Breaking News

Tramp Yevropadagi millatchi partiyalarga pand bermoqda


Joriy 2017-yilda Yevropada Amerikada bo'lgani kabi populist, millatchi siyosatchilar hokimiyatga kelishi bashorat qilingan edi. Ammo bashorat rost kelmadi.

Fransiyada murosabop Emmanuel Makron g'alaba qildi, Britaniyada millatchi Ozodlik partiyasi yengilib, hukmron Konservativ partiya o'zini biroz tiklab oldi. Tramp Yevropadagi populist partiyalarga pand berayapti, deydi ekspertlar.

Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey yanvarda Tramp hokimiyatga kelganida birinchilardan bo'lib Vashingtonga kelib u bilan ko'rishdi. Lekin bu bilan o'ziga ziyon qildi. So'rovlardan qiyos.

Britaniyada oxirgi saylovlardan oldin bir necha xurujlar sodir etildi. Avvaliga Tramp qirollikka dalda berib, yordam taklif qildi. Ammo "Twitter"dagi chiqishida London merini tanqid qildi. Bu esa Britaniyadagi aksariyat saylovchilarga malol keldi.

Tahlilchi Yan Dantning aytishicha, Britaniya jamoatchiligi orasida Amerikadan uzoqlashish hissini sezsa bo'ladi.

Aprel oyida Tramp Fransiyadagi millatchi siyosatchi Marin Le Penni yoqlab chiqdi. Prezident saylovlarida esa Le Penning raqibi Emmanuel Makron g'alaba qildi.

Ekspert Ketrin De Vray nazarida Tramp vatandagi o'z yurish-turishi bilan Le Penga qosh qo'yaman deb ko'z chiqardi.

Amerika rahbari iqlimga doir Parij bitimidan chiqib ham Yevropani xavotirga soldi.

"Aksariyat saylovchilar o'ylanib qoldi. Yevropada shu kabi siyosatchilarga ovoz berib, yurtiga foyda qilarmikan ular? Bu vaziyatdan esa raqib partiyalar foydalanib qolmoqda", - deydi mutaxassis.

Shu bilan birga, Polsha kabi davlatlarda Trampning obro'si baland. Prezident kelasi oy Varshavaga bormoqchi. Parij yoki Berlinga uni taklif qilishmayapti. Londonga tashrifi ham kechiktirildi.

Xalqaro hayot - 16-iyun, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:47 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG