Breaking News

O'zbekiston-AQSh: Inson huquqlari va qonun ustuvorligi muhokamada


O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat departamentida mamlakatning Inson huquqlari va mehnat masalalari bo'yicha bosh diplomati Robert Destro bilan, 17-noyabr, 2020

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-noyabr kuni Vashingtonda AQSh Davlat departamentida mamlakatning Inson huquqlari va mehnat masalalari bo'yicha bosh diplomati Robert Destro bilan uchrashgan.

Destroning bildirishicha, Amerika O'zbekistonda majburiy mehnat va inson savdosiga qarshi kurash, hibsxona va qamoqxonalardagi vaziyatni yaxshilash va e'tiqod erkinligini kengaytirish yo'lida yordamlashishda davom etadi.

AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan strategiyasida huquq va demokratiya targ'iboti asosiy maqsadlardan biri deya belgilangan.

O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobovga ko'ra, Destro va Komilov uchrashuvi samarali kechgan. Komilov O'zbekiston hukumati fuqarolarning haq-huquqlarinii ta'minlashga bel bog'lagan, deya ta'kidlagan.

Bu hafta O'zbekiston delegatsiyasi bilan yillik maslahatlashuv o'tkazayotgan AQSh rasmiylari Vashington respublikada islohotlar to'xtamaydi va jadallashaveradi, degan umidda.

Ularning qayd etishicha, Amerika O'zbekistonga imkon qadar yordamlashadi. Diplomatlar oradagi samimiy muloqotdan mamnun.

AQSh Davlat departamenti, 17-noyabr, 2020
AQSh Davlat departamenti, 17-noyabr, 2020

Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo'yicha bosh diplomat Jonatan Henik deydiki, o'tgan yillarda O'zbekistonda qator sohalarda, xususan inson huquqlari borasida ham progress kuzatildi.

"Umidimiz, mana shu jarayonlar davom etib, mahalliy va xalqaro nohukumat tashkilotlar ro'yxatga olinib, bemalol faoliyat olib boradi", - deydi Henik.

Amerika hukumati, shuningdek, O'zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot bo'lishi, xususan sarmoya oqimi oshishi, biznes muhit yaxshilanishi uchun ham huquq va qonun ustuvorligi hamda fuqaro jamiyati naqadar ahamiyatli ekanini eslatib keladi.

AQSh xususiy sektoridan O'zbekistonga to'g'ridan-to'g'ri investitsiya kirishida ham erkinlik va tizimga ishonch darajasi muhim rol o'ynaydi. Sudlar mustaqil emasligi, sistema adolatli ishlamasligi iqtisodiy taraqqiyot yo'lidagi asosiy to'siqlardir, deya eslatadi mutaxassislar.

AQSh Davlat departamenti, 17-noyabr, 2020
AQSh Davlat departamenti, 17-noyabr, 2020

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG