Breaking News

Turkmanistonda prezident saylovlarining g'olibi sir emas


Sebastyan Peyruz, Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti olimi

12-fevral kuni Turkmanistonda prezident saylovlari. Amaldagi rahbar Qurbonguli Berdimuhammedovning g'alabasiga shubha yo'q. Poygada sakkiz nomzod qatnashayotgan bo'lsa-da, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti jarayon ochiq va erkin bo'lmasligini qayd etib, respublikaga kuzatuvchilarini yubormagan.

Umrbod prezident Saparmurod Niyozovning o'limidan so'ng 2007-yil fevralida o'tgan saylovlarda ishonchli g'alabaga erishgan Qurbonguli Berdimuhammedov hokimiyatda qolishga umid qilmoqda. Nomzodi qo'yilgan yetti arbobda ham bunga shubha yo'q. Saylov kampaniyasi jarayonida hech biri saylovchilarni ularga ovoz berishga da'vat etmadi.

Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti (Johns Hopkins University) olimi Sebastyan Peyruz (Sebastian Peyrouse) nazarida saylov xo'ja ko'rsinga o'tkazilyapti.

Turkmanistonda prezident saylovlarining g'olibi sir emas
Turkmanistonda prezident saylovlarining g'olibi sir emas
"Turkmaniston ko'p nomzodlik saylov bilan demokratik o'zgarishlar mavjudligini, siyosiy xilma-xillik borligini ko'rsatmoqchi. O'z xalqiga va xalqaro hamjamiyatga", - deydi tahlilchi.

Ammo jarayonning soxta ekaniga shubhalanmayotgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Turkmanistonga kuzatuvchilarini yuborishdan bosh tortdi. Guruh nazarida hozirgi saylovlarning 2007-yilgi jarayondan farqi yo'q.

O'tgan safar poygada olti nomzod ishtirok etib, Berdimuhammedov 89 foiz ovoz olgan edi. Qolganlarga esa omad kulib boqmadi. Prezident bo'lish u yoqda tursin, saylovlardan so'ng ba'zilari ishidan ayrildi, yana kimdir qamaldi.

Turkmanistonda prezident saylovlarining g'olibi sir emas
Turkmanistonda prezident saylovlarining g'olibi sir emas
Hozirgi nomzodlarning ham soxta ekanini payqash qiyin emas. Hammasi amaldor, mamlakatdagi yagona Demokratik partiya vakillari. Saylov kampaniyasi vaqtida hech biri Berdimuhammedov siyosatini tanqid qilmadi, o'ziga ovoz berishga chaqirmadi, Turkmaniston to'g'ri yo'ldan ketayotganini tan oldi.

Sakkiz nomzod ichida yolg'iz Berdimuhammedovning o'zi haqiqiy kampaniya olib boryapti desa bo'ladi. Davlat rahbari poytaxt Ashgabatda Baxt saroyi, har bir ma'muriy markazda esa yo'llar, bozorlar, besh yulduz mehmonxonalar qurib berishga va'da berdi.

Kuzatuvchilar nazarida shaxsga sig'inishning yangicha ko'rinishi shakllangan, ammo Turkmanboshi davridagi ko'lamda emas.

Ashgabat
Ashgabat
"Turkmanistonni ochiq jamiyat deb bo'lmaydi, albatta, ammo oldingiga qaraganda ancha ochiq. Niyozov respublikaning betaraflik maqomini pesh qilib, xalqaro yig'inlarda qatnashmas, hatto mintaqaviy majlislarga ham bormasdi. Berdimuhammedov esa qo'shilib turishga harakat qilyapti. Ya'ni farq bor", - deydi Peyruz.

Tahlilchiga ko'ra, qator yirik davlatlar Turkmaniston bilan gaz bobida hamkorlik qilar ekan, saylov qanday o'tgani ularni uncha qiziqtirmaydi.

Turkmanistonda muxolifat yo'q. Chetdagi muxolif shaxslar esa zaif, mamlakat ichida na ta'siri bor na obro'si.

Sebastyan Peyruz Turkmanistonda bir necha bor bo'lgan. Bu yurt haqida ikkita kitob yozdi. Biri o'tgan yili nashrdan chiqdi.

"Avtokratik davlatda haqiqiy muxolifat faoliyat yurita olmaydi. Muxolifatni tan olishlari uchun u mamlakat ichida, xalq bilan aloqada bo'lishi kerak. Turkmanistonni tark etgan arboblarni ayblab bo'lmaydi. Boshqa iloj yo'q. Qamalgandan ko'ra mamlakatdan chiqqan afzalroq", - deydi mutaxassis.

Turkmaniston bilan shug'ullanuvchi tahlilchilar uchun saylovlarda kim g'olib bo'lishi aniq. Mavhum bo'lib turgan narsa bu Berdimuhammedovning qancha ovoz to'plashi - 2007-yilgi saylovlardan ko'p bo'ladimi yoki ozmi?

  • 16x9 Image

    Odil Ruzaliev

    Odil O'zbek xizmatiga 2005-yilda kelgan. Diktor va prodyuser. AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) xalqaro aloqalar sohasida magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekiston TV 1-kanalida ingliz tilidagi yangiliklar – FCN (First Channel News) – ko'rsatuvining muallif-boshlovchisi edi. "Axborot" dasturida mehnat qilgan. Odil ko'p yillar AQShning Toshkentdagi elchixonasi axborot bo'limida ishlagan. O'zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan qator maqolalar muallifi. Farg'ona shahrida tug'ilgan.

    Odil Ruzaliev is a reporter, radio and TV anchor, web editor and producer for Voice of America’s Uzbek Service since 2005. Prior to joining VOA, he worked at the State Radio and TV of Uzbekistan, BBC International’s Central Asia region, and was a regular Contributor for CNN World Report. He has also worked as an Information Assistant at the US Embassy in Tashkent, Uzbekistan. He was the creator and host of the TV program First Channel News, Uzbekistan’s first English language news broadcast. In his spare time he is a freelance photographer. A native of Ferghana Valley, Uzbekistan, Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. In addition, he was an exchange student at Pace University in New York City and holds a master’s degree in international affairs from the Fletcher School of Law and Diplomacy at Tufts University in Medford, Massachusetts.

XS
SM
MD
LG