Breaking News

AQSh Iroqdagi harbiy missiyani ham tugatishi mumkin


Iroq bayrog'i

Dushanba kuni Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Vashingtonga tashrif buyuradi. Prezident Jo Bayden bilan uchrashuvda AQSh kuchlarini Iroqdan olib chiqish masalasida kelishuvga erishilishi kutilyapti.

Bu orada Iroqda zo’ravonlik va xudkushlik hujumlari davom etmoqda. Shu hafta Bag’dodda yuz bergan so’nggi xurujda kamida 34 odam halok bo’lgan. Bunday hujumlarning oldini olish va zo’ravonliklarni kamaytirish uchun AQSh yordami davom etadi.

“Ularning hukumati bizdan va koalitsiyadan harbiy kuchlarni tayyorgarlikdan o’tkazish, logistika, razvedka axboroti almashish va xavfsizlikka oid hamkorlikning boshqa sohalarida yordamni davom ettirishni so’rashyapti”, - dedi Oq uy so’zlovchisi Jen Psaki.

Iroq urushi tugashi ortidan 2011-yilda AQSh mamlakatdan askarlarini olib chiqqan edi. 2014-yil Iroq va Suriyada IShID jangarilari kuchaygach, Vashington kuchlarini ortga qaytardi.

Aprelda AQSh va Iroq Amerika askarlarining missiyasini sekin-asta trening va maslahatchilik roliga o’tkazish bo’yicha kelishuvga erishdi.

AQShning jangovar missiyasini butunlay tugatish bo’yicha kelishuv Iroq delegatsiyaning shu hafta AQShga bo’ladigan tashrifi davomida yakunlanishi kutilyapti.

“Ularning qancha muddat qolishi, qachon ketishi masalasi o’zaro kelishilgan vaqtga hamda askarlarning xavfsizligi va boshqa texnik masalalarga bog’liq”, - dedi Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn.

Xalqaro hayot - 23-iyul, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:12 0:00

Bag’dod o’z xavfsizligini o’zi ta’minlashga qodir ekanini da’vo qilsa-da, Eron himoyasidagi jangari guruhlar tez-tez AQSh va Iroq kuchlarini nishonga olib turadi.

Amerika askarlarining chiqib ketishini talab qilayotgan siyosiy guruhlar bosimi ham oshib bormoqda.

Ammo barqarorlik uchun AQShning harbiy yordami zarur, deydi ekspertlar.

Ayni paytda Iroqda 2500 AQSh askari bor. O’zaro kelishuvda ularning sonini kamaytirishga emas, balki rolini o’zgartirishga e’tibor qaratilishi kutilyapti.

Iroq parlamenti uchun oktabrga belgilangan saylovlar arafasida AQSh jangovar missiyasining tugatilishi haqida rasman e’lon qilinishi mamlakat Bosh vaziri Kozimiy uchun siyosiy g’alaba sifatida ko’rilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG