Breaking News

Myanma BMTdan norozi


70 yoshli Nur Ahmad, uning rafiqasi Lalu Bibi, nevarasi Ashuka Bibi Bangladesh chegarasida.

BMT Xavfsizlik Kengashi Myanma hukumatining Rakxayn shtatida rohinja xalqiga qilgan zo’ravonligini qoralab bayonot chiqardi. Unda o'lkada inson huquqlari poymol qilinayotganidan jiddiy tashvish bildiriladi hamda hukumat harbiy kuchlarini jilovlashi kerakligi qayd etiladi.

Rohinja inqirozini nazorat qilishga urinayotgan Myanma BMTga e'tiroz bildirib, bunday tanqidlar 600 ming qochoq taqdirini hal qilish bo'yicha Bangladesh bilan olib borilayotgan kelishuvlariga jiddiy tahdid solishini aytmoqda.

Myanma: BMT tanqidi asossiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:06 0:00

Mamlakat yetakchisi Au San Su Chining aytishicha, Xavfsizlik Kengashi bu masalani Myanma va Bangladesh ishtiroki bilangina hal qilish mumkinligiga e’tibor qaratmayapti.

U bayonotida Daka bilan kelishuvlar tez va silliq ko’chayotganini ham aytib o’tdi.

Au San Su Chi ma’muriyati vakiliga ko'ra, Bangladesh 400 million dollarlik xalqaro yordamni olish ilinjida qochoqlarni qaytarish jarayonini paysalga solmoqda. Ushbu mablag' rohinjaliklar bilan to'la Koks Bazar tumanidagi lagerlarni kengaytirish maqsadida ajratilgan. Lagerdagi odamlarning 60 foizi bolalar.

Avgust oyida Myanma harbiylari politsiyaga qilingan hujumni vaj qilib rohinja qishloqlariga hujum boshlagach, aholi ommaviy ravishda qochishni boshlagan edi.

Myanma aholisining asosiy qismini buddistlar tashkil qiladi. Ular o'z davlatiga ega bo'lmagan ozchilik rohinja musulmonlariga Bangladeshdan kelgan kelgindilar deb qaraydi. Vaholanki, rohinja musulmonlari bir necha avloddan beri Myanmada yashab keladi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson rohinja inqirozi bo'yicha gaplashish hamda mamlakatdagi demokratik o’tish jarayonini qo’llab-quvvatlash maqsadida Myanmaga ilk safarini rejalamoqda.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG