Breaking News

O'zbekiston: Vatandoshlar yordami hozir juda zarur


Bugungi O'zbekiston: Vatandoshlarga munosabat qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:05 0:00

Bugungi O'zbekiston: Vatandoshlarga munosabat qanday?

Mustaqillikning birinchi chorak asrida vatandoshlar bilan "quruq aloqa" qilgan O'zbekiston hukumati o'tgan ikki yil ichida ular bilan ishlashni davlat siyosatiga aylantirdi. Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning ma'muriyati har bir sohaga ularni jalb qilishni istaydi.

Lekin vatandoshlar hukumat kutgani yoki xohlaganidek vatanga intilayotgani kuzatilmaydi. Nima uchun?

Tizimga nisbatan ishonch hali ham past, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbekistonliklar. AQShdan tortib Yaponiyagacha, Avstraliyadan tortib Argentinagacha, O'zbekistondan imkoniyat izlab chiqib ketganlar ona yurtini qanchalik sevmasin, ko'pi u yerdagi tuzumdan hali ham xavfsiraydi va kelajagini O'zbekistonda tasavvur qila olmaydi.

Lekin "Amerika Ovozi" bilan muloqot qilgan rasmiylar "komil ishonch" bilan aytadiki, respublika bugun o'zgargan va islohotlar ostida. Sharoit vatandoshlar xohlaganidek bo'lmasa-da, intilish bor, va eng muhimi, O'zbekistonni rivojlantirish va vaziyatni yaxshilash uchun vatandoshlar bilimi va tajribasi zarur.

Tizimga nisbatan ishonch hali ham past, deydi "Amerika Ovozi" bilan gaplashgan o'zbekistonliklar. AQShdan tortib Yaponiyagacha, Avstraliyadan tortib Argentinagacha, O'zbekistondan imkoniyat izlab chiqib ketganlar ona yurtini qanchalik sevmasin, ko'pi u yerdagi tuzumdan hali ham xavfsiraydi va kelajagini O'zbekistonda tasavvur qila olmaydi.

Vatandoshlar O'zbekistonga hozirgi murakkab va dinamik jarayonlarda kerak. Muhojirotda yashayotganlar O'zbekistonda ikki yilda mo'jiza yuz berib, hamma narsa saranjomlashib, har tomonlama taraqqiyot bo'lishini kutgan bo'lsa, real hayotdan uzoq ekan, deydi mutasaddilar.

Vatandoshlar bilan aloqa asosan Tashqi ishlar vazirligi zimmasida bo'lsa-da, markaziy hukumatning har bir bo'g'inida va hatto viloyat hokimiyatlarida ham chetdagi fuqarolar bilan ishlaydigan bo'limlar ochila boshlagan.

Toshkentda hozirda besh tashkilot vatandoshlarni bevosita hamkorlikka undamoqda: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi, "El-yurt umidi" jamg'armasi, "Yuksalish" milliy harakati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi va "Buyuk kelajak" Ekspert Kengashi.

Xo'sh, ular vatandoshlarning xohish-istaklari va dardi bilan qanchalik tanish? Ularning zamon haqidagi fikrlarini o'rganayaptimi? Vatandoshlar bilan samarali hamkorlik deganda ular nimani tushunadi? O'zbekistondagi vaziyatga nisbatan hukumatdan yoki bu tashkilotlardan o'zgacha qaraydigan odamlar bilan ham gaplashishadimi? Bu savolga javob odatda tezda beriladi: islohotlarga ishonmaydigan va bugungi siyosatga qarshi tomonlar bilan ishlash, "tabiiyki qiyin va qanday qilib?"

Bugungi O'zbekiston: Vatandoshlarga munosabat qanday?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:30:50 0:00

O'zbekiston sizni kutmoqda

Vatandoshlar bilan avvalo insoniy, madaniy-ma'rifiy aloqalarni yo'lga qo'yish muhim, deya bugungacha 19 mamlakatda 29 tashkilot bilan hamkorlik o'rnatgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasiga ko'ra, harakatlar samara bera boshlagan.

Qo'mitada Yevropa va Amerikadagi vatandoshlar bilan shug'ullanadigan Zokir Abidovning tasvirlashicha, bugun vatandoshlarga munosabat ijobiylashgan.

O'zbekiston ularni kutmoqda, deydi Abidov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda.

... bugun vatandoshlarga munosabat ijobiylashgan.

O'z takliflari bilan chiqayotgan vatandoshlar olqishlanmoqda va hukumat ularning tashabbuslariga jiddiy yondashadi. Elchixonalar va Tashqi ishlar vazirligi orqali kelgan loyihalar tegishli vazirlik va agentliklarda o'rganilmoqda. Hamma narsa tez bo'lmasligi mumkin, sharoit ular xohlaganidek bo'lmasligi mumkin, ammo Toshkentda bugun vatandoshlarni tinglash va rishtalarni mahkamlash uchun kuchli iroda bor, deydi Abidov.

Qo'mita elchixonalar va vatandoshlarning tashkilotlarida davra suhbatlari va tadbirlar o'tkazmoqda. Yurtdoshlardan faollik kutilmoqda.

Abidovning hamkasbi, Osiyo, Afrika va Tinch okeani davlatlaridagi o'zbekistonliklar bilan ishlaydigan Gulchehra Abbasova esa "niyati pok insonlar" uchun mamlakat qalbi ham, darvozasi ham hamisha ochiq, deydi.

Xorijda yurgan har bir o'zbekistonlik O'zbekistonning o'ziga xos elchisi.

Uning aytishicha, vatandoshlarga nisbatan yondashuv ijobiy va astalik bilan birgalikda ezgu ishlar qilina boshlagan. Masalan, deydi rasmiy, Fransiya va AQShdagi muhojirlar uyushmalari bilan turli loyiha va tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodga e'tibor oshgan. Yaqin va uzoq davlatlardagi o'zbekistonlik immigrantlarga zarur adabiyotlar va boshqa ashyolarni yetkazish yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston jahon tajribasidan o'rganmoqda, deya tushuntiradi Abbasova.

Prezident Mirziyoyev vatandoshlarni yurtga chaqirib kelmoqda, hukumatga ular bilan yaqindan ishlashni buyurgan
Prezident Mirziyoyev vatandoshlarni yurtga chaqirib kelmoqda, hukumatga ular bilan yaqindan ishlashni buyurgan

Xorijda yurgan har bir o'zbekistonlik O'zbekistonning o'ziga xos elchisi, deydi qo'mita vakillari. Ular kim va qanday fikr egasi bo'lishidan qat'i nazar shu respublika haqidagi tasavvurga hissa qo'shadi. Shu bois ham ayniqsa yoshlar bilan yaqindan aloqa qilish kerak.

Qo'mita taxminicha, bugun O'zbekistondan tashqarida bu yurtni o'zining tarixiy vatani deb biladigan olti million odam bor. Aniq raqamlar bu tashkilotda ham yo'q. Hukumat ham, vatandoshlar bilan ishlaydigan organlar ham turli taxminiy hisoblarga tayanadi. Ish endi boshlanmoqda, deydi rasmiylar. Orada ishonch shakllanishi, chuqur ildizli illatlardan qutulish vaqt va qattiq mehnat talab qiladi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi"ning yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for nearly 20 years on TV, radio and online. For the last year, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented over 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and The Atlantic. Imamova also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at the Uzbek state broadcaster in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG