Breaking News

AQShga yangi kelgan qochoqlar oyoqqa turib olgunga qadar 3-6 oy moddiy yordam bilan ta’minlanadi. Qochoqlar bilan ishlaydigan maxsus tashkilotlar ham yordam beradi. Shundan so'ng ular o'zlarini eplab ketishi kerak. Arizona shtati Finiks shahrida ko'ngillilar 2016-yildan buyon suriyalik qochoqlarga yordam ko'rsatib kelmoqda. Yordam berayotganlarning aksariyati ayollar.

Qochqinlar tayyorlayotgan pishiriqlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:48 0:00


Nur Al-Muso va uning farzandlaridan biri Suriyada o'q tegib yaralandi, uylari vayron bo'ldi. So'ng kechasi bilan yayov yurib Iordaniyaga qochib o’tadi. Oradan to’rt yil o’tib oila AQShga keladi.

“Kelganimizda hech kimni bilmasdik, hech kimimiz bo’lmagan. Amerikaliklar xolis yordam berishdi. Suriyada uyda, bolalarim uchun shirinliklar pishirardim. Hozir mahalladagi ayollar shirinliklarimni sotishga yordam beryapti. Suriya shirinliklari dasturida ishlayapman”, - deydi u.

Bu dastur so’nggi yillarda Arizona shtatida qo’nim topayotgan suriyalik muhojirlar tayyorlayotgan pishiriq, shirinliklarni targ’ib qiladi.

Tan Jakvani Suriya shirinliklari loyihasi asoschilaridan. Uning aytishicha, birinchi savdoga 800 ga yaqin odam kelgan va mahsulotlar tez sotilgan.

“Bozorimiz kutganimizdan ko’ra ancha chaqqon bo’ldi. Shu bilan sinagoga, ibodatxonalar, Arizonadagi universitet, mahalliy kutubxonalarda ham sotishni yo’lga qo’ydik”, - deydi u.

Pishiriqlarni targ’ib qilayotgan va bozorga olib chiqayotganlar mahalliy xalq. Asosan, madaniyati, dini, kelib chiqishi turlicha bo’lgan ayollar.

Jakvani va uning oilasi qochoqlarni qo’llab-quvvatlashni ancha yillar oldin boshlagan. Uning otasi Janubiy Vyetnam armiyasida mayor bo’lgan va 1975-yil Vyetnam urushi yakunlangandan so’ng Amerikaga evakuatsiya qilingan. Oradan 10 yil o’tib Jakvani, onasi va singillari ham kelgan.

“Kelganimizda otam kichik bir uy olib qo’ygan edi. Otamchalik qiynalmaganmiz. U ko’p narsani boshdan kechirgan. Otamni bir oila o’z qaramog’iga olib hujjatlarini to’ldirish va ish topishiga yordam bergan”, - deydi Jakvani.

Suriya shirinliklari dasturi Finiks shahar qochoqlar birlashmasi doirasida yuritiladi. Tashkilot a’zolari soni o’tgan bir yil ichida 60 dan 800 nafarga oshgan. Bu yerda kechki ovqat, savodxonlik kabi oilaviy dasturlar ham yo’lga qo’yilgan.

Malak Akgul-Li savodxonlik dasturini boshqaradi.

“Maqsadimiz nafaqat inglizcha o’qish yoki tilni tushunish qobiliyatini o’stirish, bahonada mahalladagi oilalar bilan tanishish, ular o’rtasida munosabat shakllantirish, yangi jamiyatga moslashishini yengillashtirish hamdir”, - deydi u.

Jakvanining aytishicha, qochoqlar yordamga muhtoj bo’lishadi.

“Har bir inson kichik bo’lsada, o’z hissasini qo’shsa, ularning yangi mamlakatga ko’nikishida birgalashib katta yordam qilgan bo’lamiz”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG