Breaking News

AQSh: Tolibon yutadi degan xulosa asossiz


AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin (chapdan) va Birlashgan shtab boshlig'i general Mark Milli, 6-may, 2021
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin (chapdan) va Birlashgan shtab boshlig'i general Mark Milli, 6-may, 2021

Pentagon, AQSh Mudofaa vazirligi nazarida Afg'oniston qurolli kuchlari Tolibon tahdidi va hujumlariga loyiq javob bera oladi. Ayni kunlarda davom etayotgan janglarda afg'on armiyasi ustun keladi, deydi rasmiylar va qo'mondonlar.

Afg'onistonning bir necha viloyatlarida jangarilar bilan to'qnashuvlar kuzatilmoqda. Tolibon qator tumanlarni bosib olgan. Bu orada Amerika qo'shinlari mamlakatni tark etmoqda.

"Bu voqealar va jarayonlar Tolibon ustin kelmoqda va endi markaziy hukumat qulab, hokimiyatga ular keladi, degani emas", - deydi Birlashgan shtab boshlig'i, AQShning birinchi raqamli harbiysi general Mark Milli.

"Afg'on xavfsizlik kuchlari kurasha olishiga o'zim shaxsan guvohman. Biz ularni quvvatlab kelayapmiz, ammo janglarda ular yetakchilik qilmoqda, biz yordam berayapmiz xolos", - deydi general.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Afg'onistonga ishonishini aytadi.

Tolibondan yangi, keskin shartlar Lashkar Gohda, masalan, Hilmand viloyatida Afg'oniston kuchlari jangari hujumlarga samarali javob berganini ko'rganman. Biz afg'on armiyasi Toibonni to'xtata oladi degan umiddamiz".

Biroq toliblar Qandahor viloyatida kuni kecha Dahla suv omborini egallagan, hududdan esa yuzlab oilalar qochib chiqqan.

Tolibon, shuningdek, Bog'lon viloyatidagi yirik tumanda ham o'z nazoratini o'rnatgan.

Hilmand viloyatidagi janglarda Afg'oniston armiyasi ustun kelgan, ammo AQSh havo kuchlariga tayangan.

"Biz bunday holatlar yuzaga kelishini bilganmiz", - deydi Ostin. "Shu bois biz resurslarimizni, qo'shinlarimizni, ittifoqchilarimizni to'g'ri yo'naltirishga e'tibor berayapmiz".

Pentagonga ko'ra, Tolibonning Afg'oniston armiyasiga kuniga o'rtacha 80-120 hujumi o'tgan yildagidan ko'p emas.

Afg'oniston Mudofaa vazirligining qayd etishicha, hozirda davlat qurolli kuchlari harbiy amaliyotlarni 100 foiz o'zlari rejalaydi, boshqarib nazorat qiladi va amalga oshiradi. Vazirlikka ko'ra, jang maydonida endilikda xorijiy qo'shin yo'q.

Biroq, ekspertlar xavotir bildirishicha, AQSh va NATO tarkibidagi jami 10 mingga yaqin chet ellik askarlarning chiqib ketayotgani mamlakatni yanada beqarorlashtiradi.

"Zo'ravonlik ko'lami oshishi mumkin, lekin Afg'oniston kuchlari xalqaro koalitsiya bajarib kelgan vazifalarni o'z zimmasiga ola boshlaydi", - deydi AQSh generali Mark Kimmitt.

"Biz afg'on harbiylarini treningdan o'tkazaveramiz. Ularni zarur vositalar bilan ta'minlayveramiz", - deydi general.

Pentagon hozirda Afg'oniston havo kuchlariga ko'makni oshirish harakatida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG