Breaking News

BMT: Terrorga qarshi choralar fuqaro jamiyatini ezmasin


Fransiya ko'chalarida

BMT Inson huquqlari bo'yicha maxsus vakili Fionnuala Ni Aolayn deydki, dunyo bo'ylab ko'plab davlatlar terrorizmga qarshi kurash deya fuqaro jamiyatini bo'g'moqda.

"Deyarli har kuni ko'zimiz tushadi bunday hollarga... Umumbashariy huquqlari poymol etilmoqda. Hukumatilar qonuniy faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni ham bemalol nishonga olmoqda. Bahona - xavfsizlikni ta'minlash", - deydi Aolayn Vashingtona so'zlar ekan.

"Fuqaro jamiyati faollarini tazyiqqa olish, ularni o'ldirish, advokat huquq himoyachilariga bosim o'tkazish tabiiy holga aylangan".

Fionnuala Ní Aoláin, U.N. special rapporteur on the promotion and protection of human rights
Fionnuala Ní Aoláin, U.N. special rapporteur on the promotion and protection of human rights

2017-yilda BMT Taraqqiyot Dasturi chiqargan hisobotga ko'ra, Afrikada hukumatlarning terrorga qarshi siyosati odamlarni terror to'dalariga katta sonlarda qo'shilishga undagan. Qonxo'r harakatlar safiga kirgan yoshlar siyosiy bosimdan qochganini aytgan.

BMT mutaxassislar masalani o'rganganida Keniya, Somali, Nigeriya, Sudan, Kamerun va Nigerda yuzlab odamlar terrorizmga ularga ko'ngilli ravishda qo'l urayotganini bildirgan.

Terrorizmga qarshi kurashda keskin harbiy choralar ish bermaydi, deydi Aolayn. Xalqning tuzumga ishonchi pasayib, fuqarolar najotni norasmih guruhlardan izlay boshlaydi. Terror tizimlari esa bundan o'z maqsadi yo'lida foydalanadi.

Londonda asoslangan Xalqaro Amnistiya tashkilotiga ko'ra, Yevropa bo'ylab ham fuqaro jamiyati siquvda. Turkiyada ham vaziyat tang. Amaldagi siyosatni savol tutsangiz yoki qoralasangiz, sizga terrorchi degan tamg'a bosiladi.

Turkiya hukumati favqulodda vaziyat degan e'lonni bekor qilmagan holda, deyarli ikki yildan beri o'ziga yoqmagan tomonlarga qarshi keskin choralar ko'rib kelmoqda. 160 mingdan oshiq fuqaro hibsda. Ular asosan hukumatga qarshi fitnada ayblanadi. BMT Inson huquqlari bosh komissari Ziyod Raad al-Husayn vaziyatni tanqid qilganida Anqara rasmiylari uni ham terrorchilarning yonini olayotganlikda ayblaydi.

Tunis xavfsizlik kuchlari
Tunis xavfsizlik kuchlari

BMT Inson huquqlari bo'yicha maxsus vakili Fionnuala Ni Aolayn firkicha, terrorizm va ekstremizm ta'rifini yangilash va aniqlashtirish lozim.

Hozirgacha, deydi u, bular aslida nima ekanini hukumatlar va xalqaro hamjamiyat juda keng ma'noda izohlab keladi. Qonunlarni qayta ko'rib chiqish kerak, deydi u.

Aslida, deydi BMT rasmiysi, fuqaro jamiyati terrorizm va ekstremizmga qarshi samarali kuch sifatida xizmat qilishi mumkin. Odamlarni xavf haqida boxabar qilishdan tortib, xalq dardini o'rganish va uni hukumatga yetkazishda nohukumat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari beqiyos rol o'ynaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG