Afg’oniston - O’zbekiston, Turkmaniston va Eron uchun ko’prik

Your browser doesn’t support HTML5

Prezident Muhammad Ashraf G’ani 2014-yilda Afg’oniston prezidenti sifatida ish boshlaganidan buyon Markaziy Osiyo davlari bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratib keladi. Kobul olib borayotgan tashabbus doirasida Turkmaniston va O’zbekiston bilan bir necha qo’shma yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Kobul-Ishqobod yirik iqtisodiy loyihalaridan biri Oqina-Andhuy temir yo’llari qurilishidir. 30 million dollar sarflangan ushbu proyekt turkmanistonlik mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan. Xarajatni Osiyo Taraqqiyot banki qoplagan.

Buni ham ko'ring Afg'oniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Xitoy temir yo'li ochildi, yuk tashiladi

“Ushbu termir yo’l davom etadi. Andhuydan Shibirg’on va Hayraton, shuningdek, Andhuydan Maymana va To’rg’undiyga borib ulanadi”, - deydi Faryob viloyati hokimi Naqibulla Faiq.

Rasmiylarga ko’ra, Oqina bandargohi orqali har kuni 200 vagon mahsulot import qilish sharoiti yaratilgan. Afg’onistonlik savdogarlar uchun ulkan imkoniyat.

“Yevropa davlatlari, Turkiya, Eron, Arab davlatlari, Qozog’iston va Turkmanistondan mahsulotlarni import qilish mumkin”, - deydi Oqina temir yo’llari idorasi raisi.

Afg’onistonlik savdogarlar Oqina-Andhuy temir yo’llari xizmati sifatini yaxshilash kerakligini ta’kidlaydi.

Afg’oniston-O’zbekiston aloqalariga nazar tashlasak, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida tashkil etilgan chegaraoldi xalqaro savdo markazi va erkin savdo zonasi faoliyati doirasida afg’onlar qo’shni mamlakat hududida istiqomat qilish va savdo-sotiq bilan shug’ullanish huquqida ega bo’ladi.

Buni ham ko'ring Termizda tahsil olgan afg’onistonlik yoshlar vataniga qaytdi

Andhuy tumani Savdo-sanoat palatasi raisining o’rinbosari Abdul Rashid G’iyosiy Termiz savdo markazi ikki davlat uchun muhim va foydali ekanini aytadi.

“Bu katta yutuq. Savdogarlarimiz bundan foydanaladi. Termiz savdo markazidan nafaqat Afg’oniston, balki O’zbekiston xalqi va davlati bahramand bo’ladi. O’zbekiston, Turkmaniston davlatlaridan bizga foyda yetyapti, zarar yo’q”, - deydi G’iyosiy.

26 gektar hududda tashkil etilgan savdo markazida O’zbekiston va Afg’onistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotiladi. Afg’oniston va O’zbekiston bugungi kunda ko’plab mushtarak iqtisodiy loyihalar ustida ishlamoqda.

Ayni paytda qo’shni mamlakatlar madaniy-ma’rifiy masalalarga ham e’tibor qaratmoqda.