Breaking News

Amerikaliklar uyg'ur taomlarini sevib yeydi


Virjiniya shtatidagi uyg'ur restoranida

Uyg’urlar ham Amerikada katta jamoa. Minglab sonda turli shtatlarda yashaydi. Virjiniya shtatida hozirda kamida ikki uyg’ur restorani bor. Ramazon oyida iftorlar uchun qulay joy. Lekin boshqa payt ham gavjum.

Virjiniya shtatidagi uyg'ur restoranidamiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00

Xitoy zulmidan qochib Amerikada yangi hayot qurgan uyg’urlar oshxonasi bejiz “Erkin” deb nomlanmagan. Uyg’urlar – mag’rur turkiy xalq.

Virjiniyada osiyoliklar talay. Xitoy va Mongoliyadan tortib, Afg’oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo xalqlarining vakillari, bari shu yerda. Musulmonlar inoq.

“Restoran halol go’sht ishlatadi. Ishonamiz bunga”, - deydi Muhammad Usmon ismli xo'randa .

Mijozlar olgan surat
Mijozlar olgan surat

Halol mahsulotlar musulmonlarni bir joyga to’plashda qo’l keladigan omil. Ular kelganida bir o’zi yoki ikki kishi emas, oilasi bilan, gala-gala kelishadi.

Lekin bu yer uyg’urlar uchun vatanning bir qismidek.

“Bunday oshxonalarimiz, milliy taomlarimizni tortadigan joylar ko’p emas. Shu yerda bir-birimiz bilan diydorlashamiz”, - deydi mehmonlardan biri.

Restoran egasi Zishan Ahmad deydiki, uning bobosi Erkin bo’lgan. Ozodlik va hurlikni aks ettiruvchi ism endi bu oshxona nomi. Xorijdagi uyg’urlar mustaqillik istaydi.

Zishan uzoq yillar buyurtma asosida biznes qilgan. Keyinroq o’z restoranini ochishga qaror qildi. Qiyin ish.

Mijozlar olgan surat
Mijozlar olgan surat

Shinjonda, uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb biladigan o’lkada 15 million atrofida uyg’ur istiqomat qiladi. Sakkiz davlat bilan chegaradosh strategik hudud.

“Ovqatlarimiz turli madaniy ta’sirlar ostida yanada boyigan. Hammadan nimadir o’rganganmiz, olganmiz. Butun dunyoning ko’nglidan joy topadigan taomlarimiz bor. Sabzavotlarning turli xilini ishlatamiz”, - deydi Zishan.

Kaboblar, ziravorlar hidi urib turadigan boshqa taomlarni xitoylar ham jon deb yeydi. Xo’randalar nazarida uyg’ur ovqatlari juda baynalmilal.

Umrida uyg’urlar haqida eshitmagan amerikaliklar ham shu yerda.

“Juda yoqdi. Bir necha oydan beri kelamiz deb yurgan edik. Imkoniyat topdik. Qo’y go’shtidan tayyorlangan ovqatlari zo’r ekan. Turmush o’rtog’imga rosa yoqdi”, - deydi Janet ismli amerikalik.

Issiq va sovuq ichimliklar ham mijozlarga ma’qul. Xushta’m va xushbo’y choy turlari ham mehmonlarning jonu dili.

Mijozlar olgan surat
Mijozlar olgan surat

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG