Breaking News

O'zbekiston tashqi siyosati Vashingtonda muhokamada


AQSh siyosatdonlari: O'zbekistonda qanday o'zgarishlar?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:25 0:00

AQSh siyosatdonlari: O'zbekistonda qanday o'zgarishlar?

O'zbekiston tashqi siyosatida o'tgan bir yilda, xususan Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan beri qator yangiliklar yuz berdi. Vashingtonda yirik tahlil markazlari vakillari nazarida eng muhim va sezilarli o'zgarish - O'zbekiston qo'shnilar bilan aloqani yaxshilashga tushgani va hozirgacha erishilgan kelishuvlar. Turkiya bilan uzoq yillar muzlab qolgan rishtalarning yangilangani ham tarixiy burilish. Islohotlar davri endi boshlanmoqda, deydi bu tahlilchilar. Ular qanchalik tizimli va chuqur olib boriladi? Iroda va harakat qanchalik? Vaqt ko'rsatadi, deydi AQSh poytaxtidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti tadbirida so'zlagan arboblar.

O'zbekiston tashqi siyosati qanchalik o'zgarmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:18 0:00
O'zbekiston: AQSh siyosiy-ilmiy doiralarida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:06 0:00

Yirik davlatlar bilan, jumladan Rossiya, Xitoy, AQSh, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan aloqa unchalik o'zgarmagan, deydi Gudzon instituti olimi Richard Vaytz.

Vayzt deydiki, O'zbekistonning NATO va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti singari katta siyosiy bloklar bilan hamkorligida yangilik yo'q.

Toshkent harbiy tashkilotlarga bosh qo'shmoqchi emas va o'z hududiga ham xorijiy qo'shin kiritmaslik qarorida qat'iy. Bu siyosat oldingi prezident Islom Karimov davridan qolgan. Mazkur pozitsiya o'zgarmas ekaniga ishonch yetarli, deydi Vaytz.

Olim ichkaridagi gaplardan bexabar ekanini aytadi. Toshkentda bu borada so'nggi yangilik shuki, Prezident Mirziyoyev nazarida dunyo bilan aloqalarni tebratish uchun mas'ul Tashqi ishlar vazirligi o'z oldidagi vazifalarni hozirgi holida bajarishga qodir emas. Yanvar oyining o'rtasida prezident vazirlik haqida qilgan majlisida vazirdan tortib elchilar, diplomatlardan tortib boshqa tegishli mutasaddilarni layoqatsizlikda, ishiga nisbatan loqaydlik va uquvsizlikda ayblab, hukumatning bu qismini tubdan isloh qilishga bel bog'laganini aytdi. Yaqin kelajakda katta o'zgarishlar bo'ladi, deya bong urdi prezident.

Markaziy Osiyo-Kavkaz Instituti rahbar Fred Starr (o'rtada), AQShning O'zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst (chapda) va tadqiqotchi Richard Vaytz, Vashington, 22-yanvar, 2018
Markaziy Osiyo-Kavkaz Instituti rahbar Fred Starr (o'rtada), AQShning O'zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst (chapda) va tadqiqotchi Richard Vaytz, Vashington, 22-yanvar, 2018

Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Fred Starr Vashingtonda mintaqa bo'yicha yetuk mutaxassislardan. O'zbekiston, Qozog'iston va ularga qo'shni davlatlarning rahbarlari bilan azaldan yaqin aloqada ekani uchun, shuningdek, Afg'oniston hukumati bilan ham ishlab kelayotgani uchun uni tanqid qilib turishadi, noxolis olim deb ko'rishadi. Starr esa mintaqa tarixi, siyosiy va madaniy ongi, qolaversa hukmron doiralar haqida yaxshi bilishini qayd etib, o'z xulosalari chuqur asosga ega ekanini, hukumatlar bilan muloqot qilmay turib, biror hudud va xalq haqida aniq ma'lumot yig'ish mumkin emas, deya uqtiradi.

Uning nazarida O'zbekistonda boshlangan islohotlar real biroq ularning qancha davom etishi, o'zgarish uchun xohish qanchalik keng va chuqur ekanini jarayonni qadamma-qadam kuzatmay bilish qiyin. Mamlakat oldida baland dovonlar turibdi. Islohot dasturlarini ko'zdan kechirib, unga yordam berish kerak, deydi u.

O'tgan bir yil ichida bir narsa oydinlashdi, deydi Starr. Markaziy Osiyoning besh davlati va Afg'oniston birga ishlashga qodir va buning uchun xohish yetarli. Ular agar "biz birlashmasak, boshqalar bundan foydalanib, bizning manfaatlarimizni chetga uloqtirib, bizni o'z foydalari uchun ishlatishadi", deya ochiq aytmoqda.

Har bir davlatning tashqi siyosatida mintaqaviy manfaatlarni hisobga olish va o'zaro kelishuv asosida harakat qilishga ahd qilishgan, deydi Starr. O'zbekiston va Qozog'iston, mintaqaning ikki yirik respublikasi yetakchilikni qo'lga olayotgani ijobiy hol, deydi olim.

O'zbekistonda 2000-yillar boshida elchilik qilgan Jon Herbst, AQShning iste'fodagi diplomati, deydiki, o'tgan bir yil ichida Toshkent tashlagan qadamlarga qarab, bu mamlakatda siyosiy-biznes elita prezident atrofida birlashganini ko'rish mumkin.

Mirziyoyevga yakkahokim deb qaray olmaymiz, deydi Herbst, prezident qarorlarni o'zi bilganicha qilayotgani yo'q, u uyushgan elitaga tayanmoqda.

Vashingtondagi ko'plab siyosiy tahlilchilar bu fikrdan yiroq. Ularga ko'ra, O'zbekiston elitasi juda murakkab va Mirziyoyev uchun ular bilan kelishgan holda, qolaversa, ularni rozi qilgan holda ishlash aslida juda qiyin. Prezident xalqning ishonchini qozonish orqali norozi tomonlarni o'ziga bo'ysundirmoqchi. Elita uyushgani haqida bilmaymiz, deydi ayrim siyosatdonlar, lekin Mirziyoyev usta siyosatchi ekanini namoyon qilmoqda. Aytayotgan gaplari, tashlayotgan ehtiyotkor qadamlari bilan hammani sinovdan o'tkazmoqda, tavakkal ham qilayotgani aniq, deydi davra suhbatida fikr bildirgan ekspertlar.

O'zbekiston Rossiya va Xitoy bilan tutashmagani unga ustunlik beradi, deydi Herbst. Vashington u bilan shu bois ham yaqindan ishlashi kerak, deydi keksa diplomat. Va bir narsani esda tutish kerak: O'zbekiston tobora o'zgarib, erkinlashib borishi uchun yordam zarur, lekin demokratiya va matbuot erkinligiga erishish uchun o'nlab yillar kerak.

Siyosiy mentalitet yangilanishi, xalq erkinlik va qonun ustuvorligi degan qadriyatlarga o'rganishi uchun nafaqat sabr-qanoat zarur, balki qattiq mehnat ham qilish kerak, deydi Herbst. Islohotlar, deya qayd etadi u, faqat prezidentga bog'liq emas, o'zgarish qilish faqat uning qo'lida emas. Lekin davlat rahbari xalqiga bu borada yetakchilik qilishi zarur.

Markaziy Osiyo-Kavkaz Instituti rahbar Fred Starr (o'rtada), AQShning O'zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst (chapda) va tadqiqotchi Richard Vaytz, Vashington, 22-yanvar, 2018
Markaziy Osiyo-Kavkaz Instituti rahbar Fred Starr (o'rtada), AQShning O'zbekistondagi sobiq elchisi Jon Herbst (chapda) va tadqiqotchi Richard Vaytz, Vashington, 22-yanvar, 2018

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG