Breaking News

Afg’oniston o’zbeklari: Vitse-prezidentlikka ehtimoliy ayol nomzod


Faryoblik Surayyo Dalil 1970-yili Kobulda tug’ilgan. Kobul universitetida o’qigan. Magistraturani AQShning Garvard universitetida tamomlagan.

Kelasi yilning 20-apreliga belgilangan prezident saylovi uchun bahslar davom etmoqda. Mamlakatning shimoliy viloyatlaridan Kobulga kelgan o’zbeklar bir necha kundan beri Vitse-prezident general Abdul Rashid Do’stumga mehmon. Afg’oniston o’zbeklari sardori sifatidan tanilgan “Milliy Junbish” partiyasining rahbar va asoschisi general Do’stum ushrashuvlar davomida Afg’onistonda yashovchi turkiy xalqlarni o’zaro kelishib, kadrlarni aniqlashga chaqirmoqda.

General Do’stum vitse-prezidentlikka munosib odam aniqlanganidan so’ng o’zi mazkur shaxs uchun targ’ibot o’tkazishini va’da bermoqda.

General Do’stum suhbatlari jarayonida Afg’onistonning Shveytsariyadagi elchisi o’zbek Surayyo Dalilni misol qilib ko’rsatmoqda.

Do’stumning bu so’zlaridan u Surayyo Dalilning kelgusi prezident saylovida qatnashishiga tarafdor ekanini sezish mumkin.

Surayyo Dalil kim?

Faryoblik Surayyo Dalil 1970-yili Kobulda tug’ilgan. Kobul universitetida o’qigan. Magistraturani AQShning Garvard universitetida tamomlagan.

Dalil 1994-2009 yillar Afg’oniston va Somalida YUNISEF tashkiloti uchun, 2010-2014 yillar Afg’oniston hukumatida sog’liqni saqlash vaziri bo’lib ishlagan.

Surayyo Dalil Afg’onistoning BMTdagi doimiy vakili, ayni paytda Shveytsariyadagi elchisi lavozimida ishlayapti.

General Do’stum bu safargi prezident saylovida o’zi qatnashmoqchi emas. Shuning uchun dunyo hamjamiyatining e’tiborini qozona oladigan shaxsni qo’llab quvvatlamoqchi. Dalil bir tomondan ayol ekani bilan bu ishonchni qozonsa, uning xalq oldida ham hurmati baland.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG