Breaking News

Oq uy: Infrastukturada faqat AQSh po'lati ishlatilsin


Manhetten ko'prigi, Nyu-York, 6-aprel, 2021

Bayden ma'muriyati 1 trillion dollarlik infrastruktura loyihasini olg'a surar ekan, unda Amerikaning qurilish mollari ishlatilishini ta'minlashga bel bog'lagan.

Ko'prik, magistral, quvur yoki aloqa tizimi, ularni bunyod etishga aynan qanday tovarlar qo'llanishi bo'yicha yo'riqnoma chiqarildi.

Agar bu mahsulotlar Amerikada yetishmayotgan bo'lsa, istisnoga ruxsat beriladi. Lekin buning uchun talablar ancha keskin, deydi mutaxassislar.

"Ishlab chiqarish kengayishi kutilmoqda, chunki talab oshadi", - deydi Selest Dreyk, Oq uy rasmiysi.

Prezident Jo Bayden fikricha, Xitoydan kamroq qurilish mollari olinishi kerak.

Kongressdan koronavirusga qarshi 2 trillion dollarga yaqin iqtisodiy paket ma'qullashni so'rayotgan prezident infrastruktura loyihasi vaziyatni yaxshilaydi, degan umidda.

Shimoliy Karolina shtatida so'zlar ekan, Bayden Amerika asosan o'z mahsulotlariga tayanishi lozim, dedi.

Memfis shahrida ta'mirga muhtoj ko'prik
Memfis shahrida ta'mirga muhtoj ko'prik

Hukumat har yili qariyb 700 millliard dollar xarajat qilsa, unda birinchi navbatda mahalliy tovarlar olinishi talab qilinadi. Biroq 1930-yillardan beri import uchun ham yo'l beradigan qonunlar bor.

Bu yil davlat qurilish uchun 350 milliard dollar sarflashi kutilmoqda. Yangi talablar asosida hozir mutasaddilar ishlab chiqaruvchilar salohiyatini tahlil qilmoqda.

Shu yilning 14-mayidan binoan infrastruktura uchun xarid qilinadigan temir, po'lat va boshqa qurilish mollari aynan Amerikaning o'zidan bo'lishi shart.

Uch holatda istisnoga ruxsat beradi: Birinchisi, agar mahsulot jamoatchilik hayotiga tahdid soladigan yoki biror jihatdan zarar keltiradigan bo'lsa. Ikkinchisi, mahalliy bozorda bu mahsulot yetishmayotgan bo'lsa. Uchinchisi, agar mahalliy mahsulot narxi qimmatligi bilan loyiha xarajatini 25 foizga oshirsa.

Amerikada ishlab chiqarishda mehnat qilayotganlar soni tobora kamayib bormoqda. 1979-yildan beri bu sohada ishlaydiganlar deyarli 7 millionga kamaygan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG