Breaking News

Afg'oniston prezidenti Amerikaga shart qo’ydi


Afg'oniston prezidenti Amerikaga shart qo’ydi
Afg'oniston prezidenti Amerikaga shart qo’ydi

Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay davomiy strategik hamkorlik masalasida Amerika bilan ortiqcha muzokaraga hojat yo’q, deydi.

Qo’shma Shtatlar biz olg’a surgan barcha shartlarni e’tirozsiz qabul qilishi kerak, deydi Karzay.

Tungi reydlarni bas qilish, aholi orasida talofatlarga yetaklovchi boshqa har qanday operatsiyalarni tugatish ana shular jumlasidan.

Kobulda so’zlagan prezident afg’on qurolli kuchlarini mas’uliyatli bo’lishga, xalqaro koalitsiya ketgach, xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi.

"Mamlakat mudofaasi uch yilda o'z qo'limizga o'tadi. Bu muhim sana. Afg'on xalqi o'zini o'zi himoya qilishni, suveren davlat bo'lishni istaydi", - deydi prezident.

2012 yilgacha amerikalik 33 ming zobit vatanga qaytishi kutilmoqda. O’tgan hafta Afg’onistonning yetti viloyati NATOdan afg’onlar qo’liga o’tdi.

Koalitsiya kuchlari 2014 yilda bu davlatni butunlay tark etadi.

Bu orada, Afg’onistonning Hilmand viloyatidagi olishuvlarda kecha 22 jangari va 2 politsiyachi o’lgan.

Viloyatning boshqa qismida portlash ro’y berib, ikki bolani hayotdan olib ketgan.

Kobul xalqaro aeroportida bugun avvalroq rejalangan xurujning oldini olingan.

Rasmiylarning aytishicha, jangarilar poytaxt yaqinida qurol-aslaha to’plab, aeroportga hujum qilishni ko’zlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG