Breaking News

Arab Ligasi: Trampning Quddus bo'yicha qarori xavfli oqibatlarga olib keladi


Arab Ligasi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda majlisi, Qohira, 9-dekabr, 2017-yil
Arab Ligasi tashqi ishlar vazirlarining favqulodda majlisi, Qohira, 9-dekabr, 2017-yil

Arab Ligasi AQSh Prezidenti Donald Trampning Quddus shahrini Isroil poytaxti sifatida tan olish qarorini qoralamoqda. 10-dekabr kuni Qohirada tashkilotga a'zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining favqulodda majlisi bo'lib o'tdi. Vazirlarga ko'ra, AQSh bunday qarori bilan Isroil-Falastin tinchlik muzokaralarida xolisligini yo'qotib, xalqaro qonunlar va BMT rezolyutsiyalarini oyoqosti qildi.

Majlis so'nggida chop etilgan bayonotda Trampning bu qarori Amerikani vositachilik rolidan mahrum qilgani aytiladi.

Arab Ligasi majlisi paytida
Arab Ligasi majlisi paytida

Vazirlarga ko'ra, bundan keyin mintaqada tinchlik o'rnatish ancha qiyin bo'ladi, ziddiyatlar kuchayadi, zo'ravonliklar, qon to'kilishlari, tartibsizlik yana avj olishi mumkin.

Liga Bosh kotibi Ahmad Abu G'ayt dunyo davlatlarini Falastinni mustaqil davlat sifatida, Quddusni esa uning poytaxti deb tan olishga chaqirdi, BMT Xavfsizlik Kengashini Tramp qarorini qoralovchi rezolyutsiya qabul qilishga undadi.

So'nggi uch kundan beri Yaqin Sharq notinch, G'arbiy Sohil va G'azo Sektori, Qohira, Anqara va musulmon davlatlarining boshqa shaharlarida norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda.

Anqaradagi namoyish
Anqaradagi namoyish

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bayonotida aytilishicha, Yevropada Prezident Trampning tarixiy qarori qoralanmoqda, ammo shuning ketidan Isroilga raketa otilgani qoralanmadi.

AQSh Vitse-prezidenti Mayk Pens 20-dekabr kuni Qohirada bo'ladi. Shahardagi eng yirik cherkov rahbarlari va Al-Azhar universiteti ma'murlari u bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Falastin Prezidenti Mahmud Abbos ham Pens bilan uchrashmasligini bildirdi. Unga ko'ra, AQSh Quddus masalasida chegaradan o'tdi.

Qibtiy pravoslav cherkovi bayonot chiqarib, Tramp qarorining nomaqbul ekanini, millionlab insonlar hissiyotlarini hisobga olmaganini qayd etdi.

Benyamin Netanyaxu bugun Parijda bo'lib, Prezident Emmanuel Makron bo'lib ko'rishishi kutilmoqda. Shaharda Isroilga qarshi norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi. Makron Tramp qaroridan afsusda ekanini aytgan. Netanyaxuning Makron bilan uchrashuvi Tramp qaroridan oldin rejalangan bo'lib, tomonlar Eron masalasini muhokama qilish haqida kelishgan edi.

Italiya poytaxti Rimda Amerika elchixonasi qarshisida chiqishlar kuzatilgan. Iroq, Iordaniya, Suriya, Pokiston, Livan, Malayziya, Indoneziya aholisi ham chetda qolib ketmadi.

Marokashda namoyish
Marokashda namoyish

Vashingtonning bu qadami ayrim ittifoqchilarini undan sovitdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 15 a'zosi 1-dekabr kuni favqulodda majlisga to'planib, aksariyati Tramp qarorini tanqidga oldi. Ularga ko'ra, ekstremistlar va radikal kuchlar shuning bahonasida usiz notinch regiondagi ziddiyatlarni yanada kuchaytiradi.

Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansur Xavfsizlik Kengashida so'zlamoqda, 8-dekabr, 2017-yil
Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansur Xavfsizlik Kengashida so'zlamoqda, 8-dekabr, 2017-yil

Oq uy Yaqin Sharq tinchlik jarayonidan voz kechmasligini bildirmoqda. Trampning Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olish va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko'chirish qaroriga boshqa hech bir davlat ergashmadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG