Breaking News

Mutaxassislar: Mirziyoyev adolatli jamiyat qurmoqchi, yordam beraylik


Bugun Vashingtonda: O'zbekistondagi islohotlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:25 0:00

Bugun Vashingtonda: O'zbekistondagi islohotlar

O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshlagan islohotlar real harakatlardan iborat, Amerika bu jarayonlarni quvvatlashdan manfaatdor, deya mulohaza yuritildi Professor Fred Starr rahbarligidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz Institutida o'tgan forumda. Toshkentda "Regional dialog" deb nomlangan nohukumat tashkilotiga boshchilik qiluvchi Myusha Sever (Mjusa Sever) va Vashingtonda asoslangan Saylov tizimlari bo'yicha Xalqaro Jamg'arma eksperti Entoni Boyer (Anthony Bowyer) so'zladi.

O'zbekistondagi islohotlar - AQShda forum
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:22 0:00

Starr fikricha, bugungi o'zgarishlar faqat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan boshlandi deyish xato bo'ladi. O'zbekiston, deydi u, sekinlik bilan bo'lsa-da rivojlanib kelayotgan edi, yangi rahbar bu jarayonni tezlashtirishga muvaffaq bo'ldi, deydi olim. Avlodlar yangilanishi, yangicha fikrlaydigan insonlar siyosiy-iqtisodiy doiralarga kirib kelar ekan, ularning ta'siri va bosimi sezildi, deydi Starr.

14 yildan beri mamlakatda ishlab kelayotgan mutaxassis Myusa Sever bu fikrga qo'shiladi. Islom Karimov prezidentligi davrida Toshkentda ishlay olgani, hukumat bilan til topisha olgani uchun "tuzum qo'g'irchog'i" deya tamg'alangan Sever o'zini "murosachi" deb biladi. Har qanday sharoitda ham dialog orqali muammoga yechim topish mumkin, deydi u.

Ko'plab xorijiy nohukumat tashkilotlar "Karimov davridagi repressiya sabab" respublikani tark etgan. Milliy Xavfsizlik Xizmati ularga kun bermagan, loyihalarni amalga oshirish deyarli mumkin bo'lmay qolgan, chunki tuzum bu dasturlarni o'ziga tahdid deb bilgan. Ular inson huquqlari, demokratiya, oshkoralik, adolat, erkin so'z va matbuotni targ'ib qilgan. 'Human Rights Watch", "Freedom House", IREX singari huquq va taraqqiyot tashkilotlari shu bois O'zbekistondagi faoliyatini tugatgan.

Vashington, 6-mart, 2018
Vashington, 6-mart, 2018

Sever ham bir paytlar "Freedom House" (Ozodlik uyi)ning qiynoqlarga qarshi loyihasini yuritgan. Keyinchalik esa o'z tashkilotini ochdi va Yevropadagi donorlar ko'magi bilan uni shu kungacha tebratib kelmoqda. "Regional dialog" adliya va huquq-tartibot tizimini isloh qilish ustida ishlaydi.

"Maqsadga har doim ham siz rejalagan va o'ylagan vaqtda yeta olmaysiz. Haqiqiy o'zgarish vaqt, hamjihatlik, toqat va tirishqoqlik talab qiladi", - deydi Sever, Vashingtonda so'zlar ekan.

Uning tahlilicha, bugungi O'zbekistonda muammolar talay, ularni sanab o'tirishga vaqt oz. Chunki, deydi u, imkoniyati bor har bir taraf bebaho vaqt va g'ayratni vaziyatni yaxshilashga sarflashi kerak. Bu oson emas, deya tan oladi u, lekin izlagan odam O'zbekistondan ishonchli sheriklar topishi mumkin.

Yangilik qilishni xohlovchi yoshlar ko'p, ular bilimli va mehnatga tayyor, deydi Sever. Jinoyat va jazo bobida ishlash nafaqat kuchli iroda, balki huquqiy bilim va tajriba talab qiladi. Huquqshunoslarni tayyorlovchi oliygoh va boshqa ilm maskanlari uning tashkiloti bilan hamkorlik qilayotganini misol keltirar ekan, mutaxassis islohotlar ilmiy va madaniy yondashuvlarni ham o'zgartirishi tayin, deya umid bildiradi.

"Amerika madad ko'rsatishi kerak. Ilm-fan, trening, biznes, nohukumat va notijoriy sohalarda ko'maklashishi lozim", - deydi Sever.

Vashington O'zbekiston bilan o'zaro manfaatlarni xavfsizlik va har tomonlama taraqqiyotda ko'radi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan mustahkamlanib borayotgan har bir jamiyat, AQSh nazarida, global barqarorlikka va shu tariqa uning xavfsizligiga hissa qo'shadi.

Shunday ekan, O'zbekiston mana shu yo'ldan borishni xohlayotgan paytda passivlik yaramaydi, deydi Entoni Boyer.

Fuqaro jamiyati va erkinlikni targ'ib qiluvchi tashkilot vakili fikricha, O'zbekiston bu borada orqada. Biroq so'nggi bir yil ichida xalqaro organlar, jumladan BMT agentliklari va maxsus vakillari, "Human Rights Watch" va boshqa tashkilotlar bilan aloqa faollashganidan mamnun.

Prezident Mirziyoyev Milliy Xavfsizlik Xizmati xodimlari oldida, 2018
Prezident Mirziyoyev Milliy Xavfsizlik Xizmati xodimlari oldida, 2018

Internet erkinligi va axborot oqimi bobida ham progress bo'ldi, deydi Boyer. Oldingi siljiyverish kerak, deydi u, hukumat serg'ayrat ekanini ko'rsatishga urinmoqda, xalqaro hamjamiyat esa undan katta ishlar kutmoqda.

Islohotlar nafaqat O'zbekiston rahbariyati balki xalqi uchun imtihon, deydi bu mutaxassis. Tashqi dunyoga ochilishdan to'xtamasdan, xalqaro hamkorlikni kuchaytirib, respublika o'ziga nisbatan ishonchni ham mustahkamlaydi, deydi Boyer.

Oldingi O'zbekiston shubha va gumon, qo'rquv ostida yashar edi. Bugungi O'zbekiston adolat va erkinlik, oshkoralik va mas'uliyatli boshqaruv tomon intilayotgani nafaqat uning qo'shnilari balki uzoqdagi davlatlar, jumladan Qo'shma Shtatlarni bu davlatga nisbatan yangicha yondashishga undashi lozim, deydi Boyer. Uning tashkiloti, IFES, O'zbekiston bilan yaqindan ishlashga shay.

Haqiqiy muxolifat, oppozitsion partiyalar va plyuralizm bobida respublikada yaqin orada yangilik kutmang, deydiganlar ko'p. Boyer esa gap kimnidir lol qoldirishda emas, deydi. Gap ularning ahamiyati va rolini tushuna olishda.

Kelgusi parlament saylovlari va prezident saylovlari adolatli o'tishi uchun IFES o'z hissasini qo'shmoqchi. Demokratik saylov, demokratik qonunchilik, demokratik boshqaruv nima ekanini targ'ib qilishda ko'makka tayyor.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan, ya'ni respublikadan turib axborot berish imkoniyatiga yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, editor, web editor, and producer, she has covered Central Asia and America for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the only and first-ever accredited U.S.-based journalist. Navbahor is also the founding President of the VOA Women’s Caucus. Educated in Uzbekistan, India, and at Harvard University, she was a 2016-17 Edward S. Mason Fellow at Harvard’s John F. Kennedy School of Government, where she also earned her Masters in Public Administration. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003 and has since presented more than 800 editions of the flagship weekly show “Exploring America,” which covers American foreign policy for some 40 million Uzbek speakers worldwide, focusing on U.S. relations with Central Asia and life and politics in the United States. She has co-hosted VOA-wide special broadcasts for a global audience. She has received multiple awards for excellence in broadcasting, including the VOA Gold Medal in 2010. As a multimedia journalist, with millions of viewers, listeners, followers, and fans, Navbahor writes and speaks frequently on Uzbek domestic politics, foreign policy, and society, as well as regional issues in Central Asia, for policy, academic, and popular audiences. Her essays have appeared in leading journals, including Foreign Policy, The National Interest, and The Diplomat, and she has lectured at institutions including the U.S. Foreign Service Institute, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, and George Washington University. Navbahor began her career at the Uzbek state broadcaster as a reporter and producer. She taught journalism at her alma mater, the Uzbek State University of World Languages in Tashkent, and then earned a B.A. in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore in India. A recipient of the Edmund Muskie Fellowship, she earned her MA in journalism from Ball State University. In 2009, Ball State’s journalism department named her an Outstanding Young Alumna.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG