Breaking News

YXHT O'zbekistonda prezident saylovlarini qaz tarzda kuzatishi mumkin?


Shu yilning 30-aprelida O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demoktratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Matteo Makkachi bilan Toshkentda muloqot qilgan edi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT) O’zbekistonda yaqinlashayotgan prezident saylovlarini to’liq missiya bilan kuzatishi mumkin.

Bu haqda tashkilotning Demoktratik institutlar va inson huquqlari byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasining O’zbekiston bo’yicha dastlabki xulosalarida gap boradi.

Bu xulosalar Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlarining may oyida O’zbekistonga qilgan safari asosida tayyorlangan. Hisobotda YXHT tomonidan 24 oktabrga belgilangan saylovlarni qisqa va uzoq muddatli missiya ishtirokida kuzatish tavsiyasi berilgan.

Ta’kidlanishicha, ekspertlar bilan uchrashgan barcha suhbatdoshlar YXHT kuzatuvi muhim, deya e’tirof etgan. Davlat organlari vakillari esa saylovni shaffof o’tkazish ahamiyatini tan olib, saylov tizimini takomillashtiruvchi tavsiyalarni olqishlagan.

Mutaxassislar shunga asoslanib, saylovlarni kuzatish bo’yicha to’liq missiyani yo’lga qo’yish takifini olg'a surgan. Ularga ko'ra, YXHT a’zoga davlatdan 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi, shuningdek, bevosita saylov kunida ishlovchi 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchini safarbar etish lozim.

Delegatsiyaga Aleksey Gromov yetakchilik qilgan. Guruh Toshkentda Markaziy saylov komissiyasi, boshqa idoralar, siyosiy partiyalar, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz hamda fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashgan. Milliy markaz may oyidagi muloqotni saylov shaffofligi bo’yicha mavjud savollar muhokama qilinga uchrashuv deya ta'riflagan edi.

YXHT saylovlarni qanday tartibda kuzatishi muhim ahamiyatga ega. Odatda, bir qadar ochiq, raqobatli, demokratik tamoyillarga mos saylovlarni to’liq tarkib bilan kuzatish maqsadga muvofiq topiladi.

YXHT uzoq yillar O’zbekiston o’tgan saylovlarni cheklangan missiya bilan kuzatib keldi. Buning asosiy sababi saylovlarning nodemokratik va raqobatsiz ekanligi bilan izohlangan edi.

YXHT munosabati Islom Karimov o’limi ortidan o’zgarib, Shavkat Mirziyoyev g’alabasi bilan tugagan 2016- yilgi prezidentlik saylovi to’liq missiya bilan kuzatilgan edi. Ammo bu saylov ham saylovchiga tanlash imkoniyatini bermaydigan, adolatsiz jarayon sifatida qayd etilgan edi.

Bu yilgi saylovlarda siyosiy raqobat bo'lishi kutilmayapti. Besh siyosiy partiyadan nomzodlar chiqishi mumkin. Asosiy da'vogar esa prezidentnig o'zi bo'ladi degan ishonch kuchli.

Shu yilning 30-aprelida O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demoktratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Matteo Makkachi bilan Toshkentda muloqot qilgan edi
Shu yilning 30-aprelida O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Demoktratik institutlar va inson huquqlari byurosi direktori Matteo Makkachi bilan Toshkentda muloqot qilgan edi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning demokratik islohotlar o’tkazish, ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirish va’dasi xalqaro jamoatchilik tomonidan olqish va umid bilan qarshilangan.

Mirziyoyev hokimiyatga kelgach, O’zbekistonning xalqaro organlar, xususan inson huquqlari ustuvor bo’lgan tashkilotlar bilan ziddiyatli bo’lgan aloqalari qayta ko’rib chiqildi, jumladan YXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi bilan ham. Joriy yilning bahorida byuro direktori Matteo Makkachi Toshkentda bo’lgan edi.

Mirziyoyev bilan uchrashgan Makkachi aynan saylovlarni kuzatish masalasini muhokama qilgan. U Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis va Inson huquqlari bo’yicha milliy markazda ham muzokaralar o’tkazgan, shuningdek, fuqarolik jamiyati faollari bilan muloqot qilgan.

O’zbekiston parlamentida o'ringa ega partiyalardan birortasi iqtidordagi hukumatga nisbatan muxolif emas va muqobilikka ham da’vogarlik qilmaydi. Hammasi Prezident Mirziyoyev siyosatini quvvatlaydi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG