Breaking News

Tojikistonda jurnalistlar qamoqda, so'z va matbuot erkinligi yanayam cheklangan


"YouTube" kanalida 150 ming nafarga yaqin obunachiga ega, materiallari 100 mingdan 1 million martagacha tomosha qilinadigan, faoliyatining ikkinchi yilida auditoriyasi 25 milliondan oshgan Daler Imomali hibsga olinganligi jamoatchilikda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Xalqaro va mahalliy tashkilotlar Tojikiston hukumatidan hibsga olingan jurnalistlarning ozod etilishini talab qilmoqda. Parijda asoslangan "Chegara bilmas muxbirlar" va Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi nazarida hukumatni tanqid qilgan jurnalistlarga soxta ayblovlar qo‘yilgan. Bu tashkilotlarga ko‘ra, mamlakatdagi muammolarni va kamchiliklarni ko‘rsatgan matbuot xodimlari qattiq repressiya bilan yuzlashmoqda.

"Chegara bilmas muxbirlar” nigohida Tojikistonda iyun-iyul oylarida hibsga olingan tort jurnalist aslida o'z kasbiy vazifasini bajargan mutaxassislar.

Ommaviy axborot vositalariga nisbatan senzura va tuhmatning kuchayishi natijasida jurnalistlar tergov ostida va qamoqda. Tojikiston rahbariyati hukumatni tanqid qilgan jurnalistlarning ovozini ochirish uchun yolgon ayblovlardan foydalanishni bas qilib, hibsdagilarni ozod qilishi kerak”, – deydi Chegara bilmas muxbirlar”ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boyicha rahbari Janna Kavaliyer.

O'tgan oylar mobaynida Tojikistonda qariyb 10 jurnalist bevosita bosimga olingan.

"YouTube" kanali bilan jamoatchilikka tanilgan jurnalist va bloger Daler Imomali 4-iyun kuni poytaxt Dushanbedagi prokuratura idoralaridan birida besh soat noqonuniy soroq qilingan. Uning kanalidagi ikki video material ochirtirilgan. Mamlakatdagi qator jamoat tashkilotlari, OAV va faollar bu holatdan norozi ekanini "Facebook" da bayon qilgan edi.

Ozodlik” radiosi muxbiri Mullorajab Yusufzodaning kaltaklanishi, ushbu OAVning boshqa jurnalistlari – Barot Yusufiy va Anushervon Orifov, Nasim Isamovlarning kasbiy faoliyatiga tosqinlik qilinib, telefon va video kameralari tortib olinishi (2022-yil 17-may), Asia-Plus” muxbiri Ramziya Mirzobekovaning (2022-yil 19-may) ish kompyuteri musodara qilinishi, mustaqil jurnalist va bloger Daler Imomalining turli davlat organlari xodimlari tomonidan kaltaklanishi va tahdid qilinib, tazyiq va bosim ostida bir necha materiallarini ochirtirilishini (4-iyun, 2022-yil) qoralaydi",–deyiladi 6-iyun kuni chiqqan qoshma bayonotda.

Unda "jurnalistlarga bosim otkazish va kasbiy faoliyatga tosqinlik qilish toxtatilishi, davlat organlari qonunlarga rioya qilishi, jurnalistlar huquqlarini poymol qilganlar, jumladan Mullorajab Yusufzoda va Daler Imomalining kaltaklaganlar aniqlanib, javobgarlikka tortilishi kerak", - deya chaqirilgan.

Biroq hukumat bu bayonotga e'tibor qaratmadi. 15-iyun kuni Daler Imomali va yana bir jurnalist Abdullo Gurbatiy Dushanbe shahar Shohmansur tumanida hibsga olindi.

Hibsdagi jurnalistlar va faollar: chapdan, Abdusattor Pirmuhamadzoda, Zavqibek Saidamini, Daler Imomali va Abdullo Ghurbati (CPJ)
Hibsdagi jurnalistlar va faollar: chapdan, Abdusattor Pirmuhamadzoda, Zavqibek Saidamini, Daler Imomali va Abdullo Ghurbati (CPJ)

Jurnalist Rajab Mirzo Dushanbe hokimi, Milliy Majlis raisi, Tojikiston prezidentining tongich ogli Rustam Emomali nomiga ochiq xat yollagan.

"Hokimiyatning bunday pozitsiyasi, ularning dalil-isbotlari yoqligidan kelib chiqayotganiga ishonchimiz komil. Bu Tojikiston davlati va hukumati, ayniqsa siz ijobiy imidj yaratishga urinayotgan Dushanbe shahri obrosini pasaytiradi",–deyiladi maktubda.

Rajab Mirzo fikricha, bu ishlarning ortida jurnalistlarning tanqidlariga uchragan mansabdor shaxslar turibdi va ular qasos olish maqsadida soxta ayblovlar uyushtirgan. Bu shaxslar, deydi faol, oz obrova manfaatini davlatdan ustun qoymoqda.

"YouTube" kanalida 150 ming nafarga yaqin obunachiga ega, materiallari 100 mingdan 1 million martagacha tomosha qilinadigan, faoliyatining ikkinchi yilida auditoriyasi 25 milliondan oshgan Daler Imomali hibsga olinganligi ijtimoiy tarmoqlarda keskin qarshilik va qizgin muhokamalarga sabab bolmoqda.

8-9-iyul kunlari yana ikki mustaqil jurnalist Zavqibek Saidaminiy va Abdusattor Pirmuhammadzoda Vahdat shahri militsiyasi tomonidan hibsga olinishi ham matbuot xodimlari orasida hadik va norozilikni orttirgan.

Tahlilchilar Tojikiston mediasi va fuqarolik jamiyati oldin ancha dadil va faol bo'lgani, ayniqsa saylovlar oldidan tanqidiy materiallar ko'p chiqqanini qayd etadi. Hozirda esa jurnalist va blogerlarni eksremizmda ayblash osonlashgan.

"Hokimiyat yoki huquq-tartibot idoralari xodimi bloger yoki davriy matbuot vakiliga qaysi mavzuda gaplashish, qaysi mavzuda yozish yoki yozmaslik shartini qoysa, bu biznes manfaatiga togri kelmaydi. Jurnalist dasturida jinoiy harakat bolsa, qonun chiqaruvchi buni tartibga solib, huquqiy baho beradi. Davlat xizmatchisini tanqid qilish yoki xalq dardiga etibor qaratish yoki kamchilikni, xalq hayotini yaxshilash uchun tuzatish har qanday davlat xizmatchisiga noqulaylik tugdirsa, bu juda tashvishlaranli hol",–deydi huquqshunos Shokirjon Hakimov.

Hakimov fikricha, jurnalistlar jamiyatdagi kamchiliklarni ochiq-oydin yoritar ekan, bazi davlat xizmatchilari muammolarni bartaraf etish orniga jurnalistlarni jazolashga bel bo'glamoqda.

Ekstremist yoki terrorist deb topilib, faoliyati taqiqlangan "24 guruhi", Islom uygonish partiyasi kabi tashkilotlarning masullari ham hozirda jurnalistlar bilan ishlamayotganini ta'kidlaydi.

Ozodlik” radiosining tojik xizmati "Sizningcha, nima uchun jurnalist va bloggerlar hibsga olinmoqda?"–degan savol bilan otkazgan ommaviy so‘rovnomada 3700 kishi qatnashgan. Ularning 78 foizi jurnalistlar qorqishadi, deb javob qilgan.

Hibsdagi jurnalistlar ekstremistik yoki terroristik tashkilotlarga azolik yoki shunday tashkilotlar bilan hamkorlikda ayblanmoqda. Bu esa uzoq muddatli qamoq jazosi so'ralishi mumkinligidan dalolat.

"Chegara bilmas muxbirlar" tahlilicha, jurnalistlar odatda mayda ayblovlar bilan hibsga olinadi. Keyin esa ularga jiddiy ayblovlar qoyila boshlaydi.

Tojikiston Mustaqil ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi Nuriddin Qarshiboyev jurnalistlarning hibsga olinishini hokimiyatning jamoatchilik fikrini nazorat qilishga urinishi" deb biladi. Uning fikricha, davlat organlari oz amallarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bilan izohlashadi.

"Bu say-harakatlar xalqaro hamjamiyatda aks natijalar bermoqda. Rasmiylar oz ishini qilyapti, lekin buni qonun doirasida qilishi kerak. Kimdir hibsga olinsa, uning sabablarini ommaga ochiqlash, korsatish kerak. Afsuski, Tojikiston huquq-tartibot idoralari harakatlarida bu holat kuzatilmaydi va bu hibsga olinishlar haqida malumot olishga urinishlar ham muvaffaqiyatsiz bolmoqda”,–deydi Qarshiboyev.

Mutasaddilar, deydi u, oz qilmishlarining oqibatlarini anglamaydi. Jurnalistlarni jazolashga urinayotganlar davlatga zarar yetkazmoqda, deydi Qarshiboyev.

Xususan, xalqaro moliya tashkilotlari inson huquqlariga nisbatan bunday hurmatsizlikni korsa, sarmoya kiritishdan bosh tortishi mumkin”,–deya qoshadi u.

Tahlilchi Abdumalik Qodirov esa yuqoridagilar mamlakatni tanqidchilardan tozalashga qaror qilgan, deydi.

"Davlat organlarining Daler Imomali va Abdulloh Gurbatiy bilan mojarolari bunday tus olishiga ishonmagan edim. Bu ishlar boshqalarni chochitib qoyish maqsadida qilingani bir masala, ammo agar katta amaliyotning boshlanishi bolsa, oqibatlari mamlakat uchun ham juda xatarli bolishi mumkin",–deydi Qodirov.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG