Breaking News
Din

O'zbekistonda besh diniy muassasa ish boshladi


O'zbekistonda rasman 188 ta noislomiy diniy tashkilot ishlaydi

O'zbekistonda iyul-avgust oylarida besh diniy tashkilot ro'yxatdan o'tgan. Bu borada respublika Adliya vazirligi ma'lum qildi.

Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida noislomiy konfessiyalarga mansub besh muassasa endilikda qonunan faoliyatni yo'lga qo'ymoqda.

  1. Toshkent shahar “Agape” to‘liq injil xristianlari cherkovi
  2. Farg‘ona shahar “Novoapostol” cherkovi
  3. Samarqand shahar “Yettinchi kun xristian adventistlar cherkovi”
  4. Nukus shahar “Nadejda” to‘liq injil xristianlari cherkovi
  5. Olmaliq shahar “Sol zemli” yevangel-xristian cherkovi

Adliya vazirligiga ko'ra, O'zbekistonda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash, dinlararo, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish - ustuvor maqsadlardan biri.

"Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi", - deyiladi rasmiy bayonotda.

O'zbekistonda hozir 16 ta konfessiyaga oid 2286 ta diniy tashkilot ishlaydi. Vazirlikning tasdiqlashicha, ularning aksariyati, ya'ni 2098 tasi islomiy, 188 tasi noislomiy diniy tashkilotlar.

Xalqaro hamjamiyat, xususan Amerika hukumati va Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi O'zbekistonni diniy erkinlik borasida shaxdam qadamlar tashlashga undab, diniy faollar bilan muloqot qilishga, ularning dardini tinglab, arizalarini ko'rib chiqishga chaqirib keladi. Komissiya so'nggi hisobotida O'zbekistondagi vaziyatni oldingiga qaraganda ancha ijobiy deya baholagan va qator tavsiyalar bergan.

O'zbekiston rasmiylari bu tavsiyalarga jiddiy yondashayotganini ta'kidlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG