchli bo'lishi mumkin va qarorlari qanchalik to'g'ri bo'lmasin, agar ular amalga oshirilmasa, nima ahamiyati bor?

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Sistematik islohotlar bo'layaptimi yo'qmi? Masala shunda, to'g'rimi? Aytayapsiz, Mirziyoyevni kuchli va ajoyib lider deya maqtayapsiz. U sizdek sarmoyadorlarni jalb eta oldi. Lekin siz endi uning boshqaruvidagi sistemaga qaramsiz. Bu sistema ishlamasa, siz ham ishlay olmaysiz. Biror ijobiy holatni ko'rdingizmi? Shundan boshlab, vaziyatni tushuntirib bering.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: AQSh elchisi va Kanada rasmiylari aralashgach progress bo'ldi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Kuchli yordamchilar.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ularsiz ish bitmas edi. Birinchidan, jarayon toza bo'lishi uchun. Ikkinchidan, bu shartnoma davlatlararo bo'lgani bois bu namoyandalar zarur edi. O'zbekiston tarixidagi ilk davlat va xususiy sektor hamkorligini aks ettiruvchi yirik kelishuv bu. AQShning o'sha paytdagi elchisi Spratlen bor edi. Undan beri elchi yangilandi. Hozirgisi ham ajoyib inson, yaqinda uchrashdim.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Daniel Rozenblum?

... kompaniyamiz uchun bu sarmoya ulkan risk. Nomimiz, kuchimiz, mablag'imizni tikayapmiz. Prezident Mirziyoyevga ishonch bildirayapmiz. Va uning maqsadi amalga oshishi uchun hissa qo'shamiz. Ezgu niyatlar ro'yobga chiqsin. Islohotlar to'xtab qolmasin. Biz ular jadallashishi uchun yordam beraylik.


Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ha, Danielga gap yo'q. Ular bilishi kerak, chunki shu bois ularni chaqirganmiz: kompaniyamiz uchun bu sarmoya ulkan risk. Nomimiz, kuchimiz, mablag'imizni tikayapmiz. Prezident Mirziyoyevga ishonch bildirayapmiz. Va uning maqsadi amalga oshishi uchun hissa qo'shamiz. Ezgu niyatlar ro'yobga chiqsin. Islohotlar to'xtab qolmasin. Biz ular jadallashishi uchun yordam beraylik.

Amalda ko'rdikki, Mirziyoyev chinakamiga islohotlar qilishga bel bog'lagan. Biroq undan pastda ishlar chatoq. Qo'rqinch hukmron. Odamlar noto'g'ri qadam tashlab qo'yishim mumkin deya qo'rqadi. Hech kim mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni xohlamaydi. Kichkina ishlarni ham qilishni xohlashmaydi... Bizga kerak bo'lgan to'lov kafolatini ham bera olishmayapti mana.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Qay vazirliklar bilan yaqindan ishlab kelayapsiz, aloqadasiz?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Moliya, Iqtisod, Investitsiyalar, Energetika... Lekin asosan Moliya vazirligi, chunki prezident ularni mas'ul deb tayinlagan. Prezident Mirziyoyev men bilan Nyu-Yorkda o'sha ziyofatda gaplashganida ham Bosh vazir o'rinbosari, Moliya vaziri Qo'chqorov siz bilan ishlaydi, degan.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Jamshid Qo'chqorov. [Hozirda bu vazifadan ketdi]

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ha, shu odam. Bizni juda ovora qilishdi, vaqtimizni sovurishdi. Bir necha marta uchrashuvlar belgiladik. Kutilmaganda, kel deb chaqirishadi, iltimos qilishadi. Boramiz, lekin ish bitmaydi, paysalga solishadi. Kelishuvni imzolash ko'p marta kechiktirildi. Toshkent gapida turmadi. Chaqirishsa, 15 kishilik komandam bilan boraman. Lekin borishimiz bilan, bu safar emas, deb yana kechiktirishadi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Sabablarini hech tushuntirishmadimi, so'ramadingizmi?

Biz O'zbekistonga bekorga bormadik axir. Amerika va Kanada hukumati bekorga aralashmadi. Hammamiz O'zbekiston rivojlansin, energetik muammolarni hal etish uchun sharoitni yaxshilaylik, deb bordik.


Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Qog'ozbozlik albatta bitta omil. Lekin nihoyat imzoladik va ishni boshlaymiz deb turganimizda, to'lov kafolatini kutishga to'g'ri keldi. Biz O'zbekistonga bekorga bormadik axir. Amerika va Kanada hukumati bekorga aralashmadi. Hammamiz O'zbekiston rivojlansin, energetik muammolarni hal etish uchun sharoitni yaxshilaylik, deb bordik. Turmush yaxshilansin, deymiz. Biz quyoshdan energiya olish bilangina cheklanmaymiz. "Deloitte" (maslahatchi kompaniya) bizga O'zbekistonda yashil sanoat potensialini o'rganib chiqib, u shakllansa, yalpi milliy daromad milliardlab dollarga o'sishi, 30 ming odamni ish bilan ta'minlashi, mutaxassislar yetishtirishi, ularni va boshqaruvchilarni Garvard, MIT Sloan singari nufuzli dargohlarda tayyorlash mumkinligini tahlil qilib bergan.

Prezident Mirziyoyev ham shuni istaydi. "Ta'lim beramiz... Xalqqa yordam beramiz", degan. Biz O'zbekistonda yangi bir sanoatga asos solayapmiz. Quyosh panellari Xitoydan keladi. Biz ularni O'zbekistonda yig'amiz. Biz hukumatdan hech narsa so'ramayapmiz. Mahsulotimizni sotib oladi, tamom.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Sizningcha, O'zbekiston tomon nima deyayotganingizni tushunadimi? Shartnoma nimadan iborat ekani, to'g'ridan-to'g'ri sarmoya nima, sarmoyador mas'uliyati, sarmoya kiritilayotgan tomon mas'uliyati. Iqtisodiy ta'siri va boshqa jihatlarni?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: "Deloitte" tahlilnomasi tarjima qilingan. Qo'chqorov va boshqalar ingliz tilida burro gapiradi. Albatta tushunishadi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Muammo nimada unda?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Tushunub turib, harakat qilmayotganida.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: O'zbekiston uchun sizning sohangiz har jihatdan juda yangi. Tizim yo'q hali bunday. Quyosh energiyasi potensiali haqida anchadan beri gapirib kelishadi, lekin amalda ko'p narsa qilinmagan. Infrastruktura yo'q bu sanoatga mos. Tajriba ham balki nolga teng.

Prezident Mirziyoyev bir narsani unutmasligi kerak: sizga ishondik, kirdik, endi yetakchilik qiling. Biz yirik biznesmiz va dunyo bilan mahkam bog'langanmiz.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: To'g'ri, biz birinchimiz, yaratmoqchimiz bu sohani. Shu bois ham Prezident Mirziyoyev bir narsani unutmasligi kerak: sizga ishondik, kirdik, endi yetakchilik qiling. Biz yirik biznesmiz va dunyo bilan mahkam bog'langanmiz. Davosdagi Jahon Savdo Forumimi yoki Xalqaro Moliya Korporatsiyasi... Hamma bilan aloqadamiz. Bir yarim yildan oshdi to'lov kafolati va'da qilinganiga. O'ndan oshiq xat yozdik. Hatto AQSh davlat kotibi bu masalani Prezident Mirziyoyev bilan muhokama qildi. Kelishganmiz. Kelishuv asosida ishlashimiz kerak endi. O'z so'zingizda turing. Ishonchni oqlang. Prezident ishonchimizni qozondi, unga quloq tutdik, taklif bilan chiqdik, qanchalik qiyin kechmasin, kelishdik. Lekin ish Moliya vazirligi iznida boshi berk ko'chada. Biz ulardan hech narsa ololmayapmiz. Sarsonmiz.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Vazirlikdan biror darak yo'q.

Har bir shartnoma himoyalangan. Kelishuvni chetga uloqtirsangiz, zarari bor. Chora ko'rsak hozir shartnoma 1,8 milliard dollarga tushadi. O'zbekiston Energetik Xartiyaga a'zo. Gaagaga borib, sudga shikoyat qilishimiz mumkin. Shartnoma shartlariga rioya qilinmayotganini isbotlash qiyin bo'lmaydi. Lekin biz O'zbekistondan qilmagan ishimiz uchun haq talab qilmaymiz. Biz janjallashishni xohlamaymiz. Prezident Mirziyoyevga 1200 betlik xat yo'lladim.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Umuman... Hech qanday javob yo'q. Qanchalik sabr qilmaylik, hurmat qilmaylik... Sarmoya qilaman deb turgan tomonga bunday munosabatda bo'lishlarini kutmagan edik. Har bir shartnoma himoyalangan. Kelishuvni chetga uloqtirsangiz, zarari bor. Chora ko'rsak hozir shartnoma 1,8 milliard dollarga tushadi. O'zbekiston Energetik Xartiyaga a'zo. Gaagaga borib, sudga shikoyat qilishimiz mumkin. Shartnoma shartlariga rioya qilinmayotganini isbotlash qiyin bo'lmaydi. Lekin biz O'zbekistondan qilmagan ishimiz uchun haq talab qilmaymiz. Biz janjallashishni xohlamaymiz. Prezident Mirziyoyevga 1200 betlik xat yo'lladim. Unda hozirgacha boshdan kechirganlarimizni birma-bir bayon qilganmiz. Bizni qancha ovora qilishgani, sarson qilishgani haqida yozdik.

Tegishli vazirliklar, idoralar o'z ishini qilmayapti. Nega? Nega kelishuvimizga kelishuvdek yondashishmayapti?

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Moliya vazirligidan tortib boshqalargacha, hech kim siz bilan aloqada emas?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Hech kim. Prezident nima dedi, bular nima qilayapti. Tushunish qiyin. Agar prezidentning aytganlari, taklif va qarorlari quruq gap bo'lsa, unda demak, hamma narsa safsata. Demak, buyuk maqsadlar asossiz. Hozirgi vaziyat prezidentning gaplarini yo'qqa chiqarmoqda. Kanadada uyimga kelgan bir ishchi O'zbekistondan ekanini aytib qoldi. Ajoyib yurtdan ekani haqida gaplashdik. Lekin uning fikricha ham Prezident Mirziyoyevga bog'langan umidlar meva bermayapti. Uning nazarida ham o'zgarishlar sust. Xalq prezidentga qanchalik ishonmasin, ergashmasin, uning boshqaruvidagi tizim ishni eplamayapti. Muammo shunda.

Mening xulosam shuki, muammo Mirziyoyevda emas. Unga hurmatim baland, ishonchim so'nmagan, lekin uning qo'li ostidagilar biz singari investorlar uchun sharoit yaratmayapti. Biz nima qilaylik? Haqiqatdan ham shartnomalarga amal qilmoqchi emasmisiz? Prezident qarorining kuchi yo'qmi? Kim bularga javob beradi? Biz hatto Ombudsmanga bordik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Biznes Ombudsman?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ha, u bizdan ma'lumot so'radi. Hammasini berdik, tushuntirdik, keyin undan ham darak yo'q. Bizni tomosha qilib turgan investorlar albatta tegishli xulosa qilmoqda. Agar O'zbekiston unga taklif qilingan eng yirik sarmoya loyihasi va kelishuviga shunday yondashsa, nima kutish mumkin bu tizimdan?

[AQShning] yangi elchisi Toshkentda hammaning oldida ochiq aytdi: O'zbekiston o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishi kerak. Imzolagan shartnomalari amalga oshishi uchun zarur sharoit yaratilishi kerak. Biz bilan kelishilgan narx albatta 2018-yildagi bozorga qarab belgilangan. Kimdir bizdan arzon mahsulot taklif qilsa, bizning shartnomani uloqtirib boshqasiga keta olmaysiz. Bitim bu bitim. Tashqi sarmoyasiz davlat rivojlana olmaydi. So'zingizda tursangiz, ishonch ortadi va katta-katta takliflar kela boshlaydi. Aks holda ishonch so'nib, shubha va gumon ortadi. Prezident Mirziyoyev Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligini nazorat qila oladimi? Yoki bu hammasi xo'jako'rsingami?

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bevosita ishlashga urindingizmi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Unga bor, bunga bor, deb rosa qiynashdi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bog'langanimiz, Moliya vazirligiga boring, deyishdi. Hech qanday natija yo'q.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Oxirgi marta qachon gaplashdingiz?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: 2019-yilning noyabridan shartnoma buzilayotgani yanada oydinlashdi. O'sha paytga kelib, to'lov kafolati bir yilga kechikdi, deb qayd etdik. Yerimiz bor. Tender aniq. Lekin kafolatsiz qo'llarimiz bog'langan. Kafolatsiz hech kim biz bilan ishlamaydi. Aksionerlarimiz ham uni talab qiladi, banklar ham. Hammaga shu hujjat kerak. Chunki biznesning asosiy sharti shu.

Bu qog'oz biznes uchun sug'urta. Hukumatlar o'zgarsa, siz bilan savdo qiladigan tomon mahsulot uchun to'lay olmay qolsa, pul davlat hisobidan olinadi. O'zbekistondek bu borada yangi bir sistema bilan ishlash nozik harakat.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Va O'zbekiston bilishi kerak buni.

Hamma asabiylashgan. Sarmoya qiladigan tomon uchun har bir jihati muhim. Qani "SkyPower Global" ga nima bo'ldi? O'zbekiston u bilan qanday ishladi? "GE" yoki "John Deere" shartnomalari... Hammasining amaliyotini tekshirishadi. Alday olmaysiz, quruq xayol emas bu ishlar.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Mana shundan hayronmiz. Kafolatni berish aslida qiyin emas, chunki o'zingizga ishonsangiz va aholiga tok yetkazib berilayotgan bo'lsa, talab qondirilsa, mablag' ham bo'ladi, shunday emasmi? Toshkentdan 40 minut nariga chiqsangiz, joylarda tok yo'q. Quvvatni tekinga bermaysiz, odamlar haqini to'laydi. Lekin hukumat buni tushunmayotgandek yoki boshqa bir sababi bor. Qizig'i, ular boshqalar bilan muzokaralar qilib, tender e'lon qilib yurishibdi. Energetika sohasida hamma bir-birini taniydi. Sir yo'q. Men O'zbekiston hamkorlik qilishga urinayotgan boshqalarni juda yaxshi bilaman. Do'stlarim. "Mubadala Petroleum" rahbari bilan bir davradamiz. ACWA yoki "Total Eren" - hammasini taniyman va gaplashaman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Va ular sizning kelishuvingiz taqdiridan xabardor.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Hamma asabiylashgan. Sarmoya qiladigan tomon uchun har bir jihati muhim. Qani "SkyPower Global" ga nima bo'ldi? O'zbekiston u bilan qanday ishladi? "GE" yoki "John Deere" shartnomalari... Hammasining amaliyotini tekshirishadi. Alday olmaysiz, quruq xayol emas bu ishlar.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Sizniki singari ahvolga tushgan bitimlar ko'pmi?

Xorijiy investor bo'lsangiz, menga o'xshab 1,3 milIiard dollarlik sarmoya loyihasi yuzasidan kelishib olib, keyin nima qilishni bilmay boshingiz qoyib o'tirgan bo'lsa, dunyo qanday xulosa qiladi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Prezidentning sarmoya borasidagi 100 dan ortiq qarori bajarilmagani haqida bilamiz. Aniq sonni aytolmayman. Qarorlar chiqqan, endi ishlash kerak. Biroq turli bahonalar bilan yo'l yopiq.

Xorijiy investor bo'lsangiz, menga o'xshab 1,3 milIiard dollarlik sarmoya loyihasi yuzasidan kelishib olib, keyin nima qilishni bilmay boshingiz qotib o'tirgan bo'lsa, dunyo qanday xulosa qiladi?

O'sha kuni prezident meni turg'izib, keling, deya qo'l uzatganida, O'zbekiston kartada qayerda ekanini bilmas edim, ochig'i. Chunki biz u yerda ishlamaganmiz, dunyoning bu hududlari bizga begona edi. Lekin o'rgandik, izlandik va bordik. Jiddiy qabul qildik. Lekin ular jiddiymi? Qozog'istonni bilar edim. O'zbekiston dengizdan qanchalik uzoq ekanini ham bilib oldim shunda.

Lekin Qozog'iston va O'zbekiston orasida farq katta. Ular raqobatda, bu aniq. Qozog'istonni ko'rganman. Ular boshqacha ishlaydi. Sarmoyadorlar bilan qanday muomala qilishni o'rganishgan. Energetika sohasida ancha oldinda. Xalqaro Moliya Korporatsiyasi O'zbekiston bilan ishlayapti va men tushunmayapman nima qilishayotganini... O'zbekiston Afrika emas. O'zbekistonga sarmoya kerak va G'arb sarmoyasi bilan ancha ildamlay oladi. Biznes shartlariga rioya qilsa, kelishuvlarga asosan qadam tashlasa bas.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Lekin tajriba yo'q ularda. Mana o'zingiz aytib turibsiz, bilishmaydi, deb. O'zbekiston hukumati biz oldin bunday loyihalarni amalga oshirmaganmiz, shartlar va jarayon bizga yangi, o'rganishimiz kerak, desa-chi? Siz kuzatgan qo'rqinchni ham yengish uchun jasorat kerak, vaqt kerak.

O'zbekiston Afrika emas. O'zbekistonga sarmoya kerak va Garb sarmoyasi bilan ancha ildamlay oladi. Biznes shartlariga rioya qilsa, kelishuvlarga asosan qadam tashlasa bas.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: O'zbekistonda potensial juda yuqori. Aqlli odamlar, qo'lidan ish keladigan. Lekin mana bizdek sarmoyachilar bilan ishlay olishmayapti. O'zbekiston xalqi mehnatkash. Bu hammayoqda seziladi. Lekin inflyatsiya 15 foiz. So'm qadrsizlanib bormoqda.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Korrupsiya - turmush tarzi. Hamon keng va chuqur.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Lekin prezidentga quloq tutsangiz, u kurashamiz, deyapti. Bosh vazirning bizning yo'limizga to'siq bo'lishga uringan bir o'rinbosari bor edi, [Xolmurodov], bir kunda g'oyib bo'ldi, ketdi ishdan.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Lekin baribir ishingiz bitmayapti-ku yo o'zgarish bo'ldimi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Nega ketdi, bilmaymiz, lekin to'g'ri, muammo hal bo'lmadi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Siz tasvirlab bergan manzara va mashaqqatlarni biz boshqalardan ham eshitib kelamiz. Mirziyoyev tepadan buyuradi, qarorlar chiqadi, islohotlar jadallashsin, deydi. Lekin sistema bunga qodir emas. O'zbekistonda odamlar buni har kuni his qiladi.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Muammo mana shu qo'rquv, nazarimda.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Qanday yengish mumkin buni? Sizni eshitib o'tirganlar hozir siz yuzlashayotgan muammolar real ekaniga ishonishi mumkin, lekin yechim qayerda? Odamlarni boshqacha ishlashga, boshqacha fikrlashga qanday o'rgatasiz? Balki yuqori va tegishli lavozimlardagi ikki kishi o'z ishini qilmayapti. Natijada 1,3 milliard dollarlik sarmoya qimirlamay turibdi. Biz hukumatdagilar bilan gaplashganimizda, xususan Moliya va boshqa vazirliklardagilar, u yerda ishlaydiganlar aytishadi, muammolar haqida. Amerikadan borib ishlab kelganlar bor. Ular ancha umidsizlanib qolgan. Vaziyatni yengillashtirish uchun nima qilmoq zarur, sizningcha?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Men ko'plab davlatlarning rahbarlariga maslahat berganman. Biznes, tenderlar, sarmoya, kelishuvlar amaliyoti bobida... Ish o'rinlari yaratishdan tortib, iqlim kelajagigacha, hammasi bizneslar bilan ishlay olishga borib taqaladi. Shunday ekan, chora ko'rishga hech qachon kech emas.

Prezident Mirziyoyevga biznes liderlardan iborat maslahat kengashi kerak. Men o'zim ko'ngilli ravishda kirgan bo'lar edim. Kompaniyalarning rahbarlari tavsiyalariga tayanib, ish ko'rilsa, zarar bo'lmaydi. Chunki tizimni oldingidek ishlashda davom etayotgan odamlar o'zgartira olmaydi. Yangilash uchun yangicha fikrlar, yangicha yondashuv, yangicha odamlar kerak.

"Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Maxsus bir kengash tuzishni taklif qilayapsizmi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Men o'zim Kanada, Birlashgan Arab Amirliklari, Afrika mamlakatlari va boshqa davlatlardagi biznes kengashlari a'zosiman. Muayyan muammolarga yechimlarni shu maslahatchilar yordamida topasiz. Mamlakatim to'g'ridan-to'g'ri sarmoya keladigan o'lkaga aylansin desangiz, yangicha qadam tashlash kerak. Bizneslar bilan ishlay olish kerak. Buning uchun bilim va uquv ham shu bizneslar orqali keladi. Shu bois ham sarmoyachilarni qiynamasdan, ular bilan til topishish kerak. Yomon odamlar yo'q, lekin noto'g'ri qadam tashlaydiganlar bor.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: AQSh Davlat kotibi Pompeo Toshkentga borib kelganidan keyin biror yangilik bo'lmadimi?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Hech qanday o'zgarish sezmadik. Shartnoma joyida. Biz 10 million dollarcha sarmoya kiritib bo'ldik. Idoramiz bor. Odamlar yolladik. Dubaydagi ofisimiz kengaydi. Loyihalar, sheriklar tayyor. Endi buyog'iga nima bo'ladi, o'ylanayapmiz. Ikki yo'l bor. Biri sudlashish, lekin biz bu yo'ldan borishni aslo xohlamaymiz. Yaxshiyam, mening boshqaruv kengashim bu borada meni tergamayapti, aksincha, sabr qilayapmiz.

O'zbekistonga mehrim baland. Biz O'zbekiston bilan ishlashni istaymiz va loyihamizni amalga oshirishga bel bog'laganmiz. Shartnomalar buzilmasa, ularga bosh egsak, mamlakat uchun ajoyib natijalar bo'lishini isbotlashni xohlaymiz. Biz birinchimiz va muvaffaqiyat qozonishni istaymiz. Bizga qarab, boshqalar keladi. Yaqinda tenderda 23 kompaniya qatnashibdi. Demak, umid so'nmagan. Lekin ishonchni oqlash kerak.

Ishonchni sotib ololmaysiz. Tepadagi odam menga ishon desa-yu, pastdagilar uning aytganiga qarshi ish tutsa, hech kim kelmaydi. Prezident Mirziyoyev, nazarimda, buni biladi. Men unga ishonganman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Prezident bilan 2018-yildan beri hech gaplashdingizmi?

Ishonchni sotib ololmaysiz. Tepadagi odam menga ishon desa-yu, pastdagilar uning aytganiga qarshi ish tutsa, hech kim kelmaydi.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Ikki bor yozdim.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Javob?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Javob olmadim. U bilan uchrashuv so'radim. Vazirliklarga bor deyishdi, rejaladik, lekin bekor qilishdi. Gapning po'skallasi - muammomiz yechimi Prezident Mirziyoyev qo'lida. Boshqalar vaziyatni o'zgartira olmaydi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Demak, ishning boshida ham, oxirida ham Mirzyoyev. Siz O'zbekistonni shunday ko'rasiz?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Afsus, shunday. Lekin bu boy o'lka, iqtidorli odamlar yashaydigan mamlakat.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Potential haqida qanchalik gapirilmasin, bong urilmasin, amalda bu aksini topishi qiyin bo'layapti. Mana sizning masalangiz yaqqol misol.

Gapning po'skallasi - muammomiz yechimi Prezident Mirziyoyev qo'lida. Boshqalar vaziyatni o'zgartira olmaydi.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Investorlarni taklif qildingiz, biz bordik va naqd 1,3 milliard dollar kiritishga ahd qildik. Tarixda bunaqasi bo'lmagan. Prezident shaxsan ishni boshlab, tizimga uzatdi, tizim esa uni eplolmayapti. Nega? Biz oshkora ishlashimiz uchunmi? Bizga qing'ir ishlar taklif qilishmadi, lekin nega shartnoma asosida harakat qilishmayapti, degan savol qiynaydi.

Biz birinchi kundanoq loyihamizni ochiq namoyish qildik. Hech kimni laqillatmadik. Kelishuvga erishdik, endi uni amalga oshirish kerak. Kelishuvdan chiqmang va ishlaylik. Qo'chqorov "Bloomberg" da o'zbek so'mi savdoga qo'yilganini faxr bilan e'lon qildi. Lekin so'mning qadri tushib ketdi. Bir dollar 9 mingga yaqinlashdi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: 10 mingga.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: 10 ming, dahshat. Inflyatsiya 15 foizda. Ishsizlik 10 foiz. Iqtisodiy yordam kerak. O'zbekiston biznes uchun ochiq deya prezidentning o'zi e'lon qildi. Eshitdik va bordik. Sarmoyachilarni o'zi shaxsan himoya qilishini aytdi. Qonunlar ustuvor bo'ladi, dedi. Oshkoralik tarafdorimiz, dedi.

Bu gaplar rost bo'lsa, demak, kelishuv asosida ishlang. Aks holda hammasi, gaplar ham, qarorlar ham, safsata. O'zbekistonga nega borishsin? "SkyPower Global" bilan kelishuvni amalga oshirish bilan ishonchli tomon ekaningizni ko'rsatasiz. Ana sizga imkoniyat. Dunyo kuzatmoqda. So'zingizda turing!

Bu gaplar rost bo'lsa, demak, kelishuv asosida ishlang. Aks holda hammasi, gaplar ham, qarorlar ham, safsata. O'zbekistonga nega borishsin?

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: So'zingizda turing, AQSh va Kanadadan Toshkentga chaqiriq. Biz O'zbekiston tomondan surishtiramiz, vaziyatni o'rganamiz. Suhbat uchun, ma'lumotlar uchun katta rahmat. 1000 mevatt energiya ishlab chiqaruvchi, quyoshdan quvvat oluvchi sanoatni shakllantirish rejasida qat'iysiz-a?

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Shubhasiz. 30 ming ish o'rni yaratishni ham xohlaymiz. Quyosh panellarini ham O'zbekistonda yig'ishni istaymiz. Bu borada O'zbekiston Markaziy Osiyoda yetakchilik qilishini istaymiz. "Made in Uzbekistan" degan yozuvli mahsulotlar chiqsin, deymiz. To'g'ri yo'l tutilsa, bularning hammasini qilish mumkin. Tomonlar so'zida tursin va ishlaylik.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Sizni tomosha qilishyapti, tinglashyapti, degan umiddamiz.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Men ham.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Katta rahmat.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Biror o'zgarish bo'lsa, aytaman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Albatta, tekshirib turamiz.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Aytganimdek, Prezident Mirziyoyevga ishonaman, uning niyati ezgu, gaplari samimiy. Shu bois unga bu borada eslatib, unga ishonib borganimiz, sarmoyamiz taqdiri uning qo'lida ekanini aytayapman.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi: Muloqot uchun tashakkur.

Kerri Adler, "SkyPower Global" rahbari: Sizga ham rahmat!

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG