Breaking News

Muxolifat: O’zbekistonda avtoritarizm, korrupsiya cho’qqiga chiqmoqda


24-oktabrda o'tgan saylovda Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka qayta saylandi

2021-yilning eng muhim voqeasi yangi hokimiyat islohotlarini sinovdan o’tkazgan prezidentlik saylovlari bo’ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va iqtidordagi hukumat bu sinovdan qanday o’tgani jamoatchilikka ayon. Raqobatsiz kurashda Mirziyoyev 80 foizdan oshiq ovoz bilan “ishonchli” g’alaba qozonishi nafaqat xalqaro jamoatchilikka, balki mamlakat xalqiga ham shior, va’dalar va real hayot boshqa-boshqa ekanligi haqida ishoralar berdi. “Amerika Ovozi” 2021-yilda O’zbekistonda siyosiy partiyasini ro'yxatdan o'tkaza olmagan Xidirnazar Olloqulov bilan suhbatlashdi.

2021: O'zbekistonda va'dalar va real hayot orasidagi farq oydinlashdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:05 0:00


2021-yilda O’zbekiston iqtisodida jiddiy ijobiy signal kuzatilmadi, aksincha hukumat O’zbekiston arzon ich kuchi yetkazib beruvchi davlatga aylanganini tan ola boshladi. 2021-yilning to'qqiz oyi davomida 3 miliondan oshiq o’zbekistonlik ishlash uchun Rossiyaga borgan. Bu insonlar ortida ularning oilalari turgani hisobga olinsa, kamida 10 million aholining tirikchiligi haqida gap ketmoqda.

Bunday vaziyatda iqtidordagi hukumat shu qatlam manfaatini himoya qilishi tabiiy. Tashqi mehnat migratsiyasini rag’batlantirish hukumat siyosatiga aylangan. Ammo tanqidchilar nazarida tashqi migratsiyaga asoslangan iqtisodiy siyosat jiddiy tahdid uyg'otadi.

2021-yil Afg’onistonda Tolibon qudratga qaytdi. Bu esa O’zbekiston tashqi siyosatida muhim o’rin tutib, Toshkent toliblarning muvaqqat hukumatini olqishladi. O'zbekiston Afg’onistondan qochqinlarni qabul qilishni rad etdi, hatto shimoldagi o’zbek ziyolilari va yetakchilari uchun ham O’zbekiston boshpana bermadi.

Toliblarni qo’llab quvvatlashda davom etayotgan Toshkent jangari guruh O’zbekiston hukumati orzusidagi transafg’on koridorini qurishga ruxsat berishini, kafolatlashini kutmoqda.

Mirziyoyev ikkinchi muddatni boshlagach, Rossiyaga safar qildi, qator shartnomalar imzolandi. Federatsiya bilan biznes hamkorlik yuqori o'rinda turishi ta'kidlandi.

Muxolifat O’zbekistondagi vaziyatni anarxiya sharoitidagi avtoritarizm sifatida ta’riflaydi. O'tgan davrda ijtimoiy hayotdagi nisbiy o'zgarishlar sabab uyg'ongan umidlar 2021-yilga kelib so'na boshladi, deydi tanqidchilar.

Zimdan va ochiq bosimlar avj olgan. Bu tahdiddan nafaqat huquq himoyachilari, blogerlar, jurnalistlar, muxolifatchilar, balki tanqidiy chiqishlari bilan tanilgan mahalliy deputatlar ham xoli emas, deydi muhitdan norozi taraflar.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG