Breaking News

O'zbekistonda sobiq siyosiy mahbuslar oqlanishni istaydi


Prezident Mirziyoyev O'zbekistonning oldingi rahbari Islom Karimovni xotirlash kunida, 2-sentabr, 2020

O'tgan hafta Yevropa Ittifoqining Adolat, inson huquqlari va ichki masalalar bo'yicha quyi qo'mitasi O’zbekiston delagatsiyasi bilan video muloqotda respublikani bu yo'nalishlarda islohotlarni jadallashtirishga undagan. Ittifoq O'zbekistonni fuqaro jamiyati taraqqiyoti va qonun ustuvorligi yo'lida dadilroq harakat qilishga chaqirgan.

Blok nazarida, o'tgan yillardagi ayrim ijobiy o'zgarishlarga qaramasdan, O’zbekistonda nodavlat tashkilotlar faoliyatida to'siqlar mavjud, qiynoqlar to'xtamagan, jinsiy tengsizlik kuchli, shuningdek, sobiq siyosiy mahbuslarni oqlash bo'yicha harakatlar sust. O'zbekiston tomon esa barcha jabhalarda imkon qadar oldinga intilayotganini ta'kidlagan.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelganidan beri 50 nafardan oshiq siyosiy mahbus ozodlikka chiqarilgan. Xalqaro hamjamiyat buni olqishlab, ularning dardi tinglanadi, deya umid bildirgan. Bu insonlar qamoqdan oqlanib emas, afv bilan chiqqan. Ular o'zlarini nohaq qamalgan deb biladi. Sobiq siyosiy mahbuslar deydiki, ular soxta ayblovlar asosida panjara ortiga tashlangan, qiynoqqa solingan va yillar davomida azob chekkan.

O'zbekiston: sobiq siyosiy mahbuslar adolat kutmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:26 0:00

Ozod etilganida Prezident Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirib, uning ma'muriyatidan adolatli qadamlar kutgan bu insonlar orasida endilikda umid pasayib bormoqda. Amo adolat talabi so'nmaydi, deydi ular.

9-oktabr kuni Qashqadaryo viloyat sudi sobiq siyosiy mahbus Cho'yan Mamatqulov da'vosiga nisbatan hukm chiqarib, unga talab qilinganidek 500 million so'm emas, 60 million so'm tovon to'lashni buyurgan.

Olti yil umri Jasliq qamoqxonasida kechgan Mamatqulov bu tovonni 878 kuni uchun so'ragan va qolgan davr uchun alohida arz qilmoqchi. Shuningdek, u yuqoridagi hukmdan norozi va apellyatsiya tartibida murojaat qilmoqchi.

Islom Karimov prezidentligi davrida tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanib, 1999-yildan 2018-yilgacha qamoqda o'tirgan Yusuf Ro’zimurodov “Amerika Ovozi” bilan suhbatda bo'ldi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG