Klinton nimani epladi? Clinton Legacy
Xillari Klinton o’tgan hafta AQSh Davlat kotibi lavozimini Jon Kerriga topshirdi. Klinton xonim o’tgan to’rt yil ichida bosh diplomatlik qildi. Siyosatga qadam qo’yishidan avval u mohir advokat bo’lgan. Turmush o’rtog’i Bill Klinton Arkanzas shtati gubernatori etib saylangach, bu ayol karyerasini chetga surib, siyosatga sho’ngiydi. 1992-2000 yillar orasida, Bill Klinton prezidentlik qilgan davrda, Xillari Klinton dunyo kezib, xalqaro masalalarni izchil o’rgandi. 2000-yilda Nyu-York shtatidan Senatga saylandi. 2008-yilda esa prezidentlik uchun harakat qildi va shiddatli kurashda bu imkoniyatni Barak Obamaga boy berdi. 2009-yilda Obama prezidentlikni boshlar ekan, Xillari Klintondan tashqi ishlar vaziri, davlat kotibi, bo’lishni so’radi. O’tgan to’rt yil ichida u AQSh tashqi siyosatini yuritishdek murakkab bir vazifani bajardi.
Shu mavzuda
Siz uchun
-
yanvar 27, 2021
Xalqaro hayot – 27-yanvar, 2021-yil
-
yanvar 27, 2021
2020-yilda AQShda qotilliklar soni keskin oshdi
-
yanvar 27, 2021
Samarqand: Hokim Erkinjon Turdimov bilan suhbat (anons)
-
yanvar 26, 2021
Xalqaro hayot – 26-yanvar, 2021-yil
-
yanvar 26, 2021
Pandemiya Nyu-Yorkka qanday ta'sir qildi?
-
yanvar 26, 2021
Jurnalist va xalq dardi: bugungi prioritetlar