Breaking News

Safoyev: O'zbekiston bugun Markaziy Osiyo nomidan gapiradi


Safoyev: O'zbekiston bugun Markaziy Osiyo nomidan gapiradi
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:20:39 0:00

O'zbekiston AQShdan sarmoya qatorida o'rnak olishga ham bel bog'lagan. Sistematik islohotlarni amalga oshirishda shaffoflik va mas'uliyat bobida O'zbekiston AQShdan o'rganadi, deydi Sodiq Safoyev. Vashingtonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bo'yicha xavotiriga bu yetakchi senator nima deydi?

O'zbekiston tashqi siyosatini xalqaro maydonda tushuntirib kelayotgan arbob, Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoyev Vashingtonda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda deydiki, respublika bugun nafaqat o'zi balki butun Markaziy Osiyo nomidan gapirmoqda va gapira oladi.

Ikkinchidan, Toshkent Markaziy Osiyo deganida hozirda unga Afg'onistonni ham kiritmoqda, ya'ni mintaqada uningcha besh emas, olti respublika bor.

O'zbekiston Amerikadan sarmoya qatorida o'rnak olishga ham bel bog'lagan. Sistematik islohotlarni amalga oshirishda shaffoflik, oshkoralik va samaradorlik bobida O'zbekiston AQShdan o'rganadi, deydi Safoyev. Vashington Toshkentni Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga kirmang, deya undamoqda. Tijorat vaziri Uilbur Ross deydiki, bu blokka qo'shilish O'zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini qiyinlashtradi. Lekin O'zbekistonning yetakchi senatori so'zlariga ko'ra, xavotirlar o'rinsiz. Kiramiz, degan qaror qabul qilingani yo'q, deydi Safoyev, plyus-minuslar o'rganilmoqda. Moksva boshliq ittifoqqa a'zolik tomon qadam tashlanganida ham jiddiy muammolar bo'lmasligi kerak, deydi senator. Tomosha qiling.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG