Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar


Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatni yaqindan kuzatib boruvchi mustaqil tashkilot berayotgan ma’lumotlarga ko’ra, fuqarolarni yaqinlariga bildirmay hibsga olish va yashirin sudlash hollari keng tus olmoqda.

Odamlar orasida nafaqat organlardan, balki bir-biridan xavfsirash, qo’rqish hissi hukmron, deydi faollar.

Bugunga kelib mamlakatda huquq masalasi bilan bevosita shug’ullanadigan biror xalqaro muassasa yoki vakil yo’q.

Yaqinda Human Rights Watch huquq tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi yopildi.

O’zbekiston hukumatining global maydondagi yirik tanqidchisi bo’lgan bu tashkilot “hukumat bizni shunga majbur qildi” desa, Toshkentdagi biror tegishli idora lom-mim demaydi. Ayrim ishonchli manbalarning bildirishicha, Amerika rasmiylari bu borada surishtirganida, “hech kim Human Rightsning idorasini yopgani yo’q” degan javob olingan.

Ayni damda “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati ham bosim ostida ekanini bildiradi. Tashkilot rahbariyatiga nisbatan jinoiy ishlar ochilgani, ular tuhmat va haqoratda ayblanayotgani ma’lum.

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Prezident Islom Karimov o'z maruzalarida tinchlik, xavfsizlik, totuvlik, ahillik eng muhim ne'matlar ekanini uqtirib, demokratik islohotlar amalga oshirilayotganini aytib keladi. Oshkoralik va erkin haqida gapiradi.

Huquq masalalari bo’yicha mas’ul idoralarning rahbarlari, xususan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish qo’mitasi raisi Akmal Saidov va ombudsman Sayyora Rashidova ham o'z chiqishlarida ta'kidlashicha, fuqaro erkinliklarini ta’minlash yo’lida shaxdam qadam qo’yilmoqda.

Lekin mustaqillikning 20-yilida ham Bosh prokuratura, viloyat, tuman va shahar prokuraturalari, ichki ishlar organlari jamoatchilikni olib borilayotgan ishlardan voqif qilishni lozim topmaydi. Qonun yoki prezidentning ma'ruzalari ro'kach qilinadi xolos.

Chet el axborot vositalari nafaqat dushman sifatida qaraladi, balki ular bilan har qanday aloqa cheklangan. Bu organlar, tuzumning boshqa qismlari singari xalqqa hisobot berish mas’uliyatidan butkul yiroq.

Ma’lumot so’rab murojaat qilinganida yo qo’pol javob olinadi, yo umuman javob olmaysiz.

Natijada omma ko’chadagi gaplarga, mish-mish va taxminlarga ishonishga majbur.

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Masalan, aytishlaricha, endi 35 yoshga kirmaganlar chet elga chiqarilmas emish. Shunday “ustniy ukazaniye” berilgan emish.

Bu gapning haqiqat ekanini isbotlovchi biror dalil yo’q, lekin xorijga chiqish uchun ruxsat ololmay yurgan yoshlar qancha. Pora berib ishini bitirayotganlar ham son mingta. Bugun chet elda yurganlarning ko’pi, xoh ishchi, xoh talaba bo’lsin, vatanga pora berib borib kelayotganini yashirmaydi.

Pasport bilan bog’liq oxiri ko’rinmaydigan muammolar haqida O’zbekiston hukumati a’zolaridan biror gap ololmaysiz. Hatto tizim qanday ishlashini ham tushuntirib bera olishmaydi.

Prezident Islom Karimov o'z Navro'z tabrigida tinchlik, xavfsizlik, totuvlik va ahillik eng muhim ne'matlar ekaniga urg'u berdi. Bu fikrni yoqlamaydigan fuqaroni topish qiyin. Lekin adolat istaganlarning bugun borarga joyi yo'q, deydi huquq faoli Surat Ik

Prezident Islom Karimov o'z Navro'z tabrigida tinchlik, xavfsizlik, totuvlik va ahillik eng muhim ne'matlar ekaniga urg'u berdi. Bu fikrni yoqlamaydigan fuqaroni topish qiyin. Lekin adolat istaganlarning bugun borarga joyi yo'q, deydi huquq faoli Surat Ik

Bechora fuqaroning dardini eshitadigan hech kim qolmadi, deydi Mustaqil Huquq Himoyachilari Tashabbus Guruhi rahbari Surat Ikromov.

Faol yashirin sudlovlar haqida ma’lumot to’plab kelmoqda. Respublikada huquq borasida ahvol yaxshilanayapti deyishga biror asos yo’q, deydi u.

“Prokuraturalarga murojaat qilishayapti, Oliy Sud ham qolmagan, viloyat-tuman sudi… Sud qayerda o’tayotgan bo’lsa, o’sha yerda. Hech kim biror ma’lumot ololmayapti. Yuqoridan hammaga buyruq berishgan, hech kimga hech qanday informatsiya bermaslik to’g’risida”.

O’zbekiston qonunlariga ko’ra, biror fuqaroga nisbatan tergov ishi ochilsa, uning yaqinlari bundan xabardor qilinishi kerak. Kim, nima, qayerda va nima uchun. Lekin, deydi Surat Ikromov, ko’plab odamlar qayoqqa g’oyib bo’layotgani haqida hech kim bilmaydi, hattoki fuqarolarning oila a’zolari ularga nima hukm o’qilib, qayerda qamoqda o’tirganidan bexabar. Surat Ikromovdek huquq faollari uchun ma’lumot to’plash imkoniyatlari nihoyatda cheklangan.

Surat Ikromov, Mustaqil Huquq Himoyachilari Tashabbus Guruhi rahbari

Surat Ikromov, Mustaqil Huquq Himoyachilari Tashabbus Guruhi rahbari

Yaqinda Surat Ikromov o’tgan yilning mart oyida kechgan yashirin sud haqida xabar topdi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 84 odam yoppasiga qamalgan deyishgan edi, lekin sudlanganlar soni undanda ko’p bo’lishi mumkin. Ularning mol-mulki musodara qilingani haqida ayrim qog’ozlar bor.

“Bu yerda o’tgan yillarda bo’lgan voqealar haqida gap ketayapti. Ichki ishlar polkovnigi otilgani va Toshkentda imom (Bosh imom xatibi Anvar Qori Tursunov) pichoqlab ketilgani yuzasidan shu odamlarni ayblab qamashgan”,- deydi Surat Ikromov.

Yopiq sudlardan yana biri 2010 yilning aprel oyida Yangiyo’l tumanida o’tgan.

25 kishiga, asosan yoshlar, jinoyat kodesksining 159-moddasi, ya’ni O’zbekiston konstitutsion tuzumiga tajovuz qilganlik, 244-moddaning 1-qismi, ya’ni jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soluvchi materiallar tayyorlaganlik va tarqatganlik, 244-moddaning 2-qismi, ya’ni ekstremistik, fundamentalistik, separatist yoki boshqa man etilgan tashkilot tuzganlik, boshqarganlik, a’zo bo’lganlik; 216-modda, ya’ni noqonuniy jamoatchilik birlashmalari yoki diniy tashkilotlar tuzish kabi ayblar qo’yilgan. 27 aprel kuni chiqarilgan hukmga ko’ra, sudlanganlar vahobiylikda, O’zbekiston Islomiy Jihod Ittifoqi va “Hizb-ut-Tahrir” guruhlariga a’zolikda aybdor deb topilgan. Asosan Toshkent shahar va Qibray tumanidan bo’lgan bu shaxslarning aksariyati 3 yil, qolganlar esa 5-6 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan. Yaqinlarining aytishicha esa ular dehqonlar, fermerlar va tadbirkorlar bo’lgan.

Yopiq sudlarga ayblanuvchilar tomondan hech kim qo’yilmaydi, davlat advokatlari kiradi xolos, deydi Surat Ikromov. Jarayon haqida hech kim og’iz ochmaydi.

“Ular hammasi tilxat bergan, hech kimga hech qanday informatsiya bermayman deb. Bu xatlar majburan yozdiriladi”,- deydi faol.

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Surat Ikromov: Fuqaro dardini kimga aytsin? Yashirin sudlovlar, sistematik huquqbuzarliklar

Maqsad nima?

“Birinchidan, yashirish, bu hollar dunyoga ovoza bo’lmasligi uchun. Ikkinchidan, agar sud ochiq o’tib, ayblanuvchilarning advokatlari va yaqinlari u yerda o’tirsa, nima tasdiqlangan yoki tasdiqlanmagani ularga ayon bo’ladi. Keyin bu odamlar ommaga bu haqda gapirib berishi mumkin. Soxta ayblovlar, asossiz xulosalar… Mana shuning ayon bo’lishini xohlashmaydi”,- deydi Surat Ikromov.

Tumandan boshlab viloyat va markaziy organlargacha, turli sabablar bilan ularning qora ro’yxatiga tushgan odamlar istalgan payt hibsga olinishi, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

“Bu hozir bir sistemaga aylanib qoldi”,- deydi Surat Ikromov.

Haqiqat va adolat haqida gapirishga kim jur'at eta oladi?

Haqiqat va adolat haqida gapirishga kim jur'at eta oladi?

Militsiyaga buyruq keladi, ular bajarishga majbur, deydi faol.

“Asosiy maqsad odamlarni qattiq ushlash, ularni qo’rqitish. Hozir, masalan, mening oldimga Chinozdan odamlar kelib yordam so’rayapti. Ularning oldiga militsiya kelibdi, “O’g’lingiz Moskvada yasharkan, ishlar ekan, adresini bering” deb. Qayerga, qaysi bankka qancha pul yuborayotganini bilishmoqchi",- deydi Surat Ikromov.

"Bu qonunda yo’q narsa. Men qo’ng’iroq qildim o’sha militsiya xodimiga. “Kim sizga ruxsat berdi, bu mutlaqo mumkin emas-ku” dedim. “Bizning boshliqlar shunday qilishga majbur qilishayapti” deydi”.

Haqiqat va adolat haqida gapirishga jur’at etaman deganlari ham ayta olmaydi, chunki jazolanishdan qo’rqadi, deydi Surat Ikromov, natijada butun tizim o’z-o’ziga qul bo’lib qolgan.

Prokuratura va sud xodimlari o’z o’rnidan qo’rqadi. Buyruqni bajarish kerak. Vijdonli odam tergov xulosasiga qaraboq butun ish soxta ekanini biladi, deydi huquq faoli.

“Davlat qanaqadir “ne upravlyayemiy” bo’lib qolgan, bilasizmi, boshliqlar, prokurorlar yoki sudyalar birortasi ishlamayapti hozir. Hech kimga hech narsa kerak emas. Biladi ular bu insonlarning mutlaqo aybsizligini. Hech qanday isbot, dalil bo’lmasa ham, sudlanuvchiga 10-15 yil qamoq jazosi berib yuborishayapti”.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG