Breaking News

Xalqaro hamjamiyat Afg'onistonga gumanitar yordam berish yo'llarini izlamoqda


Afg’onistonda gumanitar ahvol og’irlashar va bolalar azob chekar ekan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatdan zudlik bilan chora ko’rishni so’radi.

Xalqaro hayot – 18-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:33 0:00

"Tolibonning nojo’ya harakatlari uchun afg’on xalqi jabr ko’rishi to’g’ri emas. Oddiy odamlar hech qanday sharoitda ochlikdan o’lmasligi kerak”, - dedi u.

Yevropa Ittifoqi favqulodda virtual xalqaro anjuman chog’ida Afg’oniston va unga qo’shni davlatlarga 1 milliard dollardan oshiq pulga teng gumanitar yordam berishga ahd qildi. Qo’shma Shtatlar bungacha salkam 64 million dollar ajratishga qaror qilgan.

"Afg’onistonda fuqarolar huquqlari ta’minlanmas, e’zozlanmas ekan, Tolibon yoki Afg’onistonning kelajakdagi hukumatiga moliyaviy yordam bera olmaymiz”, - dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays.

Tolibon hukumatida axborot va madaniyat vazirining o’rinbosari Zabihulla Mujohid AQSh va boshqa davlatlarni Afg’onistonning xorijda muzlatilgan pullarini qaytarishga chaqirdi.

“Afg’oniston pullarini muzlatish afg’on xalqiga nisbatan adolatsizlikdir. Amerikaliklar bilan hozir muzokaradamiz. Boshqa mamlakatlar va xalqaro banklardan ham afg’on xalqiga tegishli pullarni qaytarishni so’rayapmiz. Bu afg’on xalqining iqtisodiy muammolarini hal qilish uchun zarur bo’lgan puldir”, - dedi u.

AQSh Tinchlik instituti tahlilchisi Uilyam Byordning aytishicha, to’g’ridan-to’g’ri yordamni to’xtatish va pullarni muzlatish afg’on iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilmoqda.

“Pullar muzlatilishi bilan mamlakatga xorijiy valyuta kirmay qo’ydi. Naqd pul kamomadi hosil bo’ldi. Yangi afg’on hukumati pul chiqara olmaydi ham, chunki bungacha xorijda bosilar edi”, - deydi u.

Ba’zi afg’onlar banklardan pulini olishga navbatda turibdi.

“Banklarda naqd pul keskin kamayib ketdi. Tolibon banklar ochilishiga ruxsat berganda uzundan-uzun navbatlar hosil bo’lyapti”, - deydi Vashingtondagi Uilson tahlil markazidan Maykl Kugelman.

Naqd pul kamomadi maoshlarning to’lanmasligi va oziq-ovqat kamomadiga sabab bo’lyapti. Ayrim afg’onlar ishlash uchun Eron va Pokistonga chiqishga harakat qilyapti. Gumanitar vaziyat yaxshilanmasa, deydi kuzatuvchilar, millionlab afg’onlar mamlakatni tark etadi.

Bu o'rtada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg’onistonga gumanitar yuk yetkazish bilan ovora ekan, Mozori Sharifda uylaridan qochgan o’n minglab odamlar uchun boshpanaga zarur jihozlar joylangan uch samolyotdan biri o’tgan hafta Termizga qo’ndi.

BMTning Qochqinlar bo’yicha agentligining Dubaydagi omborxonasidan yuklangan 32 tonna gumanitar yordam Termizdan Mozori Sharifgacha yuk mashinalarida yetkaziladi. 18 ming oila yoki 126 ming odam bu yordamdan bahramand bo’ladi.

BMT O’zbekiston orqali jami 100 tonna gumanitar yuk o’tkazishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG